2.5. Immunologik reaksiyalar indikatori.
Tibbiyotdagi asosiy vazifalardan biri antigen va antitana spesik o`zaro ta`sir hodisasini o`rganuvchi diognostik metodlarning aniqligini oshirishdir. An`anaviy metodlar antigen va antitana bilan ta`sirlashuvchi preparatga asoslangan bo`lib , ular amaliy immunologiyada keng ishlatiladi. Ammo bu metodlar immunologik reaksiyalarni qayd etish uchun juda ko`p vaqt va ko`p miqdordagi reaksiyalarning sarfini talab etadi. Bu esa sarf harakatlar va vaqt nuqtai nazaridan qimmat hisoblanadi. Shuning uchun immunologik reaksiyalarning lazerli indikatori ishlab chiqilgan bo`lib , u sochilgan yorug`likning integral intensivligiga asoslangan. Asbobda ketma –ket ravishda antigen suspozitsiyasi solish probirkadan burchak ostida sochilgan yorug’lik intensivligi o`lchanadi. Agar antigen va antitana reaksiya
kattalik 0-8 intervalda yotadi.
Bu yerda mos ravishda antigen- antitana, antitan va antigen aralashmasidan sochilgan yorug`lik intensivliklari.
Keng ko`lamdagi epidiomologik tekshirishlar o`tkazish uchun ИРЛ-010 sochilgan yorug`lik burchak nazorati immunologik lazer indikatorli asbob ishlab chiqariladi. Asbobda 2ta rejimda: kinetik va taqqoslash bilan turli tezliklardagi reaksiyalar qayd etiladi. Olti minutgacha davom etadigan reaksiyalarda kinetik rejimda ishlatiladi. Unda indikator ИРЛ-010 berilgan vaqt intervalida (15 yoki 30 sekund) intensivlikni o`lchaydi va uni birlamchi intensivlik bilan taqqoslaydi. Intensivlikni boshlang`ich holatiga nisbatan % ga oshirish bilan reaksiyalar qayd etiladi, aks holda 11 ta o`lchash o`tkazilgandan so`ng reaksiyaning sodir bo`lganligi qayd etiladi. Sekin reaksiyalar uchun taqqoslash rejimi ishlatiladi. Undan oldin har bir komponentadan sochilgan yorug`lik intensivligi , ularning yig`indisida o`lchanadi va eslab qolinadi. Kerakli vaqt o`tgandan so`ng reaksiya borligi tekshirilishi sharti bajariladi.
ИРЛ-010 indikatori optik mexanik bloki va kuzatish hamda boshqarish bloklaridan tuzilgan. O`rganiladigan suspenziyalarning hajmi 80mkm. Asbob sanitar-epidemologik, tibbiy sudekspertiza va klinik –laboratoriyalarda ishlash uchun mo`ljallangan.
II BOB xulosasi.
Bu bob Kompton effektining amaliy qo`llanilishi muammolarini hal etishga qaratilgan bo`lib , unda quyidagi natijalar olingan:
Lazer nurlari diagnostikasida Kompton effektining qo`llanilish imkoniyatlari tahlil etildi.
Tibbiyotda Kompton effekti yordamida ko`z kasalliklari aniqlash muammolari tahlil qilindi.
Qon kasalliklari diagnostikasida Kompton effektining istiqbollari ko`rsatib berilgan.
Xotima.
Bitiruv malakaviy ishi Kompton effektining nazariy tahliliga bag`ishlangan bo`lib,unda quyidagi natijalar olingan:
Kompton turli yo’nalishda sochilgan Rentgen nurlarini o’rganish bilan bir qatorda ularning to’lqin uzunliklarini ham o’lchadi . Rentgen nurlarining modda tomonidan sochilishini o`rganish natijasida Kompton 1923-yilda muhim hodisa kashf etdi. Bu hodisa bizning fotonlar haqidagi tasavvurlarimizni ancha chuqurlashtirdi.
1.Kichik energiyalari yorug`lik zarralari uchun Kompton effektining klassik nazariyasi o`rinli ekanligi tahlil qilindi.
2.Yuqori energiyali yorug`lik kvantlari uchun esa relyativistik Kompton effekti nazriyasi o`rinli bo`lishi ko`rsatilgan.
3.Kompton effektining amaliy qo`llanilishi muammolarini hal etishga qaratilgan bo`lib , unda quyidagi natijalar olingan.
4.Lazer nurlari diagnostikasida Kompton effektining qo`llanilish imkoniyatlari tahlil etildi.
5.Tibbiyotda Kompton effekti yordamida ko`z kasalliklarini aniqlash muammolari tahlil qilindi.
6.Qon kasalliklari diagnostikasida Kompton effektining istiqbollari ko`rsatib berilgan.
|