2.4. Buxoro qadimiy yodgorliklar tarixidan (Buxoroning o’n ikki darvozasi tarixi)
O’zbekiston istiqlolga erishganidan so’ng o’tgan 20 yil ichida mamlakatimiz, jumladan viloyatimiz iqtisodiy-ijtimoiy hayotining barcha jab¬halarida, jumladan, ajdodlarimizdan meros qolgan tarixiy yodgorliklarni ko’z qorachiғidek asrash, ularni qayta ta’mirlab, kelajak nasllarga etkazish borasida asrlarga tatigulik ulkan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Prezidentimiz I. Karimov qarori asosida Buxoroning 2500 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha belgilangan tadbirlar doirasida Kalon me’moriy majmui, Mir-Arab, Uluғbek madrasalari, Ark qal’asi, Somoniylar maqbarasi, Labihovuz majmui va boshqa ko’plab yodgorliklar asl holiga keltirildi. Abdulxoliq Ғijduvoniy, Bahouddin Naqsh¬band, Sayyid Mir Kulol va boshqa tasavvuf allomalarining qadamjolari yangidan qurildi, asrlar silsilasi va qarovsizlik oqibatida nuray deb qolgan Chorbakr me’moriy majmui qayta qad rostladi.
Buxoroi sharifni o’rab olgan qadimiy qal’a va undagi darvozalar asrlar davomida bu ko’hna zamin shaharsozligi va me’morchiligining ajralmas qismi bo’lib kelgan. Ammo 1920 yilning kuzida qizil qo’shinlarning Buxoroga bosqini choғida shahar qal’asi va darvozalarining to’plardan o’qqa tutilgani, bombardimon qilingani, sostialistik shaharsozlikda milliy qadriyatlar va an’analarga umuman e’tibor berilmagani, yurtimiz obidalarini ta’mirlashga davlat byudjetidan etarli miqdorda mablaғning ajratilmagani sababli 12 kilometr uzunlikdagi qal’aning bir necha o’n metri, qadimiy darvozalardan atigi 2 tasining qolgani bu ko’hna zaminning o’ziga xos me’moriy qiyofasi yo’qolib borishiga olib kelishi mumkin edi. Viloyat hokimi S. Husenov ana shuni hisobga olib, bir necha yil muqaddam bir guruh olihimmat homiylar, iste’dodli me’morlar va ta’mirlovchi ustalar ko’magida qadimiy qal’aning bir qismini, shahar darvozalarini qayta qurishdek xayrli ish tashabbuskori bo’ldi. Gazetamizning 3-sahifasida e’lon qilinayotgan materiallar ana shu yo’nalishda olib borilgan ilmiy, ijodiy izlanishlar, sidqidil mehnat samaralariga baғishlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati Olim Abdiev (suratda) boshchiligidagi ta’mirlovchi ustalar guruhi XVI asrda Buxoro hukmdori Abdulazizxon tomonidan Buyuk Ipak yo’li yoqasida qurdirilgan Samarqand darvozasining poydevori o’rnida 2009 yilda me’mor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida bu muhtasham obidani yangidan bunyod etdi.
|