HAQRAHNI TIKLAGAN USTA
Uning dadasi va akasi mohir ta’mirlovchi usta bo’lishsa ham bu kasb sirlarini Muzaffarga o’rgatishmadi. "Bizga orqa qilib, qo’l uchida ishlashi mumkin", degan fikrda yoshlarga nisbatan qattiqqo’l va talabchan usta, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Rabijon Qurbonovga shogirdlikka berishdi. O’sha kezlar 9-sinfda o’qiyotgan Muzaffar har kuni dars tugashi bilan yo’l-yo’lakay tushlik qilib, ustozining oldiga yugurardi. Qurilish chiqindilarini tashish, loy yoki ganch qorish, ustaga terish uchun ғisht uzatib turish singari oғir yumushlardan qochmadi, sabr-toqat bilan hunar o’rgandi. Hali maktabni bitirmay turib, Usto Shirin Murodov nomidagi yodgorliklarni ta’mirlash ilmiy-ishlab chiqarish ustaxonasi ishchisi bo’ldi.
Muzaffar Mirzaev binokorlik sirlarini yanada chuqurroq o’rganish maqsadida 1970 yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti qurilish fakultetining kechki bo’limiga o’qishga kirdi. Kunduzlari taniqli usta Ochil Bobomurodov brigadasida ishlab, qator masjid va madrasalarni ta’mirlashda ishtirok etdi. Bu orada harbiy xizmatga chaqirildi. Armiyadan qaytgach, qadimiy yodgorliklarning yillar o’tishi bilan turli xil ta’sirlar oqibatida qiyshaygan minoralarini tros simlari bilan tortib rost¬lash hamda poydevorini mustahkamlash, yangilarini barpo etish texnologiyasini o’rgandi. Gavkushon madrasasi, Bolohovuz masjidi yonidagi oғayotgan minoralarni tiklash, Sayyid Mir Kulol me’moriy majmui va Sayfiddin Boxarziy masjidi oldida yangidan qurilgan naqshinkor kichik minoralar Muzaffar Mirzaev va uning shogirdlari zargarona mehnatining samarasi bo’ldi.
U 1997 yilda "Usto Mirzo" xususiy firmasini tashkil etgach, ta’mirlovchilik kasbiga mehri baland o’ғillari Ma’mur va Bahodir, shuningdek, Sharif Rahimov, Shuhrat Obidov singari hamkasblari va qator shogirdlaridan iborat 17 kishilik jamoaga boshchilik qildi. Bu firma ahli Abdullaxon timi, Xalifa Xudoydod, Volidai Abdulazizxon madrasalari, Chorbakr, Bahouddin Naqsh¬band me’moriy majmualarida olib borilgan ta’mirlash ishlarida faol ishtirok etdi.
2008 yilda Buxoroda shahar qal’a devori va qadimiy darvozalarini tiklash bo’yicha sa’y-harakatlar boshlanganda Muzaffar Mirzaev boshliq ta’mirlovchilarga sho’rolar davrida — XX asrning 60-yillarida batamom buzib tashlangan Shayx Jalol darvozasini qayta qurish vazifasi topshirildi. Usta bu murakkab ishga kirishishdan avval me’morlar va tarixchi olimlar bilan birgalikda ko’hna darvozaning avvalgi joyini aniqlab, obidaning 30-yillarda aeroplan yordamida olingan fotosuratlarini, arxiv materiallarini qunt bilan o’rgandi. Shundan so’nggina qurilish ishlari boshlandi. "Usto Mirzo" firmasi ta’mirlovchilarining shijoatli mehnatlari tufayli tez orada Shayx Jalol darvozasi ko’kka bo’y cho’zib, boshqa ustalar qayta tiklagan ko’hna qal’a hamda Xo’ja Ismat Buxoriy me’moriy majmuasi chiroyiga uyғunlashdi.
Abu Hafs Kabir tarixiy-me’moriy majmuini barpo etish loyihasida bu allomaning islom dini ravnaqi yo’lidagi xizmatlari e’tirofi hamda xotirasiga ehtirom sifatida uluғ fiqhshunos olim va ulamo dafn etilgan qabristonga tutash hududda qurilgan Hazrati Imom darvozasini yangidan tiklash ko’zda tutilgan edi. Bu ish ham viloyat rahbariyati tavsiyasiga ko’ra "Usto Mirzo" firmasi ta’mirlovchilariga topshirildi.
