|
Kompton tajribasining klassik nazariyasi
|
bet | 11/28 | Sana | 06.05.2021 | Hajmi | 8,54 Mb. | | #14339 |
Kompton tajribasining klassik nazariyasi.
Maksvellning elektrodinamik qonunlariga binoan rentgen nurlari – bu elektromagnit to`lqinlaridir. Bu holda Kompton tajribasini quyidagicha yoritish mumkin. chastotaga ega bo`lgan elektromagnit to`lqinlarining elektr maydoni sochuvchi moddaning elektronlariga ta`sir etib , ularni shu chastotada tebratadi. Moddadagi elektronlar ozod elektronlar bo`lgani uchun tebranish natijasida tezlanish oladi. Elektrodinamika qonuniga ko`ra , tezlangan zaryad o`qidan nur chiqarish lozim. Shuning uchun elektron tushayotgan nur chastotasidagi ikkilamchi rentgen nurlarini chiqaradi. Ularning chasotalari bir xil bo`lgani uchun ikkilamchi nurning sochilish spektri birlamchi nurning sochilish spektrining ustiga tushadi. Boshqacha aytganda , sochilish spektrini siljigan komponentasi vujudga kelmaydi.
|
| |