• Maktab meteorologik maydonchasini tashkil etish
  • 2.3.2-jadval. Kundalik jurnal sexmasi
  • 2.3.3- jadval
  • 2.3.4-jadval.
  • Ob-havoni oldindan aytib berish




    Download 0,96 Mb.
    bet23/29
    Sana01.07.2021
    Hajmi0,96 Mb.
    #15314
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
    Ob-havoni oldindan aytib berish

    Hozirgi vaqtda fan va texnikaning muttasil taraqqiyoti va ularda erishilgan yutuqlar ob-havoni oldindan aytib berishga imkoniyatlar yaratmoqda. Ob-havo prognozi qisqa va uzoq muddatlar uchun beriladi. Sinoptik kartalarni analiz qilish ob-havo prognozining asosi bo’lib hisoblanadi. Yertaga bo’ladigan ob-havoni aytib berish uchun mutahassislar tomonidan tuzilgan kartalarning eng ohirgisini olib, boshqa vaqt uchun tuzilgani bilan solishtirib ko’riladi. Bunda ob-havoning har bir rayonda qanday o’zgarayotganini, iliq va salqin havo massalari, siklon va antisiklonlar qaysi tomonga va qanday tezlik bilan siljiyotganini bilib olinadi. Natijada shu havo massalari o’tadigan territoriyada ob-havo qanday bo’lishini oldindan aytib berish mumkin. Lekin havo massalarining yo’nalishi va tezligi o’zgarib qolishi mumkin. Shuning uchun joyning mahalliy sharoitini, ayniqsa relefini hisobga olish zarur. Chunki havo massalari tog’li rayonlardan o’tganda sekinroq siljiydi. Ayniqsa, o’rta osiyo tog’lari havo massalari harakatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ob-havoni oldindan aytib berish uchun sinoptiklar elektron hisoblash mashinalari yordamida ma’lumotlarni va hisoblash natijalarini tahlil qiladilar. Bunda atmosferaning pastki qatlamlaridagi ob-havo holatini ko’rsatuvchi materiallardan tashqari yuqori qatlamlardagi jarayonlarni ham ko’rsatuvchi kartalar bo’ladi. Bu kartalarni analiz qilib, mutaxassis sinoptiklar kelgusida ob-havoning qanday bo’lishini oldindan aytib berishga kirishadilar.

    Ob-havo prognozlari odatda katta territoriya uchun beriladi. Shuning uchun ham ularda kichik rayonlardagi mahalliy sharoitlar e’tiborga olinmaydi, lekin mahalliy belgilariga qarab, ob-havo prognozlarini kichik territoriya uchun ham aniqlash mumkin. Buning uchun ob-havoning ko’p yillar mobaynida to’plangan mahalliy belgilaridan foydalaniladi.

    Ob-havoning ochiq bo’lish belgilari.

    Atmosfera bosimi baland bo’lib, yanada ortib boradi. Pastvam erlarda, suv havzalari va botqoqliklar ustida kechasi va erta tongda tuman tushib, quyosh chiqishi bilan tarqalib ketadi. Kechasi tinch, erta tongda engil shabada esadi. Shamol kunduzi kuchayib, kechqurun to’xtaydi. Kunduzi issiq bo’lib kechasi salqin bo’ladi, sutkalik temperatura amplitudasi katta bo’ladi. Kechasi darahtzorlarda temperatura ochiq erga nisbatan iliqroq, kunduzi esa salqinroq bo’ladi. Kechasi temperatura tepalikda vodiyga nisbatan iliq bo’ladi. Erta bilan osmonda to’p-to’p bulutlar paydo bo’ladi, kunduzi bulutlar quyuqlashadi va kechqurun tarqalib ketadi. Trubadan chiqayotgan tutun tikka osmonga ko’tariladi.Qushlar yer yuzidan ancha balandda uchadi,oqshom va tongda shafaq tilla rangda bo’ladi.



    Ob-havoning aynish belgilari.

    Havoning bosimi asta-sekin pasayib boradi, kechasi shudring va tuman tushmaydi. Kechga borib shamol kuchayadi. Havo temperaturasida kecha bilan kunduz orasida farq kam bo’ladi. Kechga tomon to’p-to’p bulutlar ko’payadi. Trubadan chiqqan tutun gorizontal holatda yoyiladi. Oqshom va tonggi shafaq to’q qizil rangda bo’ladi. Kechasi yulduzlar juda ham yarqirab ko’rinadi. Qushlar yer yuziga yaqin uchadi.

