Davlat boshqaruvida “Elektron hukumat”tizimini joriy etishning o’ziga xos xususiyatlari




Download 12.33 Mb.
bet5/22
Sana07.05.2021
Hajmi12.33 Mb.
#14380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

1.2. Davlat boshqaruvida “Elektron hukumat”tizimini joriy etishning o’ziga xos xususiyatlari.

“Elektron hukumat” – davlat boshqaruv organlari faoliyatini yangicha tashkil etish shakli, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, tashkilot va fuqarolar uchun hukumat xizmatlaridan hamda davlat organlari faoliyati natijalari haqidagi ma’lumotlarni qulay tarzda va yuqori darajada tezkor olishni ta’minlashdir.

“Elektron hukumat” quyidagilarga imkon yaratadi:

- aholi va tijoratga oson hamda tez xizmat ko‘rsatishni;

- o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatish jarayonlariga fuqarolar faol ishtirokini oshirishni;

- fuqarolarning texnologik savodxonlik darajasini oshirishni;

- mamlakatni boshqarish va rahbarlik qilish jarayonlarida saylovchilar faolligini oshirishni;

- fuqarolarning geografik joylashishidagi ta’sirining kamayishini.

“Elektron hukumat” quyidagilarni:

- samarali va kam xarajatli ma’muriyatni (ma’muriy boshqaruvni);

- jamoatchilik va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tubdan o‘zgarishini;

- demokratiyaning takomillashuvi va hukumatning xalq oldidagi mas’uliyatini oshirishni ta’minlaydi.

“Elektron hukumat”da erishiladigan eng katta yutuq – o‘z uyi yoki ofisdan chiqmagan holda hujjatlarni rasmiylashtirish, shaxsiy kompyuterdan foydalanib, byurokratik to‘siqlarni cheklagan va qog‘ozbozliklarni kamaytirgan holda elektron to‘lovlarni amalga oshirish.“Elektron hukumat”ni joriy etish natijasida davlat boshqaruvi samaradorligi, shuningdek, hukumat faoliyatidagi shoffoflik oshadi, bu o‘z navbatida davlat xizmati tarkibidagi korrupsiya darajasining keskin kamayishiga olib keladi. Fuqarolarda virtual tizim orqali hukumat axborot manbai va xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga bog‘lanish imkoniyati yuzaga keladi. Bugungi kunda davlat organlari va jamoatchilik joylariga yuzlab terminallar o‘rnatilgan, bular orqali aholi davlat xizmatlari bilan batafsil tanishishi mumkin.

“Elektron hukumat” – g‘oya, davlat asosiy vazifalari va xizmat turlarini elektron ko‘rinishga o‘tkazadi. “Elektron hukumat”ning jamoatchilik vazifasi – davlatning tijorat bilan, davlatning fuqaro bilan, davlatning ichki davlat osti organlari bilan o‘zaro munosabatlaridir. Elektron hukumatning asosiy ichki modellari sifatida to‘rtta munosabat qaraladi:

-G2C –davlat va fuqarolar o‘rtasidagi (Governmento–Citizen);

-G2B –davlat va tijorat o‘rtasidagi (Government to – Business);

-G2G – davlat va hukumatningturli tarmoqlari o‘rtasidagi (Government to–Government);

-G2E – davlat va davlat xizmatchilari o‘rtasidagi (Government to–Employess).

“Elektron hukumat” yaratishning asosiy vazifasi – servis va servis xizmatini ko‘rsatish uchun infrastrukturani yaratishdan iborat. “Elektron davlat” tushunchasi inglizcha “e-government” tushunchasiga mos keladi. Ayrim hollarda elektron hukumat deb ham tarjima qilinadi. Zamonaviy xalqaro-huquqiy hujjatlarda, xususan, inson huquqlari bo‘yicha Evropa sudida government iborasi davlatni ifodalash uchun ishlatiladi. Shunga o‘xshash jumla “threebranches of government” hukumatning faqat ijro etish organi sifatida emas, balki uch tarmog‘i: ijro etuvchi elektron hukumat, elektron parlament va elektron sud huquqi haqida fikr yuritiladi. “Elektron hukumat” elektron iqtisodiyotning sub’ekti hisoblanadi. “Elektron hukumat” axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan bo‘lib, hukumatga fuqarolar murojaatini ta’minlaydi, samaradorlikni oshiradi va hisobotlar berib borilishini talab etadi. Bu, o‘z navbatida, davlat xizmatchilari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangicha shakllanishi va o‘zgarishiga olib keladi.

