• O’tish usuli
  • Darsning borishi
  • Mavzu: Rangtavirda natyurmort chizish bosqichlari. Natyurmort ishlash. Darsning maqsadi: Ta’limiy




    Download 1.08 Mb.
    bet1/2
    Sana06.11.2023
    Hajmi1.08 Mb.
    #94890
      1   2
    Bog'liq
    7-sinf Tasviriy san\'at Rangtasvirda natyurmort chizish bosqichlari Natyurmort ishlash
    тест банки 5-11 синф 1- чорак(2)(1)

    Sana._________ Sinf.___________
    Mavzu: Rangtavirda natyurmort chizish bosqichlari. Natyurmort ishlash.
    Darsning maqsadi:
    Ta’limiy: O'quvchilami natyurmort chizish, qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini o'stirish.
    Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish.
    Rivojlantiruvchi: Bilish faolliklarini takomillashtirish , emotsionai-estetik sezgirligini rivojlantirish .
    O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik.
    Dars jihozi: Mevalar natyurmorti aks ettirilgan rassomlar asarlarining reproduktsiyalari, slaydlar, rasmlar.
    FK-1:mavzu yuzasidan bilimlarni boyitish,uslublarni o’rganadi. .
    FK-2: mavzuga oid tayanch tushunchalarni tahlil qiladi,ajrata oladi.
    TK-3:mavzu yuzasidan o’z ustida ishlaydi.
    TK-5:axborotlar bilan ishlash.
    TK-6: aniq o’lchamlarni ola biladi.
    Darsning borishi:
    I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashi 2. Davomatni aniqlash.
    3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
    II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish.
    III. Yangi mavzu bayoni. Natyurmort haqida tushuncha beriladi, rassomlaming asarlari yordamida suhbat uyushtiriladi. Natyurmort ("jonsiz tabiat") ma’nosini anglatadi. Natyurmortda insoniyat hayoitida ishlatiladigan meva va sabzavotlar, gullar, turmushda qo'llaniladigan turli asbob-uskunalardan foydalanilishi ham qayd qilinadi. Natyurmort janrida ijod qilgan rassomlardan Rahim Ahmedov, Laylo Salimjonova, G'. Abdiraxmonov, Yu. Yelizarovlar haqida qisqacha to'xtalib o'tiladi. Kuzda qanday mevalar, poliz ekinlari va sabzovotlar pishib yetiladi. Kuzda anor, uzum, olma, behi kabi mevalar, poliz ekinlaridan -qovun, tarvuz, qovoq, sabzovotlardan - kartoshka, piyoz, turp, sholg'om, karam, sabzi pishib yetiladi.O’zbekiston o’zining olmazor , shaftolizor, uzumzorlari bilan juda mashhur. Bu yurtda mevalarning yuzlab navlari yetishtiriladi. Uzumning ‘Husayni’, “Charos kishmish”, “Rizamat ota”, kabi navlari juda ko’p. Ularning boshining katta – kichikligiga, donasining mayda-yirikligi, ta’mining shirin va nordonligiga va rangi bilan bir-biridan farqlanadi. Uzumlarning och yashil, to’q yashil, sariq, qora, och binagsha, qizil qora navlari ham bor. Shaftolilar ham tukli- tuksiz, oq, qizil-sariq, anor ranglari bilan bir- biridan farq qiladi. Biror mavzudagi natyurmort asarini yaratishda ijodkorning ko’z o’ngida bo’lajak natyurmort yaxlitligicha gavdalanadi. Va unga mos narsalar tanlab e’tibor bilan joylashtirish haqida fikr yuritiladi. Xomaki eskizlar chizadi. Va shu eskizlar asosida kompozitsiya tuziladi. Natyurmort mazmunli bo’lishi uchun kichikroq narsalar oldinda, yiriklari orqa ko’rinishda tasvirlanadi. Natyurmort ufq chizig’idan pastroqda joylashadi. Shunda narsalarning fazoviy holati va tekisligi yaxshi ko’rinadi. Natyurmort sinchklab kuzatiladi. Natyurmort kompozitsiyasini qog’ozga to’g’ri joylashtirish maqsadida qog’ozdan yasalgan maxsus asbob videoiskateldan foydalanish yaxshi natija beradi. Akvarel bo’yog’i bilan ishlashni boshlash tasvirning oppoq joyini belgilashdan boshlab qolgan hammasi suyuq bo’yoq eritmasi bilan qoplab chiqiladi. Soyalarni birdan qoraytirib yubormasdan, asta-sekinlik bilan bir qatalam qurigach ikkinchisini surtish kerak. Oxirgi bosqichda ingichka mo’yqalam bilan bo’laklarini ishlab chiqish, narsalarning asoslari yonidan soyalarini biroz to’qlashtirib, natyurmortning yaxlit va hamohang ko’rinishiga erishiladi.O'qituvchi darslikda berilgan rasmlar va savollar asosida o'quvchi­lami darsda bajariladigan ish mazmuni bilan tanishtiradi. a) Darslikda berilgan anor, olma rasmini ishlash bosqichlari ko'rsa-tiladi. Anor yoki olmaga qarab, uning rasmini ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi
    b)Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar avval darslikda ko'rsatilgan bosqich asosida mevalar rasmini ishlaydilar.




    So'ngra bolalar o'qituvchi tomonidan sinfga o'rnatilgan natyurmort rasmini ishlashga kirishadilar. III.Amaliy ish: Uzum va shaftoli natyurmort ishlash. IV. Darsni mustahkamlash. 1. Natyurmort nima? 2. Kuzda qanday mevalar, poliz ekinlari va sabzovotlar pishib yetiladi 3. Mevalarga nimalar kiradi. 4. Sabzavotlarga nimalar kiradi. 6. Natyurmort janrida nimalar tasvirlanadi V. Uyga vazifa: Mavzuga oid tasvirlar ishlash va sinf ishlarini yakunlash..

    Download 1.08 Mb.
      1   2




    Download 1.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Rangtavirda natyurmort chizish bosqichlari. Natyurmort ishlash. Darsning maqsadi: Ta’limiy

    Download 1.08 Mb.