Geografik kenglik
|
Radiatsiya , kkal/sm3
|
Qish
|
Bahor
|
Yoz
|
Kuz
|
Yillik
|
410 sh.k.
|
13
|
37
|
57
|
27
|
134
|
Havo temperaturasi va uni o’lchash
Quyosh radiatsiyasi atmosferada juda kam yutiladi. Shuning uchun atmosfera quyosh radiatsiyasi ta’sirida deyarli isimaydi. Havo asosan yer betiga yaqin qismida tuproqning harorati natijasida isiydi. Kunduz kuni tuproq qanchalik qizisa, o’nga tutashib turgan havo qatlami ham shunchalik ko’proq isiydi. Isigan havo yuqo riga ko’tarilib, uning o’rnini salqin havo egallaydi. Natijada havoning yuqori qatlamlari ham asta-sekin isib boradi. Lekin umumiy qonuniyatga asosan havoning temperaturasi yuqoriga ko’tarilgan sari har 100 m da o’rta hisobda 0,6° ga pasayib boradi. ) havoning temperaturasi sutka, fasllar va yil davomida o’zgarib turadi. Sutka davomida havoning eng yuqori temperaturasi tush vaqtida kuzatilsa, eng past temperaturasi esa ertalab quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi. Sutka davomida havo temperaturasini maksimal va minimal qiymatlarining ayirmasi sutkalik temperatura amplitudasi deyiladi va u havo temperaturasining sutka davomida o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdor bo’lib hisoblanadi.
Havo temperaturasining sutkalik amplitudasi joyning geografik kengligiga, relefiga, fasllarga, bulutlilikka va tuproq yuzasining holatiga qarab har hil bo’ladi. Geografik kenglikning ortib borishi bilan havo temperaturasining sutkalik amplitudasi kamayib boradi. Yoz faslida temperaturaning sutkalik amplitudasi qishga nisbatan kattaroq bo’ladi. Masalan, Toshkentda iyul oyida temperaturaning sutkalik amplitudasi 16-17°ni tashkil etsa, yanvarda 7-9° atrofida bo’ladi.
Havoning temperaturasi meteorologik stantsiyalarda dp yuzasidan 2 m balandda selsiy hisobida o’lchanadi. Havo temperaturasini o’lchash uchun muddatli, maksimal va minimal termometrlar qo’llaniladi. Muddatli termometr o’lchov olib borilayotgan ayni vaqtdagi havo temperaturasini ko’rsatsa, maksimal termometr biror vaqt davomidagi eng yuqori temperaturani, minimal termometr esa eng past temperaturani ko’rsatadi. Muddatli va maksimal termometrlarda simob, minimal termometrda esa spirt qo’llaniladi. Chunki vatanimiz territoriyasi juda katta bo’lib, qish faslida havoning temperaturasi ayrim rayonlarda juda pasayib ketadi. Ma’lumki, simob (Hg)-39,9° da muzlaydi. Qish faslida SSSRning sharqiy rayonlarida havoning temperaturasi 68° -7°gacha pasayadi. Shuning uchun minimal termometrlarda etil spirti qo’llaniladi (bu spirt -117,3°da muzlaydi).
Havo temperaturasi o’zgarib borishini doimiy kuzatib borish uchun avtomatik asbob-termograf qo’llaniladi. Havo temperaturasini kartalarda ifodalash uchun izoterma chiziqlaridan foydalaniladi. Termometrlar odatda simob yoki spirt solingan idishcha, o’nga birlashtirilgan kapillyar naycha va shkaladan iborat bo’ladi. Shkala 0° dan yuqoriga va pastga bir necha bo’laklarga bo’lingan.
Termometrlar ishlatilishiga qarab har xil uzunlikda bo’ladi. Psixrometrik termometrlar havo temperaturasini va namligini o’lchash uchun qo’llaniladi. Bu termometr simobli bo’lib, uzunligi 39-43 sm, simob solingan idishchaning diametri 9-12 mm bo’ladi. Shkalasi 0° dan yuqorida -50°gacha, 0° dan pasti esa -35°gacha har 0,2° aniqlikda ko’rsatadigan bo’limdan iborat. Havoning temperaturasi 38° dan past bo’ladigan rayonlarda simobli termometr yoniga spirtli termometr ham qo’yiladi. Temperatura 38° dan past bo’lganda ma’lumot faqat spirtli termometrdan olinadi.Termometr prashch simobli bo’lib, tayoqchaga o’rnatilgan va shkalasi 0,5° dan ajratilgan. Termometr uchidagi ilgakka shnur bog’langan. Ma’lumot olish uchun shnurni uchidan ushlab turib, tayoqcha aylantiriladi. Aylantirish vaqti eng kamida 2 minut bo’lishi lozim. So’ngra termometrik gavda bilan soyalab, tezlikda undan hisob olinadi. Termometr birorta narsaga tegib sinmasligi uchun uni albatta ochiq joyda aylantirish kerak. Kuzatish vaqtida termometr rezervuarini qo’l bilan ushlash mumkin emas. Termometr prashchning uzunligi 170-200 mm, shkalasi 430, 50° dan -36° gacha ajratilgan bo’ladi.
