Buxoro davlat universiteti




Download 12.33 Mb.
bet13/22
Sana07.05.2021
Hajmi12.33 Mb.
#14380
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
2.3.6-chizma .Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati.
“O‘lchov vositalarining davlat metrologik tekshiruvini o‘tkazishga ariza berish”

Gaz, elektr energiyasi, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini davlat metrologik tekshiruvidan o‘tkazishga arizani Yagona portal orqali berish.Ariza taqdim etilganidan keyin 24 soat ichida (ish kunlarida), ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga, metrologik tekshiruvini o‘tkazishga shartnoma va o‘lchov vositasini topshirish manzili va vaqti haqida ma’lumot keladi.

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun arizalarni rasmiylashtirish”

Barcha kerakli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda (mahalliy davlat organlari qarorlari, notariat organlari tomonidan tasdiqlangan shartnomalar va boshqalar), arizachilar o‘z huquqlarini kadastr organlariga tashrif buyurmasdan ro‘yxatdan o‘tkazishlari (huquqni belgilovchi hujjatni olishlari) mumkin.

“Tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya olish uchun elektron ariza taqdim etish”

Yuridik shaxslar, tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya (litsenziya bitimi) olish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) uchun elektron arizani Yagona portal orqali taqdim etishlari mumkin.

Arizalar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqiladi va litsenziyalash organining ekspertiza natijalariga muvofiq tegishli takliflar bilan birgalikda xulosa tayyorlanadi.

“Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga taqdim etish”

2014 yil 1 sentyabrdan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari tashqi savdo shartnomalari ma’lumotlarini raqamli imzodan foydalangan holda Yagona portal orqali elektron tarzda Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga taqdim etish imkoniyatiga ega.Ushbu xizmatdan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari (jismoniy hamda yuridik shaxslar) foydalanishlari mumkin.

“Tadbirkorlik sub’ektlari ehtiyojlari uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun buyurtma taqdim etish”

Biznes faoliyati uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan engil yoki tijorat transporti vositasini xarid qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar, ish joylarini tark etmagan holda, avtotransport modeli va hududiy dilerni tanlashlari, hamda keyinchalik ushbu modelni tanlangan dilerdan xarid qilish uchun oldindan band etib qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yagona portalda band qilish uchun quyidagi kompaniyalarning modellari taqdim qilingan – “GM Uzbekistan” YOAJ, “Samarqand Avtomobil Zavodi” MCHJva “JV MAN Auto – Uzbekistan” Qo‘shma korxonasiMCHJ.

“Nafaqa va yordam puli miqdori haqida ma’lumotnoma olish uchun elektron ariza yuborish”

Fuqarolar bunday ma’lumotnomani olishlari uchun onlayn arizani to‘ldirishlari va Yagona portal orqali byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga yuborishlari kifoya. Ariza ko‘rib chiqilgach, fuqarolar tayyor ma’lumotnomani olishlari uchun 10 ish kuni mobaynida Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (yohud qonuniy vakilning vakilligini tasdiqlovchi hujjat)larini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlarining muhokamasi – regulation.gov.uz;www.regulation.gov.uz portali haqida

Aholining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos belgisidir. Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari har bir fuqaroga davlat boshqaruvida ishtirok etishning deyarli barcha bosqichlarida qatnashish imkonini yaratib bera oladi, huquq ijodkorligi ham shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda davlat boshqaruvini demoklashtirish va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular qatorida “Elektron hukumat” tizimini yaratishga alohida e’tibor berildi.



Aholining interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkonoyatini yaratish uchun 2013-yil 1-iyulda Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (www.my.gov.uz) ishga tushirildi, 2015-yil 17-martdan esa O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini alohida portal ko‘rinishida ishga tushirish edi, mazkur tizim2015-yil 1-yanvardan ishga tushgan bo‘lib dastlab Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalining alohida bo‘limida aholi e’tiboriga havola etildi.

O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy – huquqiy hujjatlarining muhokamasi portali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 328-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimining birinchi talqinidir.

Portalning maqsadi:



  • muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud echimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;

  • ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik sub’ektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash;

  • tadbirkorlik sub’ektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qoidalarni aniqlash

Portalda davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatiga aloqador qonun hujjatlarining loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar joylashtirilib, ro‘yhatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar mazkur hujjatlar borasida o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratilgan. Keltirilgan takliflar qonun hujjati loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirgan davlat organ tomonidan o‘rganib chiqilib qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi.


2.3.7-chizma.Portaldagi statistika ma’lumotlari.


Foydalanuvchilar joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar borasida nafaqat moddama-modda o‘z takliflarini bildirishlari balki, mazkur hujjatlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib mahsus so‘rovnomani to‘ldirishlari ham mumkin. So‘rovnoma qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini va mazkur Portalni yanada rivojlantirishda ahamiyatga ega.

Muhokamadagi loyihalar bo‘limiga kirib, hozirda muhokama jarayonida bo‘lgan loyihalar haqida ma’lumotlarni olish, fikr-mulohazalar qoldirish imkoniyati mavjud.


2.3.8-chizma. regulation.gov.uz web-sayti.


Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz)dan bepul internet asosida foydalanish qulayligi fuqarolar va hukumat, davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.



Download 12.33 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Download 12.33 Mb.