Tasviriy san’tning janrlari:
Tasviriy san’atda manzara, maishiy, natyurmort, portret, tarixiy, animal, (hayvonot olamiga oid) afsonaviy, dengiz navislik, nyu interyer janrlari mavjud. Janr rassom nimani tasvirlayotganligiga qarab belgilanadi. Masalan, asarlarda odam rasmi ishlansa, ular “portret” tabiat va shahar ko’rinishlari tasvirlansa, “manzara”, turmush va mehnat jarayonlari tasvirlansa “maishiy”janriga xos bo’ladi.
Shuningdek tarixiy voqealarni tasvirlash tarixiy janr, hayvonlarni tasvirlash animal janr deb yuritiladi. “Animal ” janri lotincha anima so’zidan kelib chiqqan bo’lib hayvon ma’nosini anglatadi. “batal” janri esa fransuzcha batay so’zidan kelib chiqqan bo’lib, jang ma’nosini bildiradi. “Nyu” janri fransuzcha so’zidan kelib chiqqandir. Ayrim asarlar bir paytning o’zoda ikki va undan ortiq janrlarga mansub bo’lishi mumkin. Masalan, portret va nyu, dengiz navislik, interyer, manzara va hokazolar.
Har bir janr o’z o’rnida yana bir qancha janrlarga bo’linishi mumkin. Masalan manzara janridan dengiz navislik, tarixiy janridan batal, manzara janridan interyer ajralib chiqqan.
Manzara janri tasviriy san’atda tabiat, shahar industrial- sanoat, interyer ko’rinishlarining tasvirlanishi manzara janriga taalluqlidir. Manzara janridagi asarlarning ayrimlari bevosita tabiatning haqiqiy, ya’ni hayotiy ko’rinishini tasvirlasa, boshqalarida borliq ijodiy tarzda, xayolan ifodalangan bo’ladi. Ba’zan bu ikki hol bir asarda kuzatilishi mumkin.
Manzara janri ko’proq rang tasvirda, qisman grafika va haykaltaroshlikda qo’llaniladi.
|