    Ob-havo haqida xalq o’rtasida keng tarqalgan belgi va alomatlar ham bo’lib, ular uzoq muddat davomida hayotiy tajribadan olingan. Qadimgi zamonda odamlar bo’lg’usi ob-havo haqida aql-idroklari bilan ma’lum darajada to’g’ri xulosa chiqara bilganlar.Ular atrof-muhitni kuzatib, ba’zi tabiat hodisalarining hamma vaqt ma’lum belgilangan tartibda ketma-ket ro’y berishini payqaganlar. Kuzatishlar avloddan-avlodga o’tib borib, ba’zi xulosalarni chiqarishga sabab bo’lgan. Natijada bulutlikni, atmosferadagi fizikaviy hodisalarni, hayvonlar, qushlar va hasharotlarning o’zini qanday tutayotganini kuzatish ob-havoni oldindan aytib berish belgi va alomatlarini aniqlashga yordam bergan. Shuningdek honaki va yovoyi hayvonlar hamda hasharotlar ob-havoni oldindan aytib berish belgi va alomatlarini bildiradilar.

    Havo aynishidan oldin kunduz kuni osmon beg’ubor va tinch bo’ladi, kechasi havo dim bo’lib, shabnam tushmaydi. Havoning namligi ortishi bilan idishdagi tuz ho’l bo’lib qoladi, arqon buralib ketadi, telefon simlari yanada kuchliroq ovoz chiqaradi (zing’illaydi).) Havo aynishidan oldin tovuq va chumchuqlar tuproqqa ag’anaydi. Yomg’ir boshlanishidan oldin ertalab quyosh qizaradi va jigarrang tusga kiradi,yulduzlar miltillab qoladi,yomg’ir yog’ishi arafasida hasharotlar qanoti namlanib, og’irlashib, erga tushadi. Bunday paytlarda qaldirg’ochlar juda past uchib, hasharotlar bilan ovqatlanadi. Baliq qarmoqqa yaqinlashmaydi. Agar yozda kechqurun chigirtkaning chirillashi eshitilmasa, kechasi yomg’ir yog’adi. Agar yomg’ir yog’ayotgan vaqtda havo iliq bo’lsa, yomg’ir kuchayadi. Havo ilishidan oldin o’rgimchak o’zining to’riga osilib pastga tushadi, pashshalar qattiq g’uvillay boshlaydi. Asalarilar g’ir aylanib, g’o’ng’illaydi va erta tongdayoq nektar yig’ishga uchib ketadi. Zag’chalar kechga tomon gala-gala bo’lib yig’ilishib, qattiq chirrillaydi. Qarg’alar shamolga qarshi yo’nalishda «o’ynaydi». Mushuk dumini cho’zib hona o’rtasida yotadi.

    Havo isishi oldidan qarg’alar erga qo’nadi, chumchuqlar tomga yig’ilishib, chirillashadi. Havoning sovishi oldidan mushuk va itlar g’ujanak bo’lib yotib olishadi, ho’roz qattiq qichqiradi, o’rdak va g’ozlar tez-tez suvga sho’ng’iydi. Tovuqlar ertaroq uyiga kirib oladi. Qarg’alar gala-gala bo’lib uchadi. Yozda ob-havoning yahshi bo’lishi arafasida chigirtkalar va chirildoqlar baland ovoz chiqarib chirillaydi. Chumolilar inidan chiqib, to’da-to’da bo’lib harakatga tushib qoladi. O’rgimchaklar ko’proq paydo bo’lib qolaladi. Qish faslida o’rmonda qop qoplami quyonlar tomonidan tepkilangan bo’lsa, havo ochiq bo’ladi. Agar hayvonning panja izlari ko’rinmasa, kuchli shamol bo’lib, havo ayniydi.