VIII asrgacha Xufra, Darvozai Nav nomlari bilan yuritilgan bu obidaga tutash qabristonga Abu Hafs Kabir dafn etilgandan so’ng buxoroliklar uni Hazrati Imom darvozasi deb atagani ko’pgina manbalarda qayd qilingan. Shuningdek, el orasida bu darvozaning Haqrah degan nomi ham bor. Chunki o’tmishda ko’pgina kishilar shaharning aynan shu darvozasidan chiqib, mushkullariga najot so’ragani Abu Hafs Kabir huzuriga yo’l olganlar. Avliyo bergan fatvolar to’ғri bo’lgani bois odamlar allomani Imomi Hojatbaror, ziyoratgohga borgan qayroq yo’lni Haqrah — Haqiqat yo’li deb ataganlar.
Abu Hafs Kabir me’moriy-yodgorlik majmuasi loyihasini tayyorlagan arxitektor Mahmud Ahmedov ana shu jihatlarni hisobga olib, qayta quriladigan Hazrati Imom darvozasini qutluғ ziyoratgohning boshla¬nish joyi sifatida belgiladi.
Darvozaning har biri diametri 8,5 metrni tashkil etgan ikki guldastasi poydevorini mustahkamlashda o’tmish ustalarining qadimiy usullaridan foydalanildi. Chunonchi, xarsangtoshlar ustiga avval qurigan qamish, keyin ohaktosh va yana qamish qatlamlari yotqizilgandan so’nggina ustalar loyihaga asosan ғisht terishga kirishgani yangi obidani zax suvlar va sho’r ta’siridan saqlash imkonini berdi. Balandligi 11, 10 metr, devorlari qalinligi 1,56 metr bo’lgan, 23 ta gultojdan iborat uch qavatli bu darvoza chizmalarini ko’zdan kechirgan Muzaffar Mirzaev uni tiklash uchun 365 ming dona oddiy salloti va 52 ming dona obi ғisht, 65 ming kubometr beton ketishini o’zicha hisob-kitob qilib berdi.
Ob’ekt nihoyasiga etgach, nafaqat uni barpo etishda qatnashgan Homid Jo’raev, Olim Sultonov, Shukur Jo’raev, Ma’mur va Bahodir Mirzaevlar, balki me’moriy majmua qurilishiga jalb etilgan barcha binokorlik tashkilotlari rahbarlari va muhandis-texnik xodimlar ham ustaning hisob-kitoblari naqadar to’ғri kelganiga hayratdan yoqa ushladilar.
Bu shunchaki Muzaffar Mirzaev (suratda) bashorati yoki tavakkaliga aytgan raqamlarning sarflangan qurilish ashyolari hajmiga to’ғri kelgani emas, balki uning ta’mirlovchilik sohasidagi 40 yillik mehnat tajribasining hosilasi edi. Balki muqaddas qadamjolarni obod etgan ustalarga Yaratganning o’zi ana shunday ғayritabiiy xislatlarni ato etar...
Kuxna tarix saxifalarini varoklar ekanmiz , kuz oldimizdan mo’jiza kabi ajoyib memorchilik obidalari utadi. Qadimiy imoratlar , inshootlar xar biri inson qo’li bilan tiklangan. ,uning xar bir g’ishtida bobolar nafasi seziladi. Yuksak maxorat , Yorqin daxo bilan ijod etilib barpo bulgan yodgorliklar xalkimizning madaniy boyligi faxri va g’ururidir . Ana shunday sanat durdonalarini yaratgan memorlarga , xalq farzandlariga oddiy ustalarga taxsinlar aytamiz Minorai kolonni eslaylik .Necha necha vokealar shoxidi, aziz va mutabar bobolarimiz kurgan tabarruk yodgorlik Minora 1127 yilda Arslonxon farmoni bilan kurilgan. Yaqinda memor nomi xam aniqlandi. G’ishtning bezaklar orasiga ustobako deb ezilgan ekan.
Buxoro minorasi memor Bako daxosining yuksak parvozidan darak beradi.
Buyuk allomalar katorida memorlar buned etgan edgorliklar kuxna tarix zaminida turli davrlarning ajoyib xaykalidir.
