Elektron litsenziyalash portali – licence.gov.uz




Download 12,33 Mb.
bet19/22
Sana07.05.2021
Hajmi12,33 Mb.
#14380
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Elektron litsenziyalash portali – licence.gov.uz.

Litsenziyalash va ruxsat etish sohasida interaktiv xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan “Litsenziya” axborot tizimlari majmui (license.gov.uz)

“Litsenziya” axborot tizimi litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishni avtomatlashtirish bo‘yicha yagona tizimdir.

Portalning maqsadi va vazifalari

Portalning maqsadi litsenziyalovchi organlar faoliyatini axborot-texnologik ta’minlash sifatini oshirish, “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazishdir. Bundan tashqari, portal litsenziya olishda arizachilar va litsenziyalovchi organlarning o‘zaro ishlash samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasida alohida faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida ma’lumotlarning, shuningdek berilgan litsenziyalar va ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlaydi.

Shu bilan birga, portal litsenziyalash va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar xodimlarining mehnat samaradorligini oshiradi.

Portal quyidagi yo‘nalishlarda litsenziyalash va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar olish hamda interaktiv xizmatlardan foydalanish imkonini beradi:

- Transport;

- Arxitektura va qurilish;

- Birja, rieltorlik faoliyati, lombardlar, lotereyalarni tashkil qilish;

- Madaniyat, noshirlik faoliyati, reklama;

- Qimmatbaho metallar va qimatbaho toshlarning aylanishi;

- Savdo faoliyati;

- Bojxona faoliyati;

- Bank, sug‘urta, qimmatbaho qog‘ozlar, mikrokreditlash;

- Neft va gaz majmuasi, tabiiy resurslardan foydalanish;

- Tibbiy faoliyat, farmatsevtika, veterinariya;

- Xavfli tovarlar va buyumlarning aylanishi;

- Audit, baholash va advokatlik faoliyati;

- Axborot texnologiyalari, kriptohimoya, EHM uchun dasturlar va fonogrammalar;

- Ta’lim, sport va turizm;

- Alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi va boshqalar.



Download 12,33 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 12,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron litsenziyalash portali – licence.gov.uz

Download 12,33 Mb.