    Hozirgi vaqtda ob-havoning qanday bo’lishi haqida xalq o’rtasida tarqalgan og’zaki belgi va alomatlardan dehqonlar, meteorologlar, tabiatshunoslar qisman foydalanadilar. Masalan, erta ko’klamda ko’k qarg’a ko’rinishi bilan kuzda ko’milgan tok novdalari ochib qo’yiladi. Ko’kqarg’aning kelishi bahorda sovuq bo’lmasligidan dalolat beradi. Mayna uchib kelsa, bahor yaqinligidan habar beradi. Turna va so’fito’rg’aylarning erta uchib kelishi bahorning erta boshlanishidan dalolat beradi. Bahorda o’rgimchak uyalari uchib yursa, yoz issiq keladi. Qushlar inlarini oftob tomonga qursa yoz ancha salqin keladi. Agar turnalar shoshmasdan o’ynashib baland uchsa, kuz yahshi keladi. Asalarilar kuzda inini ochiq qoldirsa, qish iliq keladi. Kech kuzda ham chivin uchib yursa qish uncha sovuq bo’lmaydi.

    Agar qushlar to’da-to’da bo’lib tez uchib ketsa, chumolilar inidan ko’p tuproq chiqarib tashlasa, kuzda arilar o’z inini mum bilan berkitsa, qish qattiq keladi. Sichqon qishga ko’p ozuqa g’amlasa, qish qattiq va serqor bo’ladi. Yuqorida bayon etilgan ob-havoning belgi va alomatlari odamlarning uzoq vaqt davomida orttirgan hayotiy tajribalariga asoslangan bo’lib, hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Ob-havo prognozini imkoni boricha turli tuzish uchun doimiy ravishda mukammal kuzatish ishlari olib boriladi. Xalqaro kelishuvga binoan barcha mamlakatlardagi meteorologik stantsiyalarda ma’lum programma asosida kuzatish olib boriladi. Bu esa o’z navbatida er yuzining hamma qismidagi ob-havo to’g’risida ma’lumot olishga imkon beradi.

    Maktab meteorologik maydonchasini tashkil etish

    Meteorologik va agrometeorologik kuzatishlar olib borish maktabning amaliy hayoti va uning atrofidagi ekinzorlar uchun katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ob- havoni va o’simliklarni kuzatish ishlarini olib borishni maktab territoriyasida tashkil etib sistemali olib borish zarur. Buning uchun eng avvalo maktabga yaqin joyda meteorologik stantsiyaning maydonchasini tanlash va uni tashkil qilish lozim. Bunda meteorologik maydoncha tekis va ochiq, shamol bemalol to’siqsiz esib turadigan joydan tanlanadi. Maydonchaning kattaligi 20 m H 20 m yoki 10 m H 10 m bo’lishi mumkin. Maydonchaning shakli to’rtburchak bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Maydoncha yaqinida, ayniqsa uning ichida havoning erkin harakat qilishiga to’sqinlik qiluvchi to’siqlar, soya beruvchi darahtlar bo’lmasligi lozim. Shuningdek, maydoncha chuqur jar, soy, tog’ va tepaliklar yaqinida ham bo’lmasligi zarur. Territoriyaga chorva mollari kirmasligi va undagi asboblarni sinib qolmasligi uchun maydoncha atrofi sim to’r bilan o’raladi. Meteorologik maydonchaga o’rnatilgan O’lchov asboblarining oldiga borish uchun 40-50 sm kenglikda yo’lkachalar ham qilinadi. Maydonchaning kirish eshigi odatda, shimol tomondan qo’yiladi. Maydonchada asboblarni bir-biriga halaqit va soya bermaydigan qilib o’rnatiladi. Maydoncha hamisha toza va unda muayyan tartib bo’lishi lozim. Yoz mavsumida o’t o’simliklari 20 sm gacha qoldirilib urib olinadi. Qishda esa maydonchaga yoqqan qorning tabiiy holatini o’zgartirmaslik tavsiya etiladi. Maydonchadagi asboblarning birontasi buzilib qolganda uni darhol tuzatish yoki almashtirish lozim.

    Meteorologik maydonchani tashkil etishdan avval uning plani tuziladi Qurilish ishlari yuqori sinf o’quvchilarining aktiv ishtirokida olib borilib, qisqa muddatda tugatiladi. Meteorologik maydonchaga o’qituvchi mudir tayinlanadi. Meteorologik maydonchada bir qator asboblar o’rnatilgan bo’lib, u yerda o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan ob-havo muntazam ravishda kuzatib boriladi. Kuzatish programmasi meteorologik maydonchaning qanday asboblar bilan jihozlanganligiga qarab mutaxassis o’qituvchi tomonidan belgilanadi. Ayni vaqtda meteorologik maydoncha bilan bog’liq bo’lgan o’qituvchilardan kundalik navbatchilar belgilanadi. Bu navbatchi o’qituvchilar o’quvchilarga kuzatish ishlarini olib borishda yordam beradilar. Shuningdek, ular maydonchada tartib-intizom va asboblarni to’liq saqlanishini nazorat qilib turadilar. Kuzatish ishlarini olib borish uchun har qaysi sinflarda o’quvchilarning zvenolar bo’yicha ro’yhati tuziladi. Bunda har bir zvenoda 4 ta o’quvchi bo’lib, ular ertalab soat 800, kunduz soat 1400 va kech soat
    2.3.2-jadval. Kundalik jurnal sexmasi

