Interaktiv xizmat turlari




Download 12.33 Mb.
bet8/22
Sana07.05.2021
Hajmi12.33 Mb.
#14380
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22

2.2. Interaktiv xizmat turlari.


“Interaktivlik” tushunchasi. Interaktivlik - texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi muloqot. Demak, kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, biz u yordamida kompyuter bilan muloqot o‘rnatamiz.Interaktivlik muloqot tizimini tashkil etish bilan bog‘liq. Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.

“Interaktiv xizmat” tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi uchun moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat ko‘rsatilgan.

Hozirgi vaqtda, mamlakatimizda interaktiv xizmatlar tashkil etish, shakllantirish va ularni boshqarishga katta e’tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlar tashkil etishning eng tez va qulayyaxshi yo‘li - Internet tarmoqlari orqali amalga oshirishdir.

Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlariga quyidagilar kiradi:



Transport vositalarining harakatlanish jadvali. Respublikadagi transport vositalari harakatlarining jadvali bir nechta saytlarda berilgan. Foydalanuvchi saytdan transport vositalari qatnovi jadvallari orqali o‘ziga kerakli ma’lumotlarni oladi. Quyida ushbu web-sahifalar keltirilgan:

http://www.orexca.com – Sayyohlar uchun mo‘ljallangan veb sahifa;

http://www.tgpt.uz – Toshkent shahridagi transport vositalari qatnovi haqidagi veb sahifa;

http://www.goldenpages.uz/ - O‘zbekiston transport qatnovi reys jadvallari sahifasi.

2.2.1-chizma. O‘zbekiston transport qatnovi reys jadvallari


Aviareyslar jadvali. Aviareyslari bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun http://uzairways.com – “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi veb-sahifasiga murojat qilinadi. Saytda xalqaro va O‘zbekiston miqyosidagi aviaqatnov jadvallari berilgan

2.2.2-chizma.“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi veb-sahifasi


Temir yo‘l transporti qatnovi jadvali. Respublika ichki va tashqi temir yo‘l qatnovlari jadvallari va ular haqidagi ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan topish mumkin:

uzrailpass.uz - temir yo‘l transport qatnovi jadvali.

2.2.3-chizma - temir yo‘l transport qatnovi jadvali


www.roxanatour.com - Sayyohlik firmasi sayti. Bu saytdan xalqaro va O‘zbekiston ichidagi temir yo‘l transporti va havo yo‘llari qatnovi jadvallari, shuningdek, mehmonxonalar va ularga buyurtmalar berish xaqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Bank xizmati ma’lumotlari va valyuta kurslari. O‘zbekistondagi barcha banklar haqida ma’lumotlar va yangiliklarni, quyidagi saytlardan olish mumkin:

www.bank.uz ;

www.mikrokreditbank.uz;

www.agrobank.uz;

www.asakabank.com;

www.new.nbu.com;

www.uzpsb.uz;

www.infinbank.com;

www.xb.uz;

www.ipotekabank.uz;

www.csb.uz




2.2.4-chizma. Banklar haqida ma’lumotlari
Ob-havo ma’lumotlari. Barcha viloyatlar va Toshkent shahri hamda dunyo mamlakatlaridagi ob-havo haqidagi ma’lumotlarni quyidagi, veb-sahifalardan olishmumkin: ob-havo.uz; www.pogoda.uz; www.meteoprog.uz.

2.2.5-chizma. Ob-havo ma’lumotlari


Ob-havo haqida eng to‘liq ma’lumotlar esa www.meteoprog.uz veb-sahifada yoritiladi

2.2.6-chizma. Ob-havo haqida veb-sahifasi


Yangiliklar. O‘zbekistonga oid yangiliklarni uza.uz, gov.uz hamda desk.uz veb-saytlari orqali olish mumkin.

2.2.7-chizma. O‘zbekistonga oid yangiliklar veb-saytlari



2.2.8-chizma. O‘zbekistonga oid yangiliklar veb-saytlari


Tele va radioeshittirish dasturlari. O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi ma’lumotlari va teledasturlar jadvalini hamda ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni www.mtrk.uz veb-sahifadan olish mumkin.