“Elektron hukumat” – elektron vositalar asosida ma’lumotlarni qayta ishlash, uzatish va tarqatish davlat boshqaruv tizimi. Elektron hukumat – ob’ektiv haqiqat bo‘lib, axborot muhitida yuzaga keladigan elektron hukumat institutlari yaratilishi va rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Elektron hukumat institutlarining rivojlanishi zamon talabi hisoblanib, asosan, jamiyat a’zolarining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va farovon hayot kechirishlarini ta’minlashga qaratilgan. “Elektron hukumat” turli ko‘rinishda elektron xo‘jalik tarmoqlari asosida amalga joriy etib kelinmoqda. Bu, o‘z navbatida, jamiyatning yangi tarzda nomoddiy mahsullarga (shaxsiy sifatlar, bilim va axborot) asoslanib, rivojlanishiga olib keladi. Ilmiy-texnik ishlarning echilishini inobatga olgan holda axborot jamiyatini shakllantirish uchun bir qator loyihalarni amalga oshirish lozim: kompyuter savodxonligini oshirish, infrastrukturani shakllantirish, elektron ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish, jumladan, elektron hukumat institutlarini yaratish loyihasi. “Elektron hukumat” konsepsiyasining joriy etilishi na faqat davlat apparati ishlari samaradorligini oshiradi, balki demokratiyaning tubdan yangi ko‘rinishi raqamli demokratiya (digitaldemocracy) modeli shakllanishiga sharoit yaratadi. Fuqarolar online tizimida ovoz berish orqali mahalliy va davlat masalalarini echishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishini ta’minlaydi. Masalan, turli partiyalarga mansub fuqarolarning siyosiy masalalarga taklif va tavsiyalarini elektron hukumat orqali bildirishlari mumkin.