    Ob-havo elementlari

    Kuzatish vaqti

    Havo temperaturasi: Muddati

    maksimal


    minemal

    Shamolning yo’nalishi va tezligi, m/sek

    Bulutlik, ball

    Havo namligi %

    Tuproq temperaturasi: tuproq yuzasi

    20 sm chuqurda

    60 sm chuqurda

    120 sm chuqurda

    Yog’in miqdori, mm

    Qor qoplami, sm

    Atmosfera bosimi, mm

    Atmosfera hodisalari



    800

    1400

    2000


    2000 da kuzatish ishlarini olib boradilar. Kuzatishlar natijasi mahsus jurnalga yozib boriladi. Jurnal hamma zveno uchun umumiy bo’lib, maktab geografiya kabinetida saqlanadi. Kuzatish olib borayotgan o’quvchilari meteorologik maydonchada alohida daftarga kuzatish natijalarini yozib boradilar. Bu ma’lumotlar so’ngra mahsus jurnalga ko’chiriladi. Kundalik jurnal quyidagi shemada tuziladi

    Maktab o’quvchilari ob-havoni doimiy ravishda kuzatib borishlari uchun quyidagi qoidalarga rioya etishlari talab etiladi: Ob-havoni kuzatish ishlari aniq ko’rsatilgan vaqtda olib borilishi zarur. Maktab sharoitida ob-havoni kuzatib borishda o’quvchilar uchun qulay bo’lgan mahalliy vaqt 8°°, 1400, 2000 hisoblanadi.

    Kuzatish vaqtida meteorologik ketma-ketlikka aniq rioya qilinishi lozim. Bunda kuzatish vaqtidan 15 minut oldin asboblarning tayyorligi va jurnallar tekshirib chiqiladi. Kuzatish ko’rsatilgan vaqtdan 6 minut oldin boshlanadi. Bunda eng avvalo 2-3 minut davomida osmonning bulut bilan qoplanish darajasi kuzatiladi va jurnalga qayd qilinadi. Keyingi 2-3 minutda esa shamolning yo’nalishi va tezligi aniqlanadi. Ko’rsatilgan ma’lum vaqtda havoning namligi va temperaturasi o’lchanadi. Bundan 2 minut keyin esa tuproq temperaturasi o’lchanadi, 8 minutdan so’ng qor qoplamining qalinligi o’lchanadi va yog’in o’lchagich chelak almashtiriladi. Yana 5 minutdan so’ng havoning bosimi o’lchanadi. O’quvchilar kuzatish vaqtida asboblar bilan ehtiyot bo’lib muomala qilishi, kuzatish qoidasini buzmasligi va o’quvchi o’zi kuzatgan element va hodisalarni daftarga o’z vaqtida aniq qilib yozib borishi lozim.

    Kuzatish olib borilayotgan vaqtning o’zida natijalar daftarga uchi yahshi chiqarilgan oddiy qalam bilan aniq qilib yozib borilishi kerak. Kuzatish vaqtida mahsus asboblardan olingan ma’lumotlardan tashqari atmosferada kuzatilgan hodisalar ham yozib boriladi. Masalan, shudring, qirov, momaqaldiroq, chaqmoq va boshqalar (shartli belgilardan foydalanib yoziladi). Kuzatish ishiga rahbar bo’lgan o’qituvchi kuzatish natijalarini xalq xo’jaligidagi ahamiyatini, kuzatish ishlarining aniq va o’z vaqtida olib borishni o’quvchilarga qayta-qayta uqtirishi lozim. Kundalik natijalar oylik jurnalga quyidagi shemada ko’chirib yoziladi.
    2.3.3- jadval. Oylik jurnal sexemasi

    Chislo

    temperatura

    Bulutlik

    Shamolning tezligi va yo’nalishi

    Yog’inlar

    Atmosfera hodisalari

    1

    2

    3



    4

    5


    18,80S

    17,60S

    14,40S

    13,40S

    12,20S


    Havo ochiq

    Havo bulut

    Havo ochiq

    Havoyarim ochiq

    Havo bulut


    5,5M/sek,j. G’.

