II.Asosiy qism
Tasviriy san’atning tur va janrlari
Tasviriy san’tning uch turi mavjud: 1. rang tasvir 2. haykal taroshlik 3.grafika
Rang tasvir deb tekis yuzada turli rang va materiallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Bu tur uchun asosan bo’yoqlar- moyli bo’yoq, akvarel, guash, tempera, shuningdek rangli qalamlar, ko’mir qalam, pastel, sous, sangina kabi badiiy materiallar bilan ishlash xarktelidir.
Rang tasvir asarlari qog’oz, karton, mato, devor, oyna, yog’och kabi tekis yuzalrga ishlanadi. Rang tasvir asosini rasm tashkil etadi. Har qanday rang tasvir ichida, avvalo, uning rasmi ishlab olinadi. Unda kompozitsiya, nur va soya, rang asosiy o’rinni egallaydi.
Rang tasvir asarlari bajarilish texnikasi jihatidan turli-tuman bo’lib, ular moy bo’yoqli, temperali, freskali, mozaikali, vitrajli, akvarelli, guashli, pastelli bo’lishi mumkin.
Rang tasvirni quyidagi turlari mavjud:
1. Dastgohli rang tasvir,
2. Monumental (mahobatli) rang tasvir,
3. Minatyura (mo’jaz) rang tasvir,
4. Dekarativ (bezak) rang tasvir,
5. Teatr – dekarativ (bezak) rang tasviri.
Dastgohli rang tasvir deyilganda, rassomlarning maxsus asbob – dastgoh (malbert) yordamida ishlaydigan suratlari tushuniladi. Dastgohli rang tasvir asarlari uncha katta bo’lmagan o’lchovda yuqorida qayd qilib o’tilganidek mato, karton, oyna, faner kabi tekis yuzali materiallarga bo’yoqlar bilan ishlanadi. Dastgohli rang tasvirda ko’pincha moyli va akvarel bo’yoqlar qo’llaniladi.
Manumentar rang tasvir atamasi monumental (mahobatli ) ya’ni katta o’lchovdagi rang tasvir ma’nosini anglatadi va bu turdagi asarlar ko’pncha binolarning ichki va tashqi devorlariga tempera bo’yoqlari bilan ishlanadi.
Monumental tasvir asarlarining freska, mazaika, vitraj, panno, kabi turlari mavjud.
Freskalar asosan bino devorlarining o’ziga, shuningdek, unga matolar yordamida ishlanadi.
Mazaika – turli tabiiy va ikkilamchi materiallar – rangli oyna parchalari, toshlar, sintetik materiallardan bino devorlariga yoki tekis materiallar ustiga ishlanadi.
Vitraj – esa binolarning dereza, eshik, oynalri ustiga bo’yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichkarisi va tashqarisida ham bir xil ko’rinadi.
Minatyura (mo’jaz ) rang tasviri deyilganda bejirim, juda kichik, nozik san’at asarlari tushuniladi. Minatyura rang tasviri o’rta asrlaeda kitob bezagi bilan bog’liq holda rivoj topdi. U kitoblardagi bosh, yakuniy bezak, zarhalharf, ilyustrasiyalardan iborat bo’lgan. Rang tasvirning bu turi sharqda, shu qatori movarunnahrda katta shuxrat qozongan. Hozirda u mustaqqil san’at turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki turli qutticha, tomosha qovoq kabilarni bezatishda ham keng qo’llanilmoqda. Shuningdek bu tur mustaqqil san’at sifatida yildan-yilga ommalashib bormoqda.
Dekorativ rang tasvir asarlari mustaqil amaliy ahamiyatga ega bo’lib, u binolarning ichki va tshqi devorlarini bezatishda keng qo’llaniladi. Ular panno shaklida, shuningdek, qutticha, patnis sandiq, shkaflarni bezatishda qo’l keladi. Bino ichini bezatishda xizmat qiladigan naqshlar frizlar, namoyon kabi mayday elementlar ham dekarativ rang tasvirga kiradi. Teatr dekarativ rang tasviri spektakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan grim, sahna jihozlari bilan bog’liq. Ular teatr rassomi tomonidan tayyorlanib spektakl mazmunini tamoshabinga keng va chuqurroq sindirishga yordam beradi. Bu bezaklarda rassomlar sahnaning yoritilishi va ranglarga alohida e’tibor qaratadilar. Spektakl bezaklari unga ifodalangan voqea sodir bo’layotgan joy, davr, muhit tug’risida tomoshabin tasavvurlarini boyitadi, voqealarni idrok etishni osonlashtiradi va faollashtiradi.
