Xorijiy davlatlarda “yagona oyna” markazlari




Download 12,33 Mb.
bet18/22
Sana07.05.2021
Hajmi12,33 Mb.
#14380
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Xorijiy davlatlarda “yagona oyna” markazlari

CHexiya


“CZECH POINT” yoki Chexiya Axborot Milliy Terminali, davlat loyihasi bo‘lib, Chexiya davlati aholisi mazkur aloqa maskanida bir nechta davlat va jamoat boshqaruvi organlari bilan bir vaqtning o‘zida muloqot qila olishlari mumkin.

“CZECH POINT – infokioskalar ko‘rinishidagi aloqa maskani bo‘lib, mazkur infokioskalar mamlakatning barcha hududlari, jumladan, Chexiya pochta bo‘linmalari, shahar va chekka hudud hokimiyatlari, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, notarius idoralari va banklarga joylashtirilgan. Aloqa maskanida foydalanuvchilar identifikatsiyasi ularning barmoq izlari orqali amalga oshiriladi.

Chexiya Aloqa maskanlarida quyidagi bir qator xizmatlar taqdim etiladi:

- Hujjat va hujjat nusxalarini tasdiqlash;

- Savdo reestrlaridan ko‘chirma;

- Ko‘chmas mulk kadastridan ko‘chirma;

- Tadbirkorlik reestridan ko‘chirma;

-Jismoniy va yuridik shaxslarning sudlanganlik yoki sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumot;

- To‘lovga layoqatsiz shaxslar reestridan ko‘chirmalar olish.

Chexiyaning Aloqa maskanlarida pullik asosda xizmatlar ko‘rsatiladi.


Rossiya Federatsiyasi

Ko‘p tarmoqli markaz (MFS) – “Yagona oyna” tamoyili asosida aholiga davlat va mahalliy davlat xizmatlarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilot.

Ko‘p tarmoqli markazlar Rossiyaning barcha hududlarida tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, mulkchilik munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish, fuqarolik-huquqiy holatini o‘rnatish kabi sohalarda xizmatlarni taqdim etadi. SHu bilan birgalikda, notarius, bank kabi yordamchi xizmatlarni ham ko‘rsatadi.
Braziliya

Aholiga xizmat ko‘rsatish markazi (SAC) – mazkur markazga bir oyda tashrif buyuruvchilarning o‘rtacha soni 1 mln 500 nafar kishini tashkil etadi. Markaz tashkil etilgandan buyon uning foydalanuvchilari soni 153 million kishini tashkil etgani statistikada qayd etilgan. Braziliyaning aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari transport tarmoqlari, yirik savdo shahobchalari va madaniy-ko‘ngilochar maskanlardan bevosita uzoq bo‘lmagan hududlarda joylashgan.

Markazlar tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

- shaxsini tasdiqlovchi guvohnomani berish;

- mehnat daftarchasi va haydovchilik guvohnomasini berish;

- avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

- sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;

- kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

- iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;

- aloqa va pochta xizmatlari;

- bank va kommunal xizmatlari;

Aksariyat xizmatlar arizachi murojaat etgan vaqtda tezkor ravishda taqdim etiladi, hujjatlar joyida chop etiladi. Shuningdek, markazlarda kichik kutubxonalar tashkil etilgan. Aholini jalb etuvchi eng muhim bir jihati shundan iboratki, markazlarda har bir fuqaro kun davomida 30 daqiqa davomida bepul Internetdan foydalanishi hukumat tomonidan kafolatlangan. Foydalanuvchilar bu erda hujjatlardan nusxa ko‘chirishi, hujjatlar uchun rasmga tushishi va intrenetdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.


“Yagona oyna”markazlarida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ular asosida hokimiyat organlari bilan hamkorlikda hujjatlar tayyorlab, fuqarolarga taqdim etishni yo‘lga qo‘yish, davlat bojlari va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun bank bo‘limini joylashtirish, shu bilan birga, gaz, elektr ta’minoti korxonalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, fuqarolar markazning o‘zida kommunal to‘lovlarni amalga oshirishi hamda ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati, soliq to‘lovlari va boshqa masalalarga oid axborotlarni to‘liq shaklda olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ilk qadamlar

Dastlab “Yagona oyna”markazlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 181-son qarorini hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston hukumati tomonidan imzolangan “2010-2015 yillar davri uchun mamlakatga oid dasturni amalga oshirish bo‘yicha xatti-harakatlar rejasi”ni bajarish doirasida tashkil etila boshladi.

2009yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining moliyaviy ko‘magi yordamida tajriba sinov tariqasida Toshkent viloyatining Sergeli tumanida respublikadagi dastlabki “Yagona oyna” markazi tashkil etilgan edi.

2011yilda hukumat miqyosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Kompyuterlashtirish markazlari tarkibida aholiga zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida xizmat ko‘rsatuvchi YAgona Oyna Markazlari”ni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.



Download 12,33 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 12,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorijiy davlatlarda “yagona oyna” markazlari

Download 12,33 Mb.