2.2.9-chizma. O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi ma’lumotlari
Ish o‘rinlari birjalari. Respublika doirasida bo‘sh ish o‘rinlari topish, aniqlash va muloqot o‘rnatish www.myjob.uz, www.vakansi.uz veb-sahifalar orqali amalga oshiriladi. Bu saytlardan ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarn, shuningdek, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni jo‘natishingiz va javob olishingiz mumkin.

2.2.10-chizma. Bo‘sh ish o‘rinlari web-saytlari.


Sport yangiliklari. Respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalari, ularga oid barcha ma’lumotlarni: www.uff.uz; www.the-uff.com; bu saytlardan O‘zbekiston va jahon futboli yangiliklarini www.paxtakor.uz; www.bunyodkor.uz; www.fifa.com. sport turlari reytingi yangiliklarini www.allsportsites.net saytidan olishingiz mumkin. Sportal.uz - sport yangiliklarini saytidan olish mumkin.

2.2.11-chizma. O‘zbekiston va jahon futboli yangiliklarini web-sayti.



2.2.12-chizma.Sport yangiliklari portali.
Davlat boshqaruvi va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar.

Interaktiv davlat xizmati – idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda idoralar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.

Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:


  • umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) - tegishli axborot tizimlari, shu jumladan, Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish;

  • bir tomonlama o‘zaro hamkorlik - elektron shakldagi hujjatlarning har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish;

  • ikki tomonlama axborot ayirboshlash - so‘rov bo‘yicha qabul qilish, tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);

  • elektron shakldagi ma’lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan, xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash.

Bugungi kunda aholiga davlat organlarining veb-saytlari orqali interaktiv davlat xizmatlari asosida 500dan ortiq turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Quyidagi veb-sahifalardan Davlat boshqaruvi va xo‘jalik yurituvchi organlar veb-sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlarni olish mumkin.



  • http://www.gov.uz ;

  • http://www.aci.uz.


2.2.13-chizma. O‘zbekiston Respublikasi hukumatinnig portali.


Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari «elektron hukumat» tizimini faol joriy qilmoqda. Bu davlat tuzilmalarini boshqarishga, davlat va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda biznes jarayonlarni samarali rivojlantirishga, shuningdek, fuqarolarga Internet tarmog‘i orqali ochiq interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yordam beradi.

Bugungi kunda «elektron hukumat»ning samarali elementlari sifatida 20 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. Ular quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali – gov.uz bo‘lib, tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida elektron-axborot hamkorlik infratuzilmasining tizim hosil qiluvchi elementi hisoblanadi.

Har bir fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili O‘zbekistondagi davlat hokimiyatining barcha elementlari yuzasidan to‘liq axborotni olishi mumkin, shuningdek, hokimiyatning u yoki bu organiga gov.uz portali orqali elektron shaklda rasmiy so‘rov yuborishi mumkin. Mazkur portalda Asosiy interaktiv davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxati chop etilgan.



  «E-Kommunal.uz» -portali uy-joy, kommunal xo‘jaligi sohasidagi umumiy axborot infratuzilmasi bo‘lib, aholi, nazorat qiluvchi organlar va uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, shuningdek, kommunal xizmatlar o‘rtasida axborot almashishni osonlashtiradi. Mazkur portalda O‘zbekistondagi uy-joy va kommunal xo‘jaligining barcha masalalariga doir axborot, shuningdek tariflar to‘g‘risida ma’lumot berilgan hatto, barcha kommunal xizmatlarning interaktiv kalkulyatori qulay shaklda joylashtirilgan. Xohlovchilar portalda kommunal xo‘jaligi muammolariga oid xabar, fotosuratlarni joylashtirishlari mumkin, davlat hokimiyati tegishli organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, muammolarni bartaraf etish choralari qo‘llaniladi.

2.2.14-chizma. Kommunal xizmatlar web-sayti.


• stat.uz, soliq.uz -tadbirkorlik sub’ektlarining elektron shakldagi statistik, soliq va boshqa moliyaviy hisobotlarini to‘plash va ishlov berishni avtomatlashtirish tizimi. Davlat soliq qo‘mitasi saytida har bir soliq to‘lovchi ham yuridik, ham jismoniy shaxs sifatida elektron shaklda xizmatlarning to‘liq ro‘yxatini olishi, soliq hisoboti yoki daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi yoxud o‘zining soliq to‘lovchi identifikatsiya raqamini (INN) olishi mumkin.

