LMS Moodlening funksional imkoniyatlari




Download 8.21 Mb.
bet9/26
Sana08.05.2021
Hajmi8.21 Mb.
#14396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
LMS Moodlening funksional imkoniyatlari

Moodle PHP dasturlash tilida yozilgan, SQL-ma’lumotlar bazasi asosida ishlaydi (MySQL, PostgreSQL, Microsoft SQL Server va boshq.). Moodle SCO ob’ektlari bilan ishlay oladi va SCORM standartini qanoatlantiradi. Moodle arxitekturasi modulli ishlash prinsipida bo‘lganligi sababli, uning imkoniyatlarini qo‘shimcha plaginlar orqali kengaytirish mumkin.

Ta’lim (o‘qish) ni boshqarish tizimi–o‘quv faoliyatini boshqarish tizimining asosi (inglizcha Learning Managment System) bo‘lib, umumiy kirish huquqini ta’minlaydigan o‘quv on-line materiallarni shakllantirish, boshqarish va tarqatish uchun qo‘llaniladi. Kurs yaratuvchisi uchun vizual o‘quv muhitida ta’lim berish ketma – ketligi asosida materiallar osonlik bilan yaratiladi. Tizim tarkibiga turli ko‘rinishdagi individual materiallar, kichik guruhlarda ishlash uchun loyihalar va barcha talabalar uchun mazmundor hamda kommunikativ komponentalarga asoslangan o‘quv elementlari kiradi.

Moodle – bu o‘qituvchi (kurs yaratuvchi) lar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) sifatida ishlatish ham mumkin. Uni ko‘pincha e-learning tizimlarni o‘qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems - LMS) yoki virtual o‘qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham ataladi.

Moodle - masofaviy ta’lim olish sistemasi quyidagi bosqichlardan iborat:



Moodle sistemasi yordamida masofadan turib ta’lim berish jarayoni juda samarali bo’lib, bunda talaba o’zi o’rganayotgan fanning boshlangich qismidan boshlab mustaqil o’rganadi. Har bir ma’ruza turli ko’rinishdagi topshiriq savollari bilan to’ldirib borilgan. Mavzularga doir topshiriqlarni mustaqil ravishda bajaradi va fan bo’yicha olgan bilim, ko’nikmalarini orttirib boradi. Agar biror topshiriqni bajara olmasa u holda ma’ruza qismini qayta takrorlash imkoniyati mavjud.

Ma’ruzaning quyidagi turlari mavjud:



  • muammoli ma’ruza

  • ma’ruza konferensiyalar

  • konspektsiz ma’ruzalar

  • mualliflik ma’ruzalari

  • ma’ruza – munozaralar

  • qaytar aloqa texnikasi kullanilgan ma’ruzalar

  • aniq vaziyatni taxlil qilish ma’ruzalari.

O‘qituvchi Moodledan foydalanib o‘z kursini yaratishi, uni matn, yordamchi fayllar, prezentatsiyalar, so‘rovnomalar va boshqa xil shakldagi materiallar bilan to‘ldirib borish imkoniyatiga ega. Kursning har bir modulidan so‘ng oraliq nazorat testi o‘tkazilishi mumkin. Talabalarning topshiriqlarni bajarish natijalariga asosan o‘qituvchi baholar qo‘yishi va javoblarga izohlar berishi mumkin. Boshqacha aytganda, Moodleni o‘quv materialiini yaratish va o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida interaktiv aloqani ta’minlashga xizmat qiladigan bir markaz deyish mumkin. Moodle o‘qituvchiga nafaqat talabalar bilan teskari aloqani samarali ravishda tashkillashtirish va ularning bilimini baholash, balki ma’ruza materiallari va amaliy mashg‘ulotlar tuzilmasini osongina o‘zgartirish uchun vositalar taqdim etadi.





Download 8.21 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Download 8.21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LMS Moodlening funksional imkoniyatlari

Download 8.21 Mb.