Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz va uning yangicha talqini – my2.gov.uz




Download 12.33 Mb.
bet11/22
Sana07.05.2021
Hajmi12.33 Mb.
#14380
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz va uning
yangicha talqini – my2.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan “bir darcha” rejimida faoliyat ko‘rsatadi.

Interaktiv Davlat xizmatlarini yagona portali 2013 yil 1 iyulda ishga tushirildi. 2017 yilning mart oyiga kelib, ushbu portalda 308 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot (offlayn), yarim avtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv ko‘rinishlarda taqdim qilinadi.

Portal Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “ID.uz” identifikatsiya tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki axborot tizimlari hamda resurslariga, normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholash tizimi portaliga hamda “Tadbirkorlik” tizimiga ulangan. Hozirgi kunda “yagona darcha” axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga integratsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar soni bugungi kunda milliondan oshdi. Keyingi paytda portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ortgani ham murojaatlar ko‘payishiga asosiy turtki bo‘ldi. Shuningdek, 2400 dan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelmoqda.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, belgilangan tartib-taomillarni buzganlik uchun shikoyat bildirish, tadbirkorni murojaat qiluvchining mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish maqsadida ro‘yxatga olish, muhandislik-kommunikatsiya texnologiyalariga ulanish uchun ariza berish, tadbirkorlik sub’ektlariga o‘zimizda ishlab chiqarilgan avtomobil transporti vositalarini xarid etish uchun ariza berish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish maqsadida arizani rasmiylashtirish singari xizmatlar joriy qilingan.

2014 yildan boshlab eksport va import kontraktlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bepul ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Banklar, soliq hamda bojxona organlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali xo‘jalik sub’ektlarining tashqi savdo faoliyati monitoringini olib bormoqda.



Davlat bojxona qo‘mitasi saytida elektron yuk bojxona deklaratsiyalari qabul qilinmoqda. 2015 yilda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali ishga tushirildi va elektron savdo shakli amaliyotga tatbiq etildi. Masofaviy bank xizmatlari joriy qilinishi bilan 2016 yilda 1847569 nafar foydalanuvchi kredit olish uchun elektron ariza bilan murojaat etdi.



2.3.3-chizma. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali



Davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etuvchi tizimning tashkiliy tuzilmasi



2.3.4-chizma.Portalda joriy etilgan imkoniyatlar

2.3.5-chizma.my.gov.uz web-sayti ma’lumotlari.


“Statistika” moduli fuqarolar tomonidan davlat tashkilotlariga yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi xolati bo‘yicha muhim ma’lumotlarni o‘zida aks etadi

“Murojaatlarni ko‘rib chiqish” modulining imkoniyatlari:



  • 500 dan ortiq davlat tashkilotlariga murojaat yuborish;

  • 5ta davlat tashkilotiga bir vaqtda murojaat yuborish;

  • oldingi murojaatlarni va qoralamalarni saqlash;

  • murojaatlarni ko‘rib chiqish xolatini kuzatish;

  • davlat tashkiloti faoliyatidan qoniqish darajasini baxolash;

  • murojaatni bekor qilish;

  • davlat tashkilotining javobiga izoh qoldirish



Download 12.33 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Download 12.33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz va uning yangicha talqini – my2.gov.uz

Download 12.33 Mb.