O’zbekistonning eng ko’hna va yodgorlik obidalariga boy bo’lgan shaxarlardan biri Buxorodir.
Buxoro ko’hna shaxar shoxidir, ajoyib obidalar shaxri xakida eshitmagan biror kimsa bulmasa kerak. Buxoro shaxri eng qadimiy shaxarlardan biri bo’lib , madaniyat markazi , din maskani va geografik jixatdan karvon yo’llari o’tadigan azim shaxar xisoblanadi. Buxoro fakat obidalar shaxrigina emas , bugungi Buxoro o’z kelajagini yarataetgan bunedkor shaxar Uzbekistonda sanoat va kishloq xujaligi rivojlangan yirik viloyat markazidir.
Buxoro –bir necha asrlarning( !X-XX ) arxitektura yodgorliklarini saklab kelayotgan shaxarldardan biridir. Bu erda o’sha davrda qurilgan binolarning deyarli xamma turlari bor. Memorchilikning ajoyib namunalari shu kunlarda xam xozirgi zamon arxitekturasi uchun xam kupgina kimmatli narsalar beradigan manba bulib xizmat kilmokda . Moddiy va madaniy yodgorliklari, memoriy durdonalari Buxoroga kelgan kuplab MXD va chet el turistlarini o’ziga oxangrabo kabi jalb etadi, ular moxir memor va ustalarning fayzli ijodkorlarini kurishga oshikadi.
Qadimiy Buxoroning xar bir g’ishtida utmish vaqt asari ko’zga tashlanib turadi.Buxoro musulmon olamida aloxida urin egallagan. Uzok yillar davomida shaxarda diniy obidalar xukm surib , jaxolat zulmatida saqlanib kelingan . Shuning uchun xam Buxoroning eng yirik diniy bilim dargoxlaridan biri bulgan Mir Arab madrasasi (1530-1536) bulakcha rejalashtirilgan. Ulkan kompozistili bino kurilishi xarakterli timsoli bulib ,xovlisi turt ayvonli va old tomoni yuksak peshtoklidir. Abdulazizxon madrasasi esa (1652) bezaklarining serxashamligi bilan ajralib turadi. Monumental Kukaldosh madrasasi (1568-1569) , Nodir Devonbegi madrasasi (1568-1622) xamda xonakoxni 16-20 uz ichiga olgan Labi xovuz ansambli shaxarning eng kurkam va ekimli joylaridan biri bulib kolgan 16 asrning boshlarida Buxoroni uzbeklarning ikkita kichik uruglaridan tashkil topgan dinastiyasi bosib olgan. Ular xukumronliklarinng birinchi yillari Samarkandni markaz kilib oldi. Bir necha vakt Buxoro uzining siesiy mavkesini yukotib kuydi,lekin 16 asrning ikkinchi yarmida Abdullaxon Xukmronligi davrida (1557-1598) Buxoro yana siesiy markaz bulib. “Buxoro” nomi bilan yurishlar boshlandi. 16 asrning ikkinchi yarmida savdo-sotik va mol ayirboshlash avj olib ketdi. Buxoro xoni Abdulloxon Maskvada beshta elchisini savdo-sotik va diplamatik alokalar urnatishi uchun yubordi. Bundan tashkari kelgindi ruslar uchun mexmonxona tarikasida katta saroy kurdirdi.16-17 asr Buxoroning gullanish davri buldi. Shaxar kayta kurildi desa xam buladi. Uning kiefasi uzgardi. Yangi ansambllari paydo buldiki ular bizgacha etib keldi.Maxobashli arxitektura edgorliklari dalolash beradiki. Shaxarda me’morchilik maktabining gullagan davri bulgan Koraxoniylar sulolasining vayrona madrasa masjidlari urniga masjidi kalon (1514), MirArab madrasasi (1530-1536) undan keyin machiti Baland va Xuja Zayniddin Xonakosi kad kutardi.Eski Buxoroning oldingi ansambllari remon kilindi, kupchiligi kayta kurildi. Shaxar chetida maxobatli Baxovuddin va chor bakr ansambllari kad kutardi. Buxoroda xalk me’morchiligining eng qadimiy arxitektura edgorliklari saklanib