I BOB. Kasb-hunar kollejlari uchun “Shaxsiy kompyuterlar va ofis texnik xizmat ko'rsatish” fanidan LMS Moodleda elektron kurs yaratish texnologiyasi 1.1. Shaxsiy kompyuterlar va ofis jihozlariga texnik xizmat ko'rsatish fani mavzulari tasnifi.
“SHAXSIY KOMPYUTER VA OFIS QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH” FANI UCHUN
ISHCHI O’QUV DASTURI
“Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish” fani ishchi dasturi 2013 yil 20 dekabrdagi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 484-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan, 3521903-raqam bilan ro`yxatga olingan namunaviy o`quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tayorlov yo`nalishi: 3521900-Axborot tizimlari va texnologiyalari
Kasbi: 3521903-Kompyuter va kompyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi
” Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish” fanining maqsad va vazifalari, o’zlashtirish natijasi
Ushbu fan o’zida shaxsiy kompyuter va ofis qurilmariga xizmat ko’rsatish, SH.K. qismlarini almashtirish va ta’mirlashning kasbiy bilimlarini mujassam etganligi bilan muhim va aktualdir. Bunda shaxsiy kompyuter va ofis qurilmari vazifasining asosiy prinsiplari alohida yoritilgan. Qurilmalarni modernizatsiya yoki almashtirishda nafaqat ularga xizmat ko’rsatish, balki yangi qurilmalarnio’rnatish prinsipi ham tushuntiriladi. O’quvchilar uchun ushbu fanning o’qitilishini yakuni sifatida shaxsiy kompyuter qismlarini yig’ish, modernizatsiya qilish, qismlarni almashtirish ko’nikmalari, shu bilan birga turli ofis qurilmalarini o’rnatish va sozlash ko’nikmalarini egallash hisoblanadi.
Fanning maqsadi: Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish- Ushbu fan kompyuterning tashkil etuvchilarini va ularga umumiy texnik ko’rsatishni, SHK qo’llanilishiga qarab uning komponentlarini tanlashni o’rganadi. SHK dan tashqari ushbu fan turli xildagi ofis qurilmalarini, ularni o’rnatishni, sozlashni hamda ularga texnik xizmat ko’rsatishni o’rganadi. Ushbu fanda SHK vazifasi va SHK tashkil etuvchilarini asosiy prinsiplari bayon etilgan, shuningdek, eski qurilmalarni almashtirish yoki shikastlanganlarini qayta tiklash usullari ko’rsatib o’tilgan. Turli xildagi ofis jihozlari, printer, KFQ, laminatorlar, shrederlar, plotterlar, shuningdek xavfsizlik sistemasi elementlari ko’rib chiqilgan. SHK ni yig’ish asoslari, eski va zamonaviy kompyuterlarni modernizatsiya qilish, turli printer va KFQ larning ulanishi ko’rsatib o’tilgan. Buyurtma-tahlil, narx/sifat/unumdorlik prinsiplari bo’yicha SHK tashkil etuvchilarining tanlash prinsiplari tushuntirilgan. Oxirgi bir necha yillar kompyuter bozorida paydo bo’lgan yangi texnologiyalar , ularning vazifa prinsiplari , o’rnatish va nosozliklarning asosiy muammolari, shuningdek ushbu qurilmalarning ta’mirlanishi ko’zda tutilgan. Texnik xizmat ko’rsatish dasturiy xizmat ko’rsatish majmuasi bilan beriladi.
|