Buxoro davlat universiteti




Download 0,96 Mb.
bet22/29
Sana01.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#15314
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
2.3.1-rasm. Sinoptik karta
yuqori va chap tomonida havoning temperaturasi (8° sovuq) va undan pastda ginning turi (yulduzchalar bilan qor) ko’rsatilgan. Yulduzchalar tagidagi 0,6 raqami 600 m uzoqlikdagi predmetlarning yaxshi ko’rinishini ko’rsatadi. 0,15 raqami esa mm hisobidagi (qisqartirilgan) havo bosimini ko’rsatadi. Bu sxemada havo bosimi 1001,5 mm ga teng.

Sinoptik kartalarda bir xil bosimga ega bo’lgan nuqtalar birlashtirilib, izobara shaklida ko’rsatiladi. Izobaralar odatda har 5 mm dan o’tkaziladi. Bu chiziqlar sinoptik kartalarda siklon va antisiklonlarni topishga yordam beradi. Kartada siklonning markazi N, antisiklonniki esa V harfi bilan belgilanadi. Bundan tashqari havo massalarining chegaralari frontlar aniq ko’rsatiladi. Bunda iliq front qoraga bo’yalgan yarim sharlar bilan, salqin front esa uchburchak bilan ko’rsatiladi.

Sinoptik kartalar meteorologik stantsiyalardan olingan ma’lumotlar asosida gidrometeorologiya markazlarida tuziladi. Bu kartalar boshqa materiallar bilan birgalikda ob-havo prognozini tuzishda foydalaniladi. Radioda, televideniyada va gazetalarda beriladigan ob-havo ma’lumotlari ham sinoptik kartalar yordamida olinadi. Bulardan tashqari «Izvestiya» gazetasida SSSR territoriyasi uchun, ba’zan esa Yer shari bo’yicha ma’lum bir vaqt ob-havosi uchun sinoptik kartalar sxemasi beriladi. Bu karta sxemada SSSR territoriyasida, sharida havo massalarining harakati va yo’nalishi, past va yuqori bosimli oblastlar, siklon va antisiklonlar, yog’inlar va ularning turlari maxsus shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Maktab o’quvchilari gazetadagi karta-sxemani shartli belgilar asosida tahlil qilib, o’zlari yashab turgan territoriyaning bo’lajak ob-havosi to’g’risida ham ma’lumot to’plab borishlari mumkin. Bunda o’qituvchilar o’quvchilarga si­noptik kartani o’rganishda va tahlil qilishda rahbarlik qilishlari lozim.


Download 0,96 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Download 0,96 Mb.