kolgan shaxarning eng qadimiy arxiologik edgorliklaridan biri Arkdir. U 20 metr baland tepalikustida kurilgan Ark maydoni 4,2 gektar keladi. Rejaga kura Arke pik kup burchak shaklidagi inshootdir. Uning tik devori bir vaktlar eppasiga blok bilan maxkamlangan edi. Qadimiy devorning kanday kurilganligi usti sal ochiklik kolgan shimoliy tomonidan yaxshirok kurish mumkin. Bu erda xar xil xayvonlarning suyak koldiklari, idish-tovok siniklari va boshka narsalar aralashgan tuprok katlamlari kurinib turibdi. Ark devori kup marta kayta kurilgan va remont kilingan . Arkning shimoliy devori unga mustaxkam emas. Bu devorda keyingi yillarda kup marta kayta kurilgan va remont kilingan joylarni kurish mumkin. Arablar jilolasiga kadar Arkda shaxar xokimlari Buxoro xudotlari yashagan. Samoniylar davrida (!X-X) Ark kaytadan kurilgan xamda devor va mezonlar bilan mustaxkamlangan. Koraxoniylar sulolasi davrida (X!-XP) asrlar va mugillar boskinchiligi davrida (XSh) asr Ark bir necha bor vayron kilingan. Arkning xozirgi kiefasi Shayboniylar sulolasi davrida tiklangan. Ark peshtoki e’tiborga sazovor va arxitektura jixatidan ustunsimon ikkita Xazina bulib,yukori kismi gamreya bilan birlashgan va ustiga ayvonli bino solingan. Bu erda amrining matoklari va shaxar korovuli turgan. Arka kiraverishdagi yul asta-sekin kutarilib borib, uzun yulakdan iborat . Arkdagi binolar XUP-XX asrlarga ya’ni Ashtarxoniylar va mangitlar sulolasiga doirdir. Usha vaktlarda Ark shaxar xokimlari keyinchalik xonlar, amirlar mansabdor va kukushin boshliklari yashaydigan joy bulib kolgan. XX asr boshlarida Ark axolisi taxminan uch ming kishiga etgan.
Juma majiddan (1919y) boshlangan tor tor kucha kushbegi xovlisi oldidan, kichkina gumbazga – chorsuvga olib chikadi. Bu erdan salomxonaga kiriladi. Salomxonada amir uz amaldorlarini va kelgan kishilarni kabul kilgan. Chorsuvning ung tomonida amirning oshxonalari bulgan . Chorsuvning chap tomonida tosh etkizilgan katta xovli kurinish xona bor. Bu erda elchilarni kabul kili shva amirlarni taxtga kutarish marosimlari utkazilgan xovlining uch tomoni ayvon kiraverishda nakshli peshtok bor. (1605) xovlining shark tomonidagi taxtiravon tagida marmar taxt turgan. U nurato marmar toshidan kilingan ekan, Arkning butun Sharkiy kismi vayron kilingan shaxarchaga uxshaydi.
1X asrdan to xozirgi vaktgacha barcha tarixiy davrlarning edgorliklari bor. Shuning uchun Buxoroni «arxitektura muzey» shaxri deb atalishi bejiz emas. 1X asrda Buxoroda bolshevik katta er egalari –Samoniylar xukmronlik kila boshlaganlar. Bu sulolaning asoschisi Ismoil Somoniydir. Somoniylar xukmronligi davrida Buxoro shaxri gurkirab yuksalgan madaniyat xamda ilm fanning yirik markaziga aylangan. Bu davrda jaxonning buyuk mutaffakirlarni Shark Olimlari va shoirlarini etkazib berdi. Ular orasida Abu Abdullo Rudakiy (885-940) Abu Ali Ibn Sino (980-1037) xam bor.
Ismoil Samoniy makbarasi (!X-X asrlar ) Samoniy makbarasi xozirgi madaniyat va istiroxat bogidadir. U Kub shaklida bulib yarim sharsimon kuba bilan epilgan . Devori kalin bulganligi tufayli bu edgorlik ming yildan beri yaxshi saklanib kelmokda.
Makbaraning asosiy fasadi yuk, turt tomoni xam bir xil.
