II. FIZIKA DARSLARIDA METEOROLOGIK KATTALIKLAR VA OMILLARNI O’RGANISH




Download 0,96 Mb.
bet15/29
Sana01.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#15314
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
II. FIZIKA DARSLARIDA METEOROLOGIK KATTALIKLAR VA OMILLARNI O’RGANISH.
2.1Tuproq temperaturasi va uni o’lchash

Tuproq yuzasi va uning pastki qatlamlarining temperaturasini aniqlab borish qishloq xo’jaligida muhim rol o’ynaydi. Bahorda tuproq temperaturasi ma’lum darajaga yetgandagina urug’ ekila boshlaydi. Masalan, tuproqning 5-10 sm qatlamidagi o’rtacha sutkalik temperatura 10° dan oshganda chigit erga qadaladi, 6° ga borganda makkajo’xori urug’i ekiladi. Undan oldin ekilganda urug’ unib chiqmaydi. Bundan tashqari tuproq temperaturasiga qarab o’simliklarning vegetatsiya davrining boshlanishi va tugallanishini bilish mumkin. Shuning uchun qishloq maktablarida tuproq yuzasi va ichki qatlamlarining temperaturasi doimo kuzatib borilishi lozim.

Tuproq temperaturasi tuproq yuzasi va uning pastki qatlamlarining issiqlik holatini xarakterlovchi meteorologik elementdir. Quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning ko’pchilik qismi tuproq yuzasida yutiladi, natijada tuproq isiydi va issiqlik tuproqning pastki qatlamlariga o’ta boshlaydi. Bunda tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi asosiy rol o’ynaydi. Turli tipdagi tuproq har hil issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Issiqlik tuproqning bir qatlamidan ikkinchi qatlamiga o’tishida tuproqning tarkibidagi suv va havo ham muhim rol o’ynaydi.

Sutka va yil davomida temperatura, asosan, tuproqning yuza qatlamida o’zgaradi. Eng yuqori temperatura tezda kunduz soat 1400 da, eng past temperatura esa quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi. Toshkent shahri chekkasida joylashgan Bo’zsuv agrometeorologik stantsiyasidan olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, iyul oyida tuproq yuzasida temperaturaning bir sutka davomida o’zgarishi 50° gacha, 10 sm chuqurlikda 8-9°gacha, 20 sm chuqurlikda esa 2-3° bo’ladi, xolos. 100 sm chuqurlikda tuproqning sutkalik temperaturasida deyarli o’zgarish bo’lmaydi. O’zgarish fasllarning almashinishi bilan bo’lishi mumkin. Toshkent oblastining tog’li rayonida joylashgan Suyuqok; qishlog’idagi chotkol tor meliorativ tajriba stantsiyasida, to’q; tusli bo’ztuproqda olib borilgan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, 13 m chuqurda tuproq temperaturasi yil davomida o’garmas ekan. Hatto fasllar almashinishi bilan ham tuproqning chuqur qatlamlaridagi temperatura o’zgarmay qoladi tuproqning isishida o’simlik va qor qoplamining roli kattadir. O’simlik qalin erda tuproq kam isiydi. Qor qoplami ostida esa tuproq muzlamaydi.

Tuproq qatlamlaridan temperaturani o’lchash uchun asosan simobli termometrlar ishlatiladi. Odatda termometrlar meteorologik stantsiyada soya tushmaydigan ochiq yuzaga o’rnatiladi. Bunda tuproq yuzasi yalang’och, ya’ni o’simliksiz bo’lishi kerak. Maydoncha bahorda 25-30 sm chuqurlikda chopib o’yiladi. Tuproq qatlamlaridagi temperatura meteorologik stantsiyalarda tuproq yuzasida va 5, 10, 20, 40, 60, 80, 120, 160, 240 va 320 sm chuqurlikda o’lchanadi. 60 sm chuqurlikkacha tuproq temperaturasi sutkada 4 marta, 80 sm va undan chuqurdagi temperatura esa bir marta soat 1300 da o’lchanadi.

Tuproq yuzasidagi temperatura muddatli, maksimal va minimal termometrlar bilan, 20 sm chuqurlikkacha bo’lgan qatlamlardagi temperatura esa egilgan simobli Savinov termometrlari bilan o’lchanadi tuproq yuzasida yotgan minimal, maksimal va muddatli termometrlar yoniga meteorologik maydonchaning shimol tomonidan kelib, termometrlarni o’rnidan qo’zg’atmagan holda hisob olinadi.





Download 0,96 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Download 0,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. FIZIKA DARSLARIDA METEOROLOGIK KATTALIKLAR VA OMILLARNI O’RGANISH

Download 0,96 Mb.