Buxoro davlat universiteti




Download 12.33 Mb.
bet2/22
Sana07.05.2021
Hajmi12.33 Mb.
#14380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Kirish


Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot –kompyuter tizimlari asrida yashayotganligimizni unutmasligimiz kerak.

I.A.Karimov

O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, xalq xo‘jaligining barcha jabhalariga integratsiya qilish masalasi – barcha sohalar uchun o‘ta dolzarb va muhim vazifadir.

Tez taraqqiy etib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan “Elektron hukumat” tizimini yaratish, uning barcha imkoniyatlarini ijtimoiy va iqtisodiy, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal sohalarda amaliyotga tatbiq etish – xalq manfaatlariga xizmat qilishi, mehnat samaradorligi va sifat, qurilayotgan jamiyat uchun yangi imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat va biznes munosabatlarida esa ma’muriy tartib-taomillar avtomatlashtiriladi. Natijada biznesni ro‘yxatga olish, soliq hamda statistika hisobotlarini, bojxona deklaratsiyalarini topshirishda tadbirkorlarning vaqti va mablag‘i tejaladi. “Elektron hukumat” xalq bilan muloqot uchun qo‘shimcha mexanizmlarni yaratish, davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi hamda shaffofligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ijro-intizomini yanada mustahkamlaydi.Turli idoralar axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlikka o‘tilishi aynan elektron hukumatning shakllanish jarayoni sanaladi. Ushbu jarayonning markazida davlat organi emas, aynan foydalanuvchi turmog‘i lozim.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan davlat va jamiyat, davlat va aholi munosabatlari shaffofligini ta’minlovchi tegishli dastur ishlab chiqilishi belgilangan.

“Elektron hukumat” tizimining muhim belgisi – oflayn xizmatlar o‘rniga onlayn xizmatlarning joriy qilinishi. Ma’lum bir hujjat uchun yana boshqa o‘nlab idoradan hujjat to‘plashga chek qo‘yilishidir. Qanday qilib? Davlat idoralarining ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlarini integratsiya qilish, ularni o‘zaro bog‘lash orqali. Ayniqsa, biznes jarayonlarini qayta injenering qilish orqali qisqartirish kerak. Odamlarga onlayn tarzda ariza topshirish va xizmatlarni olish, ma’lumotlar, ariza topshirish va hokazo xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish axborotlashgan jamiyat omillaridir.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181-son qarori bilan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to'g'risida nizom» va «Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri» tasdiqlangan. Ushbu Nizom davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlarni ko'rsatish tartibi va shartlarini belgilaydi.





Download 12.33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 12.33 Mb.