    9,0m/sek,sh.q.

    6,6 m/ j sh q.

    6.5m/sek,shshq.

    11,0 m/sek, sh


    -

    -

    -



    -

    Yomg’ir


    tuman

    tuman


    tuman

    tuman


    -

    Meteorologik maydoncha tayyor bo’lgandan keyin o’quvchilar bilan kuzatish olib borish yo’llari, asboblardan foydalanish usullari va kuzatish davomida meteorologik qoidalarga amal qilish haqida mahsus suhbat o’tkaziladi. Suhbatda meteorologik maydonchadagi tartib va qoidalarga alohida e’tibor beriladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga asboblardan ehtiyot bo’lib foydalanishni, ularni sindirmaslik va bir hil tartibda saqlanishini alohida uqtirishi lozim, tekshirish natijalari to’g’ri va aniq bo’lgandagina ma’lum bir territoriya ob-havosi va iqlimi uchun harakteristika berish mumkin. Agar maktab meteorologik maydonchasida asboblar «etishmasa, ob-havoni sutkada 1 marta, havo temperaturasi o’rtacha sutkalikka yaqin bo’lgan vaqtda 1100 yoki 1500 da kuzatish olib borish mumkin. Bunda kuzatish

    2.3.4-jadval. O’rta oylik ma’lumotlar jadvali

    Kunlar

    1-dekabrda

    2-dekabrda

    3-dekabrda

    Bir oyda

    Bulutsiz

    Bulutli


    Shamolli

    Shamolsiz

    Yog’inli

    Yog’insi


    O’rt.temp.

    4

    6

    10



    0

    0

    10



    14,30

    1

    6

    10



    0

    5

    5



    10,60

    2

    8

    9



    1

    0

    10



    14,20

    7

    20

    29



    1

    5

    25



    13,30


    Programmasi qisqartirilib, 2.3.2-jadvalda berilgan grafalar to’ldirib boriladi. Olingan ma’lumotlar umumlashtirilib, bir oy mobaynidagi bulutli yoki bulutsiz kunlar, yog’inli yoki yog’insiz kunlar, shamolli yoki shamolsiz kunlar, shamol qaysi tomondan necha kun esganligi va o’rtacha oylik temperatura hisoblab chiqariladi Bunda elektron-hisoblash mashinalaridan va kompyuterdan foydalanish tavsiya etiladi. Olingan ma’lumotlar aylana diagramma shaklida ham ko’rsatilishi mumkin

    Bunda aylana diagramma tuzish uchun aylana yuzasi (360°) kunlar soniga bo’linadi va necha kun yog’in yoqqan bo’lsa o’sha kun soniga ko’paytiriladi. Masalan, bir oyda 6 kun yog’in yoqqan bo’lsa, 360°:30x6/12x6/72°. Endi 72° transportir bilan o’lchab, aylanaga tushiriladi. Bir oyda olingan o’rtacha havo temperaturasi grafigini ham millimetrli qog’ozga tushirish mumkin. Buning uchun millimetrli qog’ozga abstsissa va ordinata o’qlari chiziladi. Ma’lum masshtab asosida (1 sm/1°) ordinata o’qiga havoning o’rtacha temperaturasi qo’yilib, abstsissa o’qida esa oylar belgilanadi. Shundan so’ng nuqtalar belgilanib, birlashtirib chiqiladi. Meteorologik maydonchaga o’lchov asboblarini o’rnatishdan oldin maktabga yaqin erda joylashgan meteorologik stantsiyaga ekskursiya uyushtirilib, o’quvchilar kuzatish va o’lchov asboblarini joylashtirilishi, ulardan foydalanish hamda olingan ma’lumotlarni hisoblash va umumlashtirish bilan tanishtirilishi zarur. Shundan so’ng maktab qoshida tashkil etilayotgan meteorologik maydonchani jihozlash boshlanadi. Bunda stantsion psixrometr, maksimal va minimal termometrlar. va gigrometr quyosh nuri tushmaydigan, atrofdagi predmetlar va tuproqdan qaytayotgan issiqdan himoya qilingan holda psixrometrik budka ichiga o’rnatiladi. Budka XIX asrning 60- yillarida Angliyalik Stivenson tavsiya etgan konstruktsiya bo’yicha qurilgan. Budka maxsus konstruktsion ega bo’lgan qurilma bo’lib, devorlari yog’och panjaradan ishlangan va 2 m balandda 4 ta yog’och oyoqcha o’rnatilgan. Budkaning eshigi shimol tomonga qaratilgan bo’lib, ikki qavat tomi bor Budkaning o’lchami quyidagicha: balandligi 525 mm, bo’yi 460 mm, eni 290 mm. Budkaning devorchalari qalinligi 6 mm va eni 35 mm li yog’och tahtachalardan yasalgan. Budkaning ichiga quyosh nuri tushmasligi uchun reykalar devorga 45° burchak bilan qiya qilib o’rnatilgan bo’lib, ular orasidan shamol bemalol o’ta oladi. Budka quyosh nuri ta’sirida.