Maksimal termometr simobli bo’lib, biror vaqt ichida haavoning eng yuqori tem- peraturasini o’lchash uchun ishlatiladi. Uzunligi 350 mm, shkalasining har bir bo’limi 0,5° ga teng bo’lib, havo temperaturasining -71° dan 31° gacha o’zgarishini ko’rsatadi Maksimal termometr psixrometrii budkaga gorizontal holatda yotqizib quyiladi. Ma’lumot olib bo’lingandan so’ng termometrni qo’lga olib, 2-3 marta siltab, yana o’z joyiga qo’yib qo’yiladi. Minimal termometr biror vaqt ichida eng past temperaturani o’lchash uchun qo’llaniladi. Bu termometr spirtli bo’lib, kapillyar naycha ichida qopa rangli shtif (shisha cho’p) bo’ladi. Minimal termometr ham psixrometrik budka ichiga yotqizilib, gorizontal holda qo’yiladi. Hisob olinayotganda qo’l bilan tegilmaydi va hisob shtifning yuqori uchi to’g’ri kelgan shkala qismidan olinadi. Termometrning uzunligi 300 mm, shkalasi -21° dan -71° gacha bo’ladi. Hisob olib bo’linganidan so’ng termometrnii qo’lga olib shtifni pastga tushirib yuboriladi va termometrii o’z joyiga qo’yiladi. Havo temperaturasini o’lchagan vaqtda har bir termometrning ko’rsatgan ma’lumotlari o’quvchilar tomonidan kuzatish (kundalik) daftarining tegishli grafasiga yozib boriladi. Agar termometr 0° dan past temperaturani ko’rsatsa, kuzatilgan raqam oldiga -(minus) belgisi, termometr yoki undan yuqori miqdorni ko’rsatsa, hech qanday belgi quyilmaydi, lekin plyus deb tushunilaveradi. Bordiyu, maksimal termometrning simobi yoki minimal termometrning spirti shkala chegarasidan o’tib ketsa, uni hisoblab o’tirilmaydi, balki kuzatish daftariga shkalaning so’nggi chegarasini qayd qilinib, ko’p yoki kam belgisi qo’yiladi. Temperatura pasayib borib simobning muzlash darajasiga yaqinlashsa, simobli termometr bino ichiga kiritilishi lozim.
Termograf havo temperaturasini uzluksiz ravishda lentaga yozib berish uchun qo’llaniladigan asbob. Termografni qabul qiluvchi qismi egilgan bimetall 2 ta plastinkadan iborat bo’lib, plastinkalar temir yoki misdan qilingan. Plastinkaning bir tomoni mustahkamlangan, ikkinchi uchi esa maxsus richaglar orqali strelkaga ulangan. Strelka uchiga maxsus pero o’rnatilgan vanilin siyohi bilan to’ldirilgan.
Temperaturaning o’zgarishi bilan plastinka kengayib strelkani harakatga keltiradi va strelkaning uchidagi pero aylanib turuvchi barabandagi lentaga egri chiziqlar tushira boshlaydi. Baraban maxsus soat mexanizmi yordamida aylanadi. Barabanning aylanish vaqtiga qarab termograf haftalik va sutkalik bo’ladi. Sutkalik termografda barabandagi lentaning vaqtni ko’rsatuvchi vertikal shkalasi har 15 minutdan bo’lingan bo’ladi. Haftalik termografda barabanning shkalasi 2 soatdan bo’lingan. Termograf lentasining gorizontal shkalasidagi har bir bo’lak 1° ga teng. Sutkalik termografda lenta har sutkada, haftalik termografda esa har haftaning dushanba kunlari almashti riladi. Lentada qayd qilingan ma’lumotlar ob-havo byurosida ishlab chiqib umumlashtiriladi.
Xulosa
Ushbu bobda fizika ta’limi mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishga doir adabiyotlar, olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar tahlil qilindi, hamda fizika ta’limida meteorologiya elementlaridan foydalanish imkoniyatlari aniqlandi. KHKlari fizika fani dasturidagi mavzularga mos keluvchi agrometrologik mavzular aniqlandi. O’tiladigan fizika fani dasturidagi mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika asoslari, optika bo’limlaridag imavzularni o’tishda meteorologiyaga oid ma’lumotlardan keng foydalanish imkoniyatlari aniqlandi. Har bir mavzuga mos meteorologiyaga oid mavzular keltirib o’tildi. O’qituvchi, fizika ta’limi darslarida meteorologiyaga oid ma’lumotlardan foydalanishi natijasida o’quvchilarda fizikaviy qonunlar, fizikaviy dalillar, fizikaviy tushunchalarning texnikaviy misollar asosida tushunish imkoniyati hosil bo’ladi. Ushbu ma’lumotlardan fizika darslarida foydalanish natijasida o’quvchilarga fizika qonuniyatlarini texnikaning muhim tarmog’i bo’lgan metrlogik misollar asosida tushuntirish mumkin. KHKlarida fizika ta’limida metrologiya elementlaridan foydalanilsa, dars samaradorligi oshishi mumkinligi nazariy yo’l bilan asoslab berildi.
|