• 2.3.2-masala
  • 2.3.3-masala.
  • 2.3.5-masala.
  • 2.3.6-masala.
  • 2.3.7-masala.
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 180,07 Kb.
    bet61/78
    Sana15.06.2021
    Hajmi180,07 Kb.
    #15052
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
    Testlardan namunalar:

    2.3.1-masala: Qotishma mis vaqo’rg’oshindan iborat. Qotishmaning 60% i mis bo’lib, mis qo’rg’oshindan 2 kg ko’p. Qotishmada qancha mis bor?

    A)5 B)7 C)6 D)5,5



    Yechish:Qotishma tarkibidagi qo’rg’oshin x kg bo’lsa, mis x+2 kg bo’ladi. Praporsiya tuzamiz:

    40%-------- x

    60--------x+2

    40(x+2)=60x, x=4, x+2=4+2=6 .Demak to’g’ri javob C ekan.



    2.3.2-masala: Qo’rg’oshin va misdan quyilgan ikkita quyma bor. Birinchi quymada 3kg qo’rg’oshin va 2 kg mis bor. Ikkinchi quymada 13kg qo’rg’oshin va 7 kg mis bor. Qaysi quymada qo’rg’oshinning foiz miqdori ko’p va u necha foiz?

    A)1-quymada 5% B)2-quymada 65% C)2-quymada 5% D)1-quymada 60% E)2-quymada 20%



    Yechish: Birinchi quymadan qo’rg’oshin % ini topamiz.

    5--------- 100%

    3----------x%

    x==60%

    Ikkinchi quymadagi qo’rg’oshinning foizini topamiz.

    20-------100%

    13-------y%

    y==65%

    Ikkinchi quymada qo’g’oshinning foizi ko’p va 65% tashkil etadi.Demak to’g’ri javob B ekan.

    2.3.3-masala.Massasi 300g va konsentratsiyasi 15% bo`lgan eritma,massasi 500g va konsentratsiyasi 9% bo`lgan eritma bilan aralashtirildi.Hosil bo`lgan aralashmaning konsentratsiyasini % ni toping?

    A) 12,75 B) 11,75 C)12,25 D)11,25



    Yechish:Bu masalani yechishda quyidagi (2.3.1)formuladan foydalansak,

    ,hosil bo`lgan aralashmaning konsentratsiyasi 11,25 % ga teng ekan.Javob:D

    2.3.4-masala.Yig`ilgan 1 t mevaning 82 % suvdan iborat.Ma`lum vaqtdan keyin mevadagi suvning miqdori 70% ga tushdi.Endi bu mevaning og`irligi necha kg chiqadi?

    A) 810 B) 820 C) 700 D)600



    Yechish:Hosil bo`ladigan mevaning og`irligini x kg deb olaylik.Ma`lumki 1t=1000kg mevaning 82% suv bo`lsa, 18% mag`izdan ya`ni, 1000*0,18=180 kg mag`izdan iborat, vaqt o`tishi bilan mevadagi suvning miqdori kamaydi,lekin mag`izning kg miqdori o`zgarmaydi.Quyidagi proporsiyadan foydalansak,

    180kg-------30%

    x kg-------100%

    , x=600 kg meva hosil bo`ladi. Javob:D

    2.3.5-masala. 1-idishda 40% li,2- idishda 35% li eritma bor.Ularni aralashtirib 37% li eritma olish uchun har bir eritmadan necha litrdan olish kerak.

    A)0,3 va 0,7 B)0.2 va 0,8 C)0,4va0,6 D)0,1va0,9



    Yechish:1-idishda x litr eritma,2-idishda y litr eritma bo`lsin.Bu masala uchun(2.3.1) formuladan foydalansak,

    , 40x+35y=37x+37y, 3x=2y,

    x va y ning qiymatini kalitlardan qidiramiz.Bunda tenglikni qanoatlantirishi kerak.C javobdagi y=0,6 da x=0,4 ga teng bo`ladi. Qolgan javoblar tenglikni qanoatlantirmaydi.Javob:C



    2.3.6-masala.15 kg eritmaning 35% i tuzdan iborat.Tuzning miqdori 25 % bo`lishi uchun eritmaga nech kg chuchuk suv qo`shish kerak?

    A)6 B)5 C) 5,5 D)5,25



    Yechish:Eritmaga x kg chuchuk suv qo`shish kerak bo`lsin.Eritmadagi tuzning miqdori 15*0,35=5,25 kg ga teng. Eritmaga chuchuk suv qo`shganimiz bilan uning miqdori o`zgarmaydi faqat foiz miqdori 25 % ga o`zgaradi.Quyidagi proporsiyani tuzib olamiz

    5,25----------25%

    15+x---------100%

    5,25*100=25(15+x), 525=375+25x , 25x=150,

    x=6 kg chuchuk suv quyilgan. Javob:A

    2.3.7-masala.A aralashmaning 1 kgmi 1000 so`m,B aralashmaning 1 kgmi 2000 so`m turadi.B va A aralashmaning 3:1 nisbati tayyorlangan 1 kg aralashma necha so`m turadi?

    A)1500 B)1750 C)1650 D)1800




    Download 180,07 Kb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




    Download 180,07 Kb.