Buxoro davlat universiteti




Download 1,58 Mb.
bet46/58
Sana24.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#15172
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Анкета (So`rovnoma) – elementining uch turdagi anketalari masofaviy ta’lim kurslarini baholash va rag`batlantirish uchun xizmat qiladi. Professor-o`qituvchilar anketa moduli yordamida o`z talabalarini yaqindan bilishga yordam beruvchi ma’lumotlarga ega bo`ladilar. Shuningdek, dars samaradorligini oshirishga yordam beruvchi talabalar fikrlariga ham ega bo`lishlari mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu modul savollari oldindan ishlab chiqilgan bo`lib, ularni o`zgartirib bo`lmaydi. Talabalar uchun maxsus anketa taqdim etishda teskari aloqa xizmatidan foydalanish mumkin.(1-rasm)

Файл (Fayl) – moduli professor-o`qituvchilarga fayllarni kurs resursi sifatida foydalanishga imkon yaratadi. Yuklangan fayllar kurs tarkibida ko`rinadi. Talabalar esa yuklangan fayllarni ko`chirib olish imkoniga ega bo`ladilar. Файл moduli tarkibiga HTML, flash yoki grafik fayllarni ham biriktirish mumkin. Yuklangan fayllarni ochish uchun talabalar kompyuterida fayllarga mos dasturiy ta’minot bo`lishligi zarur ekanligiga e’tibor berish zarur. Файл modulidan quyidagi holatlarda foydalanish tavsiya etiladi:



Talabalar mazkur loyihalarni tahrirlab va taqdim etish orqali baho olishlari kerak.

Чат (Chat) – elementi kurs ishtirokchilari o`rtasida o`zaro yozma muloqot qilish imkonini yaratadi. Kursga kirish imkoni bo`lgan foydalanuvchilar chat modulidan ham faol foydalanishlari mumkin. Chat modulini yaratishda chatning ishlash vaqtini ko`rsatish zarur. Chat faol bo`ladigan vaqtlar oldindan belgilanadi. Masalan: bir marta, har kuni belgilangan vaqtda hamda har hafta belgilangan vaqtda. Chat faollashish vaqti hamda undagi xabarlar bilan bog`liq sozlash ishlarini professor-o’qituvchi chatni yaratish vaqtida belgilaydi. Chat modulidan kurs ishtirokchilari bir-birlari bilan ko`rishishning imkoniyatga ega bo’lmaganlarida, ammo muloqot qilish zarur bo’lganda foydalanish tavsiya etiladi. Chat modulidan quyidagi holatlar yuz berganda foydalanish mumkin:



  • Turli joyda yashovchi bir kurs ishtirokchilari bir-birlari bilan axborot almashish maqsadida;

  • Talaba o`qituvchining yoniga muayyan mavzu yuzasidan suhbat uchun boriga imkon topa olmaganda yoki vaqtni tejash uchun;

  • Talabalar erishgan yutuqlarini boshqa talabalar va o`qituvchilar bilan muhokama qilish zarur bo`lganda;

  • Talabalardan mavzuga tayyorgarlik ko`rish uchun yordam olish maqsadida.


Download 1,58 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Download 1,58 Mb.