II BOB.Kompton effektining amaliy qo’llanilishi.
2.1 Lazer nefelometriyasi
Yorug`lik sochilishi xuddi yutilish kabi gazlarda ,suyuqliklarda va qattiq jismlarda va biologik ob`yektlarda yorug`lik tarqalishini aniqladi. Elastik sochilish metodlari ko`pincha bakteriyalarni, qon elementlarini, ko`z to`qimalarini va hokazolarni tadqiq etishda ishlatiladi. Bu biologik ob`yektlar shakllari (sferalar, silindrlar, disklar, ellipsoidlar) va o`lchamlari (0.1-100mkm) gacha turli o`lchamligi bilan xarakterlanadi.
Yorug`lik sochilishi masalasini alohida zarracha shakli ,mikrostrukturasi , polidispersligi, xarakterlarini e`tiborga olib yechilishni ko`rsatuvchi nazariya Mi nazariyasi bo`lib unga tenglamalari oshkora, murakkab, sferik zarrada yassi element a radiusli bir jinsli sferik zarrada yassi element difraksiyasi uchun burchak ostidagi yorug`lik sochilish intensivligi Mi yechimi quyidagicha aniqlanadi:
(2.1.1)
- ob`yektga tushuvchi yorug`lik intensivligi,
R- kuzatish nuqtasining zarrachagacha bo`lgan masofa,
- Bessel fotonlarini va Leolandr polinomlarini o`z ichiga oldi. Mi koeffisiyentlari shuning uchun ko`pincha “yumshoq” zarrachalarda ya’ni, va
shartlarni qanoatlantiruvchi zarrachalarda Reley-Gans yaqinlashishi ishlatiladi. da geometrik optika formulalari qo`llaniladi.
Sochilish effektivligi , ya`ni sochilish koeffisiyenti sochiluvchi zarrachalar geometrik ko`ndalang kesimiga nisbati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(2.1.2)
Bu yerda .
Shunday qilib, sochilish jarayonini yorug`lik fazoviy taqsimoti intensivligini o`rganishga olib keladi. Shuning uchun yorug`lik sochilishini o`rganishda yorug`lik intensivligini sochilish burchagi funksiyasi kabi qarovchi indikatrissa uning asosiy harakatlaridan biri hisoblanadi. Indikatrissa o`lchashda yorug`lik dastasi bilan yoritilgan ob`yekt va modda tomonidan turli burchak ostida sochilgan yorug`lik intensivligini qayd etish bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun nefelometrda sochilgan yorug`likning intensivligini o`lchovchi asbobning asosini burchak og’ishi juda kichik bo`lgan yorug`lik manbai va aniq ko`rish burchagiga ega bo`lgan nurlanish pryomligi tashkil etadi. Lazer bu holda eng qulay yorug`lik manbai bo`lib xizmat qiladi.
Chunki ular yuqori intensivlikka ega. Hozirgi vaqtda nefelometrlarning ko`pgina turlari aniqlangan. Ko`pincha aniq burchak 45 yoki 90 (gradusga) nefelometr imkoniyatlarini kengaytirish uchun sochilgan yorug`likni qayd etuvchi o`zgaruvchan burchakli asboblar ishlatiladi. Misol sifatida lazer nurlanishining elastik sochilishini eritrositlar deformatsiyalarning o`zgarishiga qarab aniqlash metodini ko`ramiz.
Bu metod ekmasiometriya deb atalib bir qator kasalliklarni aniqlashda ishlatiladi. Ekmasiometriya ikkita shaffof aylanuvchi silindrlar orasiga joylashtirilgan eritrositlar (qizil qon tanachalari) suspenziyasidan lazer nuri yuboriladi va ekranda difraksion manzara kuzatiladi. Bu difraksion manzaraning ko`rinishi eritrositlar shakliga bog’liqligidan kasallik turi aniqlanadi. Bunda deformatsiyalanmagan eritrositlar konsentrik aylanalar shaklida deformatsiyaga uchraganlari esa elipslar ko`rinishidagi sochilish manzarasini beradi. Agar qon namunalarida deformatsiyalanmagan eritrositlar miqdori anchani tashkil etsa, unda manzaralari ustma-ust kuzatiladi. Konsentratsiyasini baholash uchun deformatsiyalanmagan eritrositlarning indeksi tushunchasi ishlatiladi. Bu indeks deformatsiyalangan eritrositlar sonining deformatsiyalanmagan eritrositlar soniga nisbati bilan aniqlanadi:
(2.1.3)
Bu yerda - difraksion manzara chegarasida tinchlikdagi eritrositlardan va kuchlanish natijasida siljigan eritrositlardan sochilgan nurlanish intensivligi.
Lazer nefelometriyasi immunologiyada ham qo`llaniladi. U antigen va antitana reaksiyalarini miqdoriy o`lchashlarda va reaksiyalarda qatnashuvchi miqdoriy o`lchashlarda va reaksiyalarda qatnashuvchi komponentalarning konsentratsiyasini aniqlashda ishlatiladi. Xususan aniqlanganki turli faktorlarning (temperatura , PH-muhit, konsentratsiya va hokazo) ta`siri reaksiyalar tezligiga va antigen – antitana komplekslarining xos bo`lishiga ta`sir etadi. Bu antigen – antitana (odamning globulin sistemasida odam globulinga quyon globulin sistemasi qarshi )metodi odatiy metodlarga nisbatan sezgirligini namayon etadi. Vaqt bo`yicha 24 soat yutish imkonini. Qon va siydik oqsili lazer nefelometriyasi metodi ham eski metodlarga Qon va siydik oqsili lazer nefelometriyasi metodi ham eski metodlarga nisbatan 4-8 barobar sezgirroqdir.
Aytib o`tish lozimki , nefelometriyalarda lazerlarning qo`llanilishi optik qurilmalarni soddalashtirish, tekshirilayotgan namunaning miqdorini kamaytirish va sezgirlikni oshirish imkonini yaratdi.
Hozirgi vaqtda lazer nefelometriyasi biologik ob`yektlarini optik tekshirishning keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. 0.02-0.2mkm diopazondagi zarrachalar o`lchamlarini aniqlashda indikatrissalar assimetryasida metodi , 0.1-10mkm diopazondagi zarachalar o`lchamlarini va taqsimotini yorug`likning kichik burchaklarida sochilishini tekshirish metodlari ishlatiladi.
|