Haykaltaroshlik ham huddi rang tasvit kabi hayotiy voqea va hodisalarni turli uslub va tasvirlash texnikasi hamda materialaar yordamida ifodalaydi. Haykal taroshlikda tosh metal,gips, yog’och, vosk (mum), sim kabi materiallar keng qo’llaniladi. Haykal tartoshlik asarlari kesish, yopishtirish, ulash va o’yish, quyish orqali bajariladi. Haykallarning asosan ikki turi mavjud bo’lib, ularning birinchisi to’liq yumaloq haykallar, ikkinchisi esa relefli- bo’rtma haykallardir. Yumaloq haykallarni har tomondan ko’rish mumkin bo’lsa, relefli haykallarni faqat bir tomondan, ya’ni oldindan ko’rish kerak bo’ladi.
Grafika “grafika ”- lotincha so’z bo’lib “yozaman, chizaman ” degan ma’noni bildiradi va tasviriy san’atning turlariidan biri hisoblanadi. Grafikaning turlaridan biri gravyuradir.”gravyura” fransuzcha so’z bo’lib kesish ma’nosini bildiradi. Bunda rasmlar qattiq materiallarda chizish va keshish orqali bajariladi. Bu rasmlar qattiq materiallarga chizish va kesish orqali bajariladi.Bu rasmlar avvalo metal, yog’och, linoleum, tosh kabi materiallarda ishlanib,keyin undan qog’ozga ko’p tirajda ko’chiriladi. Metallda tayyorlanadigan gravyurani ofort, yog’ochdagisini ksilografiya, linoliumdagisini linogravyura, tosh orqali tayyorlanadiganini esa litografiya deb yuritaladi. Grafika asarlarining qo’llanish sohalari nihoyatda kengdir. Xususan, estampo, kitob illyustrasiyalari plakat, pochta markalri, gazata-jurnal bezaklari karikaturalar, (hajviy rasmlar ) etiketka va o’rama (upakovka)lar, teat va kino afishalari, yo’l va tavar belgilari, tashkilot va muassasalarning ish blankalari shular jumlasidandir.
Grafikaning uziga xos xususiyatlaridan yana biri bu – uning katta o’lchamda bo’lmasligi va bo’yoqlar sonining chegaralanganligi hisoblanadi. Shuning uchun ham grafika asarlarida faqat chiziq yoki to’q rangli tasvir ishtirok etadi. Ba’zan grafik tasvirlar rangli bo’ladi.
Ayrim grafik asarlari katta o’lchamda va ko’p nusxada tayyorlanadi hamda katta tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Bu plakatlardir.
Grafika san’atida estamp ham katta o’rinni egallaydi. “estamp ” fransuzcha so’z bo’lib, shtamplash so’zini bildiradi.
Estamp uchun shuni narsa xarakteliki, unga gravyura bosmadan chiqqandan so’ng rassom unga ba’zi bir tuzatishlar kiritadi va asar tagiga o’z imzosini qo’yadi.
Grafika texnikasining keng tarqalgan turlardan yana biri bu illyustrasiyalardir. Qadim-qadimda tasviriy san’at kitob bezagi bilan chambarchas bog’langan holda rivoj topgan. O’rta asrlarda sharq va g’arb mamlakatlarda yaratilgan kitoblarning deyarli ko’pchiligi naqshlar va rangli rasmlar bilan bezatilgan. Bu rasmlarda kitob mazmumi o’z aksini topar edi. Keyinchalik, kitob bosish dastgohlari ixtiro qilinganidan so’ng, ellyustrasilari kitoblarda yanada katta o’rin egallay boshladi. Illyustrasiyaning ahamiyati shundaki, birinchidan u kitobni bezakli chiroyli va yoqimli bo’lishiga yordam beradi, ikkinchidan adabiy obrazlar – timsollarni aniq va jonli bo’lishiga, o’quvchining yodida yaxshi saqlanib qolishiga xizmat qiladi.
Rassom bror bir adabiy asarga illyustrasiya ishlashga kirishishdan avval, mazkur asarni yaxshilab o’rganib chiqishi bilan bir qatorda, asardagi voqea sodir bo’layotgan davrga doir materiallarni ham to’plashi o’sha davr odamlarining madaniyati va turmushuni, mamlakat tabiatini bilib olishini kerak bo’ladi.
Karikatura ham grafikaning bir turi hisoblanadi. Unda hayotdagi ayrim salbiy hodisa va ko’rinishlar, shaxslar hajviy yoki hazil tarzda rasmlar orqali tanqidiy tasvirlanadi.
Grafikaning reklama, afisha, etiketka, o’rama kabi turlari ham keng tarqalgan. Gazeta, jurnal grafikasi shriftlar bilan bog’liq bo’lib amaliyotda keng qo’llaniladi.
|