Makbaraning tashki va ichki devorlariga jimjimador kilib pishgan gisht terilgan. Usha vaktlarda bino shunday bezatilgan. Ustalar kvadrat shaklidagi gishtlarni xar xil usulda terib devorni badiiy jixatdan goyat guzal kilib bezatganlar. Bu uziga xos shakllar makbaraning tekis devorini shunday nafis bezaganki , kuyosh tushgan sari , ertadan kechgacha makbaraning gishtlari xar xil rangda tovlanadi.Oy yorugida ayniksa chiroyli bulib kurinadi. Jaxon arxitekturasi bu usulda bezatilgan birorta boshka tarixiy edgorlikni uchratgan emas. Makbaraning jaxon axamiyatiga ega bulish sababi xam anna shunday, ezma manbalar va xalk rivoyatlariga kura bu edgorlikka
Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Somoniy xaet bulgan vaktda u otasining kabri ustiga kurdirgan. Keyinchalik uzi xam shu erda dafn etilgan.
Minorai kalon (1127) Buxoroda Minorai kalondek baland va muxtasham birorta inshoot yuk. Bu minora bir vaktlar mavjud bulgan baxaybat kompleksning bir kismi edi.
XP asrning boshlarida Koraxoniylar avlodidan biri Arslonxonning buyrugi bilan minorani ishgol etilgan. Buxoroda 1417 yillar Ulugbek tomonidan chiroyli machitlar Buxoro , Samarkand, Gijduvonda kurilgan. XU asrdan Buxoro Yangi shayboniylar sulolasining markaziga aylandi.
1500-1530 yillar Buxorodagi Qadimiy obidalar kurilishiga etibor berilgan.
Xulosa
Malakatimizning raxbari tomonidan 2010 yilni «Barkamol avlod yili» deb nom berilishi bilan yoshlarga oid siyosat davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri ekanligi yana bir bor o’z tasdig’ini topdi.
Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu bois yurtimizda mustaqillik yillaridanok ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash davlatning o’z oldiga qo’ygan vazifalaridan biri sifatida boshlandi.
Islom Karimov ta’kidlaganidek, sog’lom avlod deganda, avvalo, jismonan baquvvat, iymon e’tiqodi butun, bilimli ma’naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunamiz.
Mamlakatimizda sog’lom muhitni shakllantirish va oila, o’quv muassasalarida yuksak ma’naviy, axloqiy muhitni qaror toptirish, mamlakat va yurt obodonligi uchun jonini fido qiladigani avlodni etishtirish bizning ma’suliyatimizga kiradi. Hayot saboqlaridan tajriba orttirish, Vatanni muqaddasligini shuningdek, vatanimizda yaratilgan va bunyod qilingan barcha nodir buyum ashyolarni asrab-avaylashga yo’naltirilgan tarbiya shaklini ishga solish muhimligini his etmoq zarur.
Yukoridagilarni inobatga olib yigit-kizlar tafakkuri, ongini yangicha o’zgarishlarga alohida e’tibor ajratilmokda.
Aynan bunday o’zgarish yurtning milliy farovonligini oshirishning asosidir. Bu kelgusida ommaviy madaniyatning yuksalishiga qaratilgan yagona omil bo’lib hisoblanadi.
Men ham bitiruv malakaviy ishimda manzara kompazistiyasida qadimiy shahrimiz Buxoro ko’chalarini tasvirlashni maqsad qilib, yuqorida qayd qilingan tarbiya vositalaridan imkon darajasida foydalanishga harakat qildim. Zero manzara kompazistiyasi janri o’zida tabiat chiroyini tarannum etish bilan ko’ngillarga orom-zavq bag’ishlaydi.
Yurtning qiyofasi go’zalligi tomoshabinning qalbiga muhrlanib qoladi.
Xulosa qilib aytganda u endi qaysi yurt, qaysi millat farzandi ekanligini to’la his qiladi. Ota-bobolarimiz qo’li bilan yaratilgan antik inshootlarni asrab-avaylashimiz, shuningdek, o’z sohasida ulkan orzular og’ushida shu kabi bunyodkorlik ishlarini bajarish niyatida faoliyat ko’rsatadi.
O’z tabiatini, o’z erini, o’z shahrini sevib ardoqlab yashaydi. Men bajargan bitiruv malakaviy ishimdan tasviriy san’at mashg’ulotlarida, darsdan tashqari ishlarda xam foydalanib, ularda estetik sifatlarni shakllantirish nazarda tutilgan.
Bitiruv malakaviy ishim yuzasidan xulosa keltirsam, ishni tasviriy san’at darslarida yoki sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda qo’llash mumkin.
|