1.1.1-jadval. Tajriba natijalari nazariya bilan mos kelishi.
|
|
|
|
|
|
0.0168
|
0.0170
|
0.708
|
Grafit
|
|
0.0243
|
0.0241
|
0.708
|
Grafit
|
|
0.0345
|
0.0350
|
|
|
|
0.0469
|
0.0470
|
|
|
|
0.0480
|
0.0482
|
0.708
|
Parafin
|
|
Dastlabki nazariyada modda ichidagi elektronlar erkin deb hisoblangan edi. Haqiqatdan ham elektronlarning atomga bog`langanini hisobga olish va energiya balansini hisoblaganda, bir tomondan, elektronni atomdan ajratish uchun sarflangan ishni , ikkinchi tomondan esa atomning o`zini harakatlantirishda sarflangan energiyani hisobga olish kerak. Bu shartlarni hisobga olish Kompton hodisasida tafsilotlarni, xususan siljimagan chiziqning (elektron atomdan ajralmagan hol uchun) mavjudligini hamda siljigan va siljimagan chiziqlar intensivliklari o`rtasidagi munosabatni tushunishga yordam beradi. Bunday umumiy hol ko`rilganda to`lqin uzunligini o`zgarishi birlamchi to`lqinning uzunligiga bog`liq bo`lishi ham , sochuvchi jism materialning ta`siri ham bilinadi. Tajribaga taqqoslangan bu umumiy nazariya tasdiqlandi.
Yorug`likning sochilishida to`lqin uzunligini o`zgarishini, to`lqin nazariyasi nuqtai nazaridan Dopller hodisasi yordamida izohlab berish mumkin edi. Rentgen nurlarini sochayotgan elektronlar bu nurlar ta`sirida atomlardan turli yo`nalishlar bo`yicha har xil tezliklar bilan uchib chiqadi. Shunday qilib sochilgan nurlarning to`lqin uzunligi sochuvchi elektronlarning tezligi va harakat yo`nalishlariga bog`liq ravishda o`zgarishi kerak. Sochuvchi elektronlarning qanday harakat qilishini hisoblab chiqib , Kompton hodisasining klassik nazariyasini yaratish qiyin emas.
Rentgen nurlarini sochilishi natijasida ancha katta tezlikka ega bo`lgan elektronlarning harakati bevosita tajribada kuzatish mumkin. Shu maqsadda Vil`son kamerasi yordamida tekshirishlar qilingan bo`lib , bu kamera sochilgan nurlarning yo`nalishini ham Rentgen nurlarining sochilishida urib chiqarilgan elektronlarning (,, tepki’’ elektronlarining) harakat yo’nalishini ham ko`rsatadi. Elektronlarning yo`lida ham , sochilgan rentgen nurlarining yo`lida ham ionlar paydo bo`lib, bu ionlarda suv bug`i kondensatsiyalanadi, natijada yo`llar ko`rinadigan bo`lib qoladi.
Kompton effektining klassik nazariyasi nuqtai nazaridan Dopller effekti yordamida izohlash uchun zarur bo`lgan elektron va sochilgan nurlarning bir-biriga nisbatan yo`nalishlarini hisoblash mumkin ekanligini oldin aytib o`tgan edik. Ikkinchi tomondan, elektron va fotonlar yo`nalishlarini bunday taqsimotini elastik to`qnashishlar nazariyasi bo`yicha ham hisoblab topish mumkin. Bu ikki xil nuqtai nazar har xil natijalar beradi.
O’tkazilgan tajribalar hodisaning kvant nazariyasi to’g’ri ekanligini tasdiqlaydi, shuning uchun hodisaning Doppler effekti yordamida izohlanishi qoniqarsiz deb topish zarur bo’ladi. Kompton tajribasida fotonlarning bir qismi atomlarning ichiga kirib borishi ular bilan ichki elektronlar to`qnashuvi ro`y berishi mumkin. Shunday qilib, Kompton hodisasi fotoeffektning asosiy qonunlari singari fotonlar haqidagi tasavvurni tasdiqlaydi.
|