    Psixrometrni budka umumiy ko’rinishi, budka ichida termometrlarning o’rnatilishi, Qizib ketmasligi uchun rangga bo’yaladi. Budkaning ichiga temir shtativ o’rnatilib, o’nga psixrometr termometrlari mustahkamlanadi. Shtativning quyi qismiga maksimal va minimal termometrlar gorizontal holatda yotqizib qo’yiladi. Psixrometrik budkaga soch tolali gigrometr o’rnatiladi. Termograf va gigrograf asboblari ham alohida budkaga o’rnatiladi. Bu budka ham psixrometrik budkaga o’hshash bo’lib faqat biroz kattaroqdir. Balandligi 605 mm va bo’yi 460 mm bo’lib, oq rangga bo’yaladi. Meteorologik maydonchaga flyuger o’rnatish uchun avvalo uzunligi 10-12 m li yog’och yoki metall machta erga tikka qoqiladi. Machta uchiga temir halqa kiygiziladi va o’nga smola suriladi. So’ngra machta uchiga tik qilib flyuger o’rnatiladi va dunyo tomonlari belgilanadi. Maktab sharoitida flyuger yo’q bo’lsa, u holda shamolning tezligi anemometr va yo’nalishi esa vnmpel yordamida 2 m balandda o’lchanadi. Yog’in o’lchagich asboblar 2 m balandlikda o’rnatiladi. Bunda yog’in yig’uvchi chelaklar tik o’rnatilishi lozim. Tuproq temperaturasini o’lchash uchun ishlatiladigan termometrlar odatda, meteorologik maydonchaning janubiy qismida o’rnatiladi. Tuproq yuzasi temperaturasini o’lchash uchun 3X4 m2 maydoncha ajratilib, 25-30 sm chuqurlikkacha yumshatib qo’yiladi. Muddatli, maksimal va minimal termometrlar, 5- sm oraliqda ketma- ket shimoldan janubga qarab o’rnatiladi. Bunda termometrlarning naychasi va simobli rezervuarlaridan yarmisigacha tuproqda botib turishi kerak. 5, 10, 15 va 20 sm chuqurlikdagi tuproq temperaturasini o’lchash uchun ishlatiladigan Savinov termometrlari tuproq yuzasiga qo’yilgan termometrlarning g’arbiy qismiga o’rnatiladi. Bunda termometrlarning chuqurga o’rnatilishi chapdan o’ngga tomon oshib boradi va shkalalari shimolga qaragan bo’lishi lozim. Termometr orasidagi masofa 10 sm dan ortiq bo’lishi lozim. 40—320 sm chuqurlikdagi tuproq temperaturasini o’lchash uchun mahsus asbob (pochvenniy bug’) bilan kerakli chuqurliklar burg’ilanib olinadi. Ibonent tayoqlarga o’rnatilgan termo­metrlar kerakli chuqurliklarga tushirilib qo’yiladi. Bunda termometrlarning orasi 50 sm bo’lib, chuqurlik sharqdan g’arbga tomon oshib boradi. Termometrlardan hisob olish uchun ular yoniga shimol tomondagi yulkadan kelinadi. Qor o’lchagich reykalar meteorologik maydonchaning janubiy qismiga qor yog’ishidan tahminan bir oy oldin o’rnatiladi. Reyka yaqinidagi er usti yahshilab tekislanib, o’t o’simliklari urib olinadi. Reykani o’rnatish uchun uzunligi 60 sm keladigan qoziq olinadi. Qoziqni bir uchidan uzunligi 24 sm va qalinligi 2,5sm bo’lgan bosqich kesib tashlanib, qoziqni yerga qoqiladi va qor o’lchash reykasi shu qoziqqa mahkamlanadi

