2.2.2-rasm. Tretyakov yog’in o’lchagich (a) va yog’in o’lchagich stakani (b).
Qolaversa ekinlardan mo’l hosil olish, chorva mollari uchun em xashak etishtirish asosan atmosfera yog’inlariga borliq. Maktabda yog’inlar kuzatilganda, yog’inning turlari va harakteri, boshlangan vaqti, davom etgan muddati, tomchilarning kattaligi, qorning qalinligi alohida yozib boriladi.
Meterologik stantsiyalarda yog’inlar kuzatib va o’lchab boriladi. Bunda qor, yomg’ir va do’lning yog’gan vaqti, miqdori belgilansa, shudring va qirovning yer yuzasiga tushgan va bug’lanib ketgan vaqti qayd qilinadi. Yomg’ir miqdori mm bilan, qorning qalinligi esa sm bilan o’lchanadi. Yomg’ir Tretyakov yog’in o’lchagichi, yomg’ir o’lchagich yordamida o’lchanadi.
Tretyakov yog’in o’lchagichi ikkita chelakdan va o’lchash stakanidan iborat bo’ladi. Chelaklar silindr shaklida, diametri 159,9 mm, hajmi 200 sm3,
balandligi 40 sm ga teng.Yog’in o’lchagichning yog’in o’lchash stakani ; 100 bo’lakli shkalaga bo’lingan bo’ladi. Bunda har qaysi bo’lak 2 sm2 ga yoki 0,1 mm ga teng. Yog’in o’lchagichning chelagida yig’ilgan bir yog’in miqdori shu stakanga quyib aniqlanadi. Yog’in o’lchagich ustunga yoki yog’och uchoyoqda o’rnatiladi. Ustunga o’rnatilgan yog’in o’lchagichning umumiy balandligi 12 m ga teng bo’lishi kerak. Yog’in miqdori sutkada 2 marta, ertalab soat 7 va kechqurun soat 19 da o’lchanadi.
Yomg’ir o’lchagich yomg’irni o’lchash uchun ishlatiladigan o’lchov asbobi bo’lib, 0 ta chelak va o’lchov stakanidan iborat .Chelak silindir shaklida bo’lib, yuzasi 500 sm3, diametri esa 252,2 mm dir. Yomg’ir o’lchagich stakani 100 bo’lakka bo’lingan bo’lib, har bir bo’lak 2 sm3 yoki 0,1 mm ga teng. Yomg’ir o’lchagichning balandligi 2 m bo’ lishi kerak. Yomg’ir yig’ilgan chelakni olish uchun maxsus narvoncha bilan chiqiladi.
Meteorologik stantsiyalarda yog’inning yoqqan vaqti va miqdorini avtomatik yozib borish uchun plyuviograf qo’llaniladi. Bunda aylanuvchi barabanga lenta o’ralgan bo’lib, yog’ayotgan yog’in silindrik chelakka tushishi bilan mahsus pero lentaga chiziq tushira boshlaydi. Lentadagi ma’lumot ob-havo byurolarida hisoblab chiqiladi. Atmosfera yog’inlari haqidagi ma’lumotlarni kartada ifodalash uchun izogietalardalarda foydalaniladi.
Qor qoplami va uni o’lchash
Qish faslida yoqqan qor qoplami qalin va yupqa bo’lishi mumkin. Qor qoplami tabiatda va xalk xo’jaligida katta rol o’ynaydi. U issiqlikni yaxshi o’tkazmaganligi uchun qish faslida tuproqni qattiq sovib ketishdan, kuzgi ekinlarni muzlab qolishdan saqlaydi. Erta ko’klamda qor erib, tuproqda singadi va o’simliklar uchun zarur bo’lgan suv zapasini oshiradi. Qor qoplamining qalinligi va uning yer yuzida yotish vaqti hamma joyda bir xilda bo’lmaydi. O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda qor qoplami ko’pincha yupqa bo’lib, tezda erib ketadi. Baland tog’larda esa temperaturaning past bo’lishi natijasida qop qoplami yil davomida kuzatiladi. Qor qoplamining yil davomida erimaydigan balandligi geografik kenglikka va relefga bog’liqdir. Pomir tog’larida doimiy qop chizig’i 5000 m, Kavkazda 3000-3800 m, qutb oblastlarida esa 100-300 m balandlikka to’g’ri keladi. Doimiy qor qoplami mavjud bo’lgan yerlarda qorning zichligi oshib borib, (chala muz) ga aylanadi. Natijada vaqt o’tishi bilan muzliklar hosil bo’ladi. Bu muzliklar esa yoz faslida daryolarning suv bilan tuyinishida asosiy rol o’ynaydi. Shuning uchun muzliklar doimiy ravishda kuzatilib va o’rganilib boriladi. Bunda eng avvalo qor qoplami o’lchab boriladi. Qor qoplamining qalinligi maxsus qor o’lchagich reykalar yordamida o’lchanadi. Qor o’lchagich reykalar ko’zda qor yog’ishidan oldin meteorologik stantsiyalarda yerga qoqilgan qoziqqa mustaxkamlanib qo’yiladi. Odatda reykaning uzunligi 2 m dan ortiq bo’lib, eni 6 sm, qalinligi 2,5 sm bo’lib, u santimetrlarga bo’lib qo’yiladi. Ayni vaqtda qor qachon va qancha vaqt davomida yoqqanligi ham belgilab boriladi. Bundan tashqari qorning zichligi ham mahsus tarozilarda tortish bilan aniqlanadi. Qor qoplamini o’lchash va o’rganish suv zapasini oldindan aniqashda muhim ahamiyatga ega.
|