Buxoro davlat universiteti




Download 12,33 Mb.
bet20/22
Sana07.05.2021
Hajmi12,33 Mb.
#14380
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

XOTIMA.


Ushbu bitiruv malakaviy ishimning mavzusi “Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish bo’yicha uslubiy qo’llanma yaratish” deb nomlanib, u kirish qismi, ikkita bob, xotima va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Bitiruv malakaviy ishimda hozirgi kunda mamlakatimizda elektron hukumatning ahamiyati,rivojlanish bosqichlari, interaktiv xizmatlaridan foydalanish bo’yicha bir qancha xizmatlar o’rganilgan

“Elektron hukumat” tizimini yaratish, uning barcha imkoniyatlarini ijtimoiy va iqtisodiy, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal sohalarda amaliyotga tadbiq etish – xalq manfaatlariga xizmat qilishi, mehnat samaradorligi va sifat, qurilayotgan jamiyat uchun yangi imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar yaratadi.

“Elektron hukumat” tizimining muhim belgisi – oflayn xizmatlar o‘rniga onlayn xizmatlarning joriy qilinishi. Ma’lum bir hujjat uchun yana boshqa o‘nlab idoradan hujjat to‘plashga chek qo‘yilishidir. Bunga idoralarining ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlarini integratsiya qilish, ularni o‘zaro bog‘lash orqali erishiladi.Odamlarga onlayn tarzda ariza topshirish va xizmatlarni olish, ma’lumotlar, ariza topshirish va hokazo xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish axborotlashgan jamiyat omillaridir.

Mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni,uning amaliy tadbiqini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilish, aholining turmush tarzi va bilim darajasini oshirish, xalqning davlat boshqaruvidagi ishtiroki izchilligini oshirish, davlat boshqaruv organlari xizmatchilarining rahbarlik faoliyatidagi mas’uliyatini oshirish, mukammal qarorlar qabul qilinishiga erishishiladi.

Men o’zim yaratgan uslubiy qo’llanma orqali aholining “Elektron hukumat” doirasida interaktiv xizmatlardan foydalanishlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakasini shakllantirishga o’z hissamni qo’shish maqsadida edi. Bu orqali aholining huquqiy ongi oshadi va davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini o’rganadilar.


Download 12,33 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 12,33 Mb.