    Meteorologik hodisalar

    Meteorologik hodisalarga momaqaldiroq, sarob, kamalak, galo, tojlar, shafaq, tuman, do’l, yaxmalak, qora sovuq va boshqalar kiradi. Bular meteorologik stantsiyalarda kuzatilib, qayd qilib boriladi. Quyida ba’zi bir hodisalar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar to’g’risida ma’lumot keltiriladi.

    Kamalak. Odatda, bahorda yomg’ir yog’ib o’tgandan keyin quyoshga qarama-qarshi bulutlar fonida kamalak kuzatiladi. Kamalak aylananing bir bo’lagidan iborat bo’lib, binafsha rangdan qizil ranggacha bo’ladi. Bunda ranglar bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi. Kamalak yoyi quyoshning holatiga bog’liq bo’lib bizga katta va kichik bo’lib ko’rinadi. Quyosh gorizontga qanchalik yaqin bo’lsa, yoyning yarim aylana shakli shunchalik katta bo’ladi. Kamalak quyosh nurlarining bulut tarkibidagi suv tomchilariga tushib sinishidan va aks etishidan hosil bo’ladi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, tomchilar diametri 0,5-1,0 mm ga teng bo’lganda kamalakning ayrim ranglari ravshanroq, kamalakning o’zi esa ingichkaroq bo’ladi. Suv tomchilari diametri 0,2 - 0,3 mm bo’lganda esa kamalakning eni kattaroq bo’lib, uning turli ranglari yuqolib ozimtir tusga kiradi. Ayrim vaqtlarda biri ikkinchisidan yuqoriroqda joylashgan qo’shaloq kamalak ham hosil bo’ladi. Yuqoriroqdagi kamalakda ranglar teskari tartibda joylashgan bo’ladi, ya’ni kamalakning ichki yoyi qizil rangda, tashqi yoyi esa binafsha rangda bo’ladi. Qo’shaloq kamalaklar sodir bo’lganda pastki kamalak tahminan 42° va ustki kamalak esa 52° burchak ostida ko’rinadi. Kamalak hodisasi fontan va shalola yaqinida ham kuzatiladi. Agar Siz (Toshkentdagi Navoiy teatri va Lenin maydonidagi) fantan yaqiniga borsangiz bemalol kichik kamalakning rang-barang yoyini ko’rishingiz mumkin.

    Galo. Osmon patsimon qatlamli bulutlar bilan qoplanganda ko’pincha quyosh yoki oy atrofida yorug’ aylana hosil bo’ladi. Quyosh yoki oyning bunday aylana bilan o’ralish hodisasi galo deb ataladi. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekistonda tabiatning bu ajoyib hodisasi kech kuzda yoki qishda ko’proq kuzatiladi. Galo atmosferada patsimon bulutlarda quyosh yoki oy nurlarining muz kristallchalarida sinib, qaytishidan hosil bo’ladi. Muz kristallchalar prizma shaklida bo’lganda, ularga yorug’lik nurlari tushganda sinibgina qolmay, yana spektrga ham ajraladi. Natijada turli-tuman rangli galo hosil bo’ladi. Patsimon bulutlar ko’pincha ob-havoning o’zgarishi oldidan paydo bo’ladi. Shu sababli galodan so’ng ko’pincha ob-havo o’zgaradi.

    Toj. Tumanli kunlarda Quyosh va Oy tevaragida kamalak rangiga ega bo’lgan va galo singari aylanali gardishsimon shu’la (toj) ni kuzatish mumkin. Tojda ranglar galodagi ranglarning teskarisicha joylashgan bo’ladi, ya’ni uning ichki tomoni zangori rangda, tashqi tarafi esa qizg’ish bo’ladi. Toj yupqa patsimon bulutlardan yorug’lik nurining sinishi va qaytishi natijasida hosil bo’ladi. Bulut tarkibidagi suv tomchilari va muz kristallchalarining hajmi qanchalik kichik bo’lsa, toj shunchalik katta bo’ladi, ular qanchalik katta bo’lsa, toj shunchalik kichik bo’ladi. Tojning katta-kichikligiga qarab bulutdagