• 1.1.4-chizma. Kompton tajribasining sxemasi.
  • -chizma. Komptonning tajriba qurilmasi sxemasi




    Download 8,54 Mb.
    bet13/28
    Sana06.05.2021
    Hajmi8,54 Mb.
    #14339
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
    1.1.3-chizma. Komptonning tajriba qurilmasi sxemasi.

    To‘lqin uzunligi bo‘lgan monoxramatik rentgen nuri M manbadan chiqib grafitdan tayyorlangan H nishonga tomon yo’naladi, undan turli yo‘nalishlarga sochiladi. Burchagi yo‘nalishida sochilgan nur K kristall sirtiga yo‘naladi va undan qaytib detektor D orqali uning intensivligi hamda to‘lqin uzunligi o‘lchanadi.

    To`lqin nuqtai nazaridan rentgen nurlarini sochilishi modda elektronlarining majburiy tebranishlariga aloqador bo`lib, sochilgan yorug`likning chastotasi tushayotgan yorug`likning chastotasiga teng bo`lishi kerak. Kompton o`tkazgan puxta o`lchashlar shuni ko`rsatadiki, sochilgan rentgen nurlari orasida to`lqin uzunligi o`zgarmagan nurlardan tashqari to`lqin uzunligi kattaroq bo`lgan nurlar ham bo`lar ekan.



    1.1.4-chizma. Kompton tajribasining sxemasi.


    Rentgen nurlarining diafragmalar yordamida ajratilgan ensiz dastasini atomlari yengil bo`lgan modda (ko`mir, paraffin va boshqalar) sochib yuboradi. Sochilgan yorug`lik Rentgen spektrografi yordamida fotografiya yo`li bilan yoki ionizatsiya kamerasi yordamida o`rganiladi. Birlamchi dasta tarkibida to`lqin uzunligi ga teng bo`lgan monoxramatik rentgen nurlarigina bo`lsin. U holda sochilgan nurlar tarkibida bilan bir qatorda undan kattaroq to`lqin uzunligi ham bo`lar ekan.

    To`lqin uzunligini kuzatgan o`zgarishi sochilayotgan Rentgen nurlarining to`lqin uzunligiga va sochayotgan jismning materialiga bog`liq emas, lekin sochilish yo`nalishiga bog`liq. Agar birlamchi dastaning yo`nalishi bilan sochilgan yorug`lik yo`nalishi orasidagi burchakni deb belgilasak, to`lqin uzunligi o`zgarishining burchakka bog`lanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
    (1.1.4)
    Bu yerda k=0,0241 tajribadan aniqlangan doimiy bo`lib, to`g`ri burchak ostida sochilgan vaqtda to`lqin o`zgarishining kattaligini ko`rsatadi.

    Shuni aytib o`tish kerakki, yuqorida tilga olingan qonunlar uncha katta bo`lmagan (ya`ni uncha qattiq bo`lmagan) nurlar va atom og`irliklari kichik bo`lgan (masalan, vodorod, uglerod,bor,alyuminiy) bo`lib, tarkibida atom yadrosiga qiyosan zaif bog`langan elektronlari bo`lgan moddalar uchungina to`g`ri bo`ladi.




    Download 8,54 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




    Download 8,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -chizma. Komptonning tajriba qurilmasi sxemasi

    Download 8,54 Mb.