Buxoro davlat universiteti




Download 1,6 Mb.
bet2/13
Sana18.06.2021
Hajmi1,6 Mb.
#15125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Xulosa

Kirish
O’zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli hayotning barcha jabhalarida turli ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ushbu ishtimoiy iqtisodiy o’garishlar o’zbekistonning kelajagini ta’minlovchi yoki avlodlarni tarbiyalash jarayonida amalga oshirilayotgan ta’lim tarbiya tizimini ham tubdan isloh qilishni talab etmoqda. O’zbekistonning kelajagi buyuk davlat ekanligini belgilashda ko’pgina sohalarda e’tibor berilgani kabi yoshlarga tasviriy san’at sirlarini o’rgatish ham bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan mustaqillik yillarida e’lon qilinayotgan muhim qarorlar o’tkazilayotgan tadbirlar fikrimizning yorqin misolidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida berilganidek yoshlarning nafosatini o’stirish, ularni san’at gulshanidan, avlod-ajdodlarimizning boy me’rosi va umum jahon sivilizasiyasida erishgan san’at namunalaridan bahramand qilishlik, yoshlarni tasviriy san’at sohasini o’rgatishda muhim sanaladi.

Ta’lim tizimida sharq alomalari san’at sohasidagi fikrlari va ularning yoshlarni tarbiyalashdagi uziga xos ijobiy tomonlarini inobatga olgan holda amalda qo’llanildi. Ulkan ijodkor allomalar Kamoliddin Bekzod, M.Muzaxxib, Murod Samarqandiy kabilarning yirik san’at asarlari bilan tanishish sharafiga mustaqillik tufayli erishildi.

San’atning tarixiy rivoji jarayonida uning turlari ham shakillanib bordi: me’morchilik, haykaltaroshlik, rang tasvir, grafika, amaliy bezak san’ati va boshqalar. Ularning barchasi inson ma’naviy hayotining muhim qismi bo’lib, yuksak badiiy ideallarni, go’zallik haqidagi tushunchalarini ifoda etadi. Bir san’at turi boshqasidan using mazmuni, badiy-ifodaviy vositalari va uslubi, materiali, obrazli anglash darajasi, his-tuyg’ulariga ta’siri va hayotiy ahamiyati bilan varq qiladi. Har bir san’at turi taraqqiyot, tanazzul va tushkunlik davrlarini boshdan kechiradi, rivojlanish jarayoni bir tekis kechmaydi. Lekin doimo o’z chegarasini va badiiy vositalarini kengaytirish imkoniyatiga ega. Bunga ba’zan boshqa san’at turlarinig, shuningdek, fan texnikaning erishgan yutuqlarini tabiiy o’zlashtirish orqali erishililadi.

Tasviriy san’at har bir ijodkor shaxs uchun juda keng faoliyatlar maydonidir, rasm chizishni puxta egallsh barcha san’at turlarida muhim urinni egallaydi.

Tasviriy san’atning muhim turlaridan biri grafika san’ati sanaladi. Grafika tasviriga bo’lgan ehtiyoj esa ibtidoiy jamoa davrida paydo bo’la boshlagan. Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston hududidagi arxeologik qazish ishlari bu yerda yashagan xalqlarning tasviriy san’ati ancha yuksak bulganini ko’satadi. Ular ish faoliyatlarini qoya toshlarga o’yilgan tasvirlarda aks etganlar.

Respublikamiz hududida miloddan oldingi IV asrda har qaysi xalqlar o’zini chetki dushmanlardan himoya qilish uchun qalin va baland devorlar, qo’rg’onlar va istehkomlar qurishgan. Ishtehkomlarni qurishdan oldin albatta ularning tarhi (plani) chizib olingan.

Shunday qilib, o’zbekisto hududiga asta-sekin arxetektura qurilish chizmalarini bajarish takomillasha brogan va shu chizmalar asosida binolar qurish shunday yuqori darajada ko’tarilganki, so’ngi 10 asrdan ortiq vaqt davomida Buxoro shahrida avlodlarimiz tomonidan bunyot etilgan tarixiy obidalar, turar joy binolari hozigi kunga kelib jahon arxitektura san’atining durdonalriga aylangan. Shu sababli ham Buxoro ko’chalari (eski shahar) ni “ochiq osmon ostidagi muzey” shahar deb bekorga aytmasalar kerak.


Download 1,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,6 Mb.