Hukumat faoliyati samaradorligini oshirish uchun yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish g‘oyasi yangi davlat menejmenti g‘oyasi asosida olib borilayotgan ma’muriy faoliyatda reforma o‘tkazish jarayonida 1990 yillarda yuzaga keldi. Lekin “elektron hukumat” iborasi keyinroq (e-government), 1997 yili AQSH milliy ilmiy fondi tashabbusi bilan yuzaga keldi. Bu yerda asosiy urg‘u davlatning ommaviy boshqaruv organi tizimiga berilgan. Yangi davlat menejmenti asosida elektron hukumat dasturini amalga oshirish jarayonida ma’muriy o‘zgarishlar g‘oyasi tor ma’noda bo‘lib qoldi, ommaviy boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq o‘z ichiga olmadi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotida yangi tendensiyalar globallashuv, tarmoq tuzilishi, kommunikatsiya inqilobi, bilimlar jamiyati yuzaga keldi. Yangi texnik vositalarni boshqaruv jarayonlariga tadbiq etish 1940 yillarning oxiri va 1950 yillar boshlariga to‘g‘ri keldi. 1951 yili tijoratda foydalanish uchun birinchi kompyuter yaratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu “First Ferranti MARKI” va UNIVACI hisoblanadi. Bunday kompyuterlar aholini ro‘yxatga olishda ishlatilgan. 1950 yillarning birinchi yarmidan kompyuterlardan ilmiy va texnik sohada, qisman tijorat va ommaviy boshqaruvda foydalanilgan. 1965 yillarga kelib Kongress siyosati va Prezident ma’muriyatida ma’lumotlarni qayta ishlashda kompyuterlardan foydalana boshlandi. Asosiy e’tibor elektron kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, menejment faoliyati sarf-xarajatlarini kamaytirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan. 1966 yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha yillari AQSHda 2600 kompyuter mavjud bo‘lib, ularda 71 ming mutaxassis faoliyat yuritgan. Kompyuterning yaratilishi boshqa texnologiyalar imkoniyatlariga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Kompyuterning asosiy imkoniyatlari jumlasiga: inson va sun’iy yo‘ldoshlarning koinotga uchishi, tibbiyot olami tadqiqotlaridagi yutuqlar, soliq tizimini boshqarish orqali davlat jamg‘armalarini oshirish, ijtimoiy xavfsizlikni boshqarish, mudofaa sohasida logistik tizimni boshqarish, sug‘urta to‘lovlarini tezlashtirish, atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish, kam xarajatli yo‘llarni loyihalash va infrastrukturani yaratish kiradi. Qonunchilikka asosan kompyuterlardan davlat faoliyatida foydalanish uch tashkilot tomonidan amalga oshirila boshlandi: Bosh ma’muriy xizmat, savdo vazirligi va Byudjet byurosi. 1970-80 yillarga kelib ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlash texnologiyasi asosida kommunikatsion tarmoqlar yuzaga kela boshladi. SHaxsiy kompyuterlarning va ularga mos ravishda dasturiy vositalarning yaratilishi butunjahon axborot tarmog‘i va Internet yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Ikki yo‘nalish – AKTning rivojlanishi va ommaviy boshqaruv modeli 1990 yillarda ma’muriy islohotlar o‘tkazilishini taqozo etdi. Natijada AQSHda «hukumatni yangilash» (Reinventing government) dasturi ishlab chiqildi. Buyuk Britaniyada 1994-96 yillarda elektron hukumatni joriy etish strategiyasi ishlab chiqildi. 1997 yilga kelib, Britaniyada konservativ hukumat tomonidan elektron hukumat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha bir qator loyihalar ishlab chiqildi. Hukumatning 1999 yilga kelib leyboristlar qo‘liga o‘tishi bilan hukumatni modernizatsiyalash dasturiga bir qator yangi g‘oyalar kiritilib, 2000 yil uni joriy etish dasturi - «Elektron hukumat»: axborot asosida ommaviy xizmat uchun strategik asos qabul qilindi. 1990 yillarga kelib, boshqa davlatlar ham hukumatni elektronlashtirish dasturini qabul qila boshladi. 1999 yil Evropa komissiyasi «Elektron Evropa yaratish initsiativasi (tashabbusi)» dasturini ishlab chiqdi.

“Elektron hukumat” quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:


  • davlat boshqaruvida AKTdan foydalanish sohasida standartlar va takliflarni shakllantirish;

  • hukumat axborot tizimi integratsiyasi va AKT asosida tashkilotlararo axborot almashinuvi samaradorligini ta’minlash;

  • AKT yordamida aholi va davlat boshqaruv organlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish samaradorligini ta’minlash;

  • davlat boshqaruv organlari faoliyatida axborot boshqaruv tizimini joriy etish;

  • davlat boshqaruv organlari faoliyatini ta’minlash uchun namunaviy dasturiy-texnik y

  • yechimlarni topish;

  • chora-tadbirlar dasturlarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarish.

Shunday qilib, yangi asrda “elektron hukumat” tizimining yaratilishi muhim voqea bo‘lib, barcha davlatlarni qamrab olgan. Elektron hukumatning nazariy jihatlari uning amaliy tadbiqi bilan birga, har bir mamlakatning milliy va o‘ziga xos hususiyatlarini inobatga olgan holda rivojlanib borishida namoyon bo‘lmoqda.

Axborot, dasturiy va elektron texnik vositalarning rivojlanishi davlat boshqaruv jarayonlari hamda tuzilmasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Avvaliga bu qarorlar qabul qilish jarayonida ma’lumotlardan foydalanish, yig‘ish va qayta ishlash samaradorligini oshirishda, keyinchalik barcha davlat boshqaruv tizimlarini tashkil etish usullari va institutlari transformatsiyasida namoyon bo‘lmoqda. Umuman olganda, elektron hukumat rivojlanishi elektron biznes va elektron tijoratning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Davlat elektron vositalariga asoslanib, aholi va tijorat tashkilotlariga xizmat ko‘rsatib keladi, hukumat tuzilmalari orasidagi o‘zaro bog‘lanishni takomillashtiradi. Bunda davlat faoliyatida umumiy maqsadga erishiladi:



  • davlat va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik shakllari kengayadi hamda mustahkamlanadi;

  • tashkilot va fuqarolarning ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishiga erishiladi;

  • faoliyatning sharoitlari o‘zgarishlariga tez va samarali moslashadi;

  • aholi va tijorat tuzilmalariga xizmat ko‘rsatish takomillashadi, xizmat ko‘rsatish turlari oshib, narxi pasayadi;

  • davlat boshqaruvida tashkilotlararo munosabatlarda samaradorlik oshadi;

  • davlat boshqaruvida kadrlar samaradorligi oshadi;

  • davlat boshqaruvida shaffoflik darajasi va davlat xizmatchilari mas’uliyati oshadi, xizmatchilar tashabbuslari rag‘batlantiriladi.

AKTni davlat boshqaruvida joriy etish bir necha bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich – web portallarning yaratilishi hukumatni elektron tarmoq tuzilmasiga chiqishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda hukumat bir yoki bir necha saytga ega bo‘lib, axborot bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Sayt orqali aholiga hukumat tarkibi, uning vazirlari, agentliklari va boshqalar haqida ma’lumot beradi. SHuningdek, telefonlar, manzillar, qabul vaqtlari va boshqalar haqida ma’lumotlar joylashtiriladi. Saytda fuqarolar va tashkilotlar tomonidan berib boriladigan savollarga javoblar ham muntazam ravishda joylashtirib borilishi mumkin.

Ikkinchi bosqich -web portal ishtirokida hukumat saytlari orqali foydalanuvchilarga maxsus va yangi ma’lumotlarni ko‘plab taqdim etish mumkin. Bu ma’lumotlar hukumat nashrlari, huquqiy hujjatlar, yangi axborotlardan iborat bo‘lishi mumkin. Tarmoqda hukumat agentliklari soni oshib boradi va har biri bilan bog‘lanish mumkin bo‘ladi. Elektron manzil, qidiruv tizimi, biron bir izoh yoki taklif yuborish imkoniyati yuzaga keladi.

Uchinchi bosqich – interaktiv veb portallar aholiga xizmat ko‘rsatish bilan birga, davlat tuzilmalari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning izchilligini ham oshiradi. Milliy hukumat web-saytlari foydalanuvchini veb portal ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirliklar, departament va agentliklar bilan bog‘laydi. Fuqarolar va provayderlar xizmatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish tarmoq foydalanuvchilariga o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlar bilan tanishish imkonini beradi. Foydalanuvchi maxsus ma’lumotlarni olishi, turli shakl va blankalarni tarmoq orqali to‘ldirishi, rahbarlar bilan bitimga kelishishi, elektron majlislarda qatnashishlari mumkin. Bu yerda foydalanuvchi uchun sayt xavfsizligi va paroli yuzaga keladi.

To‘rtinchi bosqich –foydalanuvchi uchun axborot oqimi veb portali tarmoq orqali hujjatlarni olish va kelishuvlarga erishishni ta’minlaydi. Fuqarolar vizalar, pasport, tug‘ilganlik yoki o‘lganlik haqida guvohnoma, litsenziya, ruxsatnoma va boshqa axborot xizmatlaridan foydalanadi. Hukumat web-sayti portal hisoblanadi, fuqarolarga hukumat tuzilmalari va xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishni ta’minlaydi. Bunday portallar hukumat tuzilmasi va vazifasidan ko‘ra, asosan, aholining talab va e’tirozlarini inobatga olishga qaratilgan. Fuqarolar, shuningdek, soliq va kommunal to‘lovlarini tarmoq orqali amalga oshirishlari mumkin. Bu bosqichda elektron raqamli imzodan foydalanish mumkin.

Beshinchi bosqich – to‘liq integrallashgan web portal hukumat portali tarmog‘i orqali xizmat ko‘rsatish va bog‘lanishni ta’minlaydi, tarmoq foydalanuvchisiga ixtiyoriy xizmatni o‘z vaqtida olishini ta’minlaydi.




Download 12.33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 12.33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat boshqaruvida “Elektron hukumat”tizimini joriy etishning o’ziga xos xususiyatlari

Download 12.33 Mb.