2.2.15-chizma. Soliqqa oid ma’lumotlar web-sayti.


2.2.16-chizma. Moliyaviy hisobotlarini to‘plash web-sayti.


Statistika davlat qo‘mitasining sayti orqali har qanday tadbirkorlik sub’ekti elektron shaklda statistik hisobotni topshirishi mumkin, yangi firma tashkil etayotganda har bir fuqaro firma nomini rezerv qilishning elektron tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega. Hozir davlat statistik hisobotining 101 ta shakli (141 ta amaldagi shakldan) Internet tarmog‘i orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. Joriy yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, 103 mingdan ortiq firma nomlari elektron shaklda rezerv qilingan.

O‘zbekiston qonunchilik milliy bazasi (lex.uz) 25 mingdan ortiq normativ hujjatni barcha uchun ochiq tarzda o‘z ichiga olgan.



Lex.Uz milliy tizimining asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslar uchun normativ-huquqiy hujjatlarga keng kirishni ta’minlash yo‘li bilan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni huquqiy axborot bilan ta’minlash ishlarini takomillashtirishdan iborat.

2.2.17-chizma. Normativ-huquqiy hujjatlarga oid web-sayt.


Ushbu ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, mustaqillikka erishilgandan so‘ng hozirgacha qabul qilingan qonunlar, kodekslari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari hamda boshqa hujjatlari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari o‘zbek va rus tillarida joylashtirilgan. SHuni ta’kidlash lozimki, Lex.Uz milliy bazasi Internet tarmog‘i orqali normativ-huquqiy hujjatlarga bepul kirishni ta’minlovchi O‘zbekistondagi yagona axborot-huquqiy tizim hisoblanadi.

• uzbekenergo.uz – har bir elektr energiyasi iste’molchilari o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlariga kirishlarini ta’minlovchi alohida xona. Har qanday korxona, tashkilot yoki oila elektr energiyasi iste’molchisi hisoblanadi. Mazkur loyiha mamlakatdagi barcha iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanish hisobini qulay interaktiv shaklda nazorat qilish imkonini beradi.


2.2.18-chizma. Elektr energiyasi foydalanuvchilari web-sayti.


• evisa.mfa.uz sayti- chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga viza olishni rasmiylashtirish onlayn-anketa. Tizim O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi veb-saytining bir qismi bo‘lib, hozirda alohida veb-sahifa sifatida o‘zbek, ingliz va rus tillarida ishlamoqda, kelajakda boshqa tillarda ham ishlashi mumkin. O‘zbekiston - eVisa tizimini joriy etgan dunyodagi to‘qqizinchi mamlakat. Bu mamlakatimizning turistik va biznes salohiyatini oshiradi.

2.2.19-chizma .Chet el fuqarolari uchun web-sayt.


license.uz - amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati va litsenziya hamda ruxsatnoma olishning tartib-taomillari, talab etiladigan hujjatlar va boshqa masalalar to‘g‘risida axborot olish imkonini beradigan litsenziatning yagona portali. O‘zbekistonda litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari doimo qisqaradi va ularni olish tartib-taomillari soddalashtiriladi. Mazkur loyiha axborot va zarur litsenziyalarni olishda ortiqcha rasmiyatchilikni kamaytirishga yordam beradi.

Asosiy interaktiv davlat xizmatlari «elektron hukumat» tizimining bir bo‘lagidir. «Elektron hukumat» tizimini joriy etishga doir taklif etilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash uchun maqsadli ko‘rsatkichlar va davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli soha va yo‘nalishlari bo‘yicha indikatorlar ishlab chiqilgan.



«Elektron hukumat» tizimining joriy etilishi natijasida turli instansiyalarga borish zaruriyati hamda davlat xizmatlari olish uchun davlat xizmatchilariga aholi va biznes vakillari tomonidan bevosita murojaat qilishni istisno etadigan tranzaksiyaviy xizmatlarga to‘liq o‘tilishi kutilmoqda, bu o‘z navbatida, aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilishiga va biznes yuritish uchun sharoitning yaxshilanishiga ko‘mak beradi.


Download 12.33 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Download 12.33 Mb.