Минимальное количество вопросов – bu maydonga ma’ruzada javob berilishi kerak bo`lgan savollar soni kiritiladi. Barcha bo`limlarning maydonlari tegishli ma’lumotlar bilan to`ldirilgandan so`ng, Сохранить и вернуться к курсу tugmasini bosish orqali ma’ruza mashg`uloti yaratiladi. Yaratilgan ma’ruzaga o`quv materiallarni joylashtishning bir qancha usuli bo`lib, ulardan istalgancha hohlagan tartibda foydalanish mumkin. Ma’ruza elementi asosan axborot va savollar sahifalaridan iborat bo`ladi. Ushbu elementga ma’lumot qo`shishning quyidagi usullari mavjud:
1. Импортировать вопросы – Savollarni import qilish.
2. Добавить информационную страницу/оглавление раздела – Axborot sahifasini qo`shish/bo`lim sarlavhasi.
3. Добавить кластер – Klaster qo`shish.
4. Добавить страницу с вопросом – Savolga ega bo`lgan sahifa qo`shish.
Ma`lumki, barcha ta’lim tizimlarida talabalarni mavzu bo`yicha materiallar bilan ta’minlash vazifasi ma’ruza mashg`ulotiga biriktirilgan. O`rganilayotgan element ham xuddi ushbu vazifani bajaradi. Ma’ruza elementining materiallar bilan ta’minlovchi qismi Добавить информационную страницу/оглавление раздела sahifasi hisoblanadi.
Ushbu sahifa bo`lim va maydonlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
|