• Форум (Forum)
  • Forum
  • Внешний инструмент (Tashqi uskuna)




    Download 1,58 Mb.
    bet49/58
    Sana24.06.2021
    Hajmi1,58 Mb.
    #15172
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
    Внешний инструмент (Tashqi uskuna) – elementi boshqa web-saytlarda joylashgan ta’lim resurslari va faol namunaviy elementlarni kursga bog`lash imkonini yaratadi. Masalan, tashqi uskuna kursga tegishli bo`lgan yangi ma’lumot yoki ilova bo`lishi mumkin. Tashqi uskuna elementi Гиперссылка resursidan quyidagi xarakterlar bilan farqlanadi:

    • Tashqi uskuna uzoqda joylashgan resursni o`z resursi kabi namoyon etadi;

    • Tashqi ilovalarni o`qish, yangilash hamda o`chirish natijasida baholarga ega bo`linadi;

    • Mazkur tizim bilan tashqi ilova o`rtasida o`zaro aloqa o`rnatilib, ularning bir-biriga ishonchli deb topilgandagina bog`lanish paydo bo`ladi.

    Forum)'> Форум (Forum) – elementi uzoq vaqt davomida foydalanuvchilar o`rtasida muloqotni tashkil etadi. Forum modulini chat modulidan farqi bo`lib, chat aniq bir vaqt mobaynida qisqa xabarlar orqali muloqot tashkil etish uchun xizmat qiladi. Forum esa chatga qaraganda kengroq tushuncha bo`lib, aniq bir masala bo`yicha uzoq vaqt davomida foydalanuvchilar o`rtasida muzokara olib borish imkonini yaratadi. Muzokara mobaynida foydalanuvchilar matnli va grafikli ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin. Forum yangiliklariga a’zo bo`lgan foydalanuvchilar forum yangiliklari haqida doimiy xabardor bo`lib turadi. Forum xabarlari professor-o`qituvchilari hamda talabalar tomonidan ham baholanishi mumkin. Natijaviy baholar jurnaliga yozilishida ikkala guruh a’zolari bergan baholari birlashtiriladi. Forum elementidan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:

    • Talabalar bir-birlari bilan yaqindan tanishish uchun ochiq muloqot interfeysi sifatida;

    • Kurs e’lonlaridan (yangiliklar forumiga a’zo bo`lganlar uchun) xabardor bo`lish uchun;

    • Kurs mundarijasi yoki kurs ma’lumotlarini muhokama qilish uchun;

    • Shaxsiy uchrashuvlarda tashkil etilgan muloqotni davom ettirish uchun;

    • Professor-o`qituvchilar hamkorlik muhitini tashkil etish uchun (yashirin forum shaklida);

    • Maslahat markazi uchun (professor-o`qituvchilar va talabalar uchun);

    • “Jumboq”, “Aqliy hujum” kabi mavzular doirasida muhokama-munozara olib borish maqsadida.


    Download 1,58 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




    Download 1,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Внешний инструмент (Tashqi uskuna)

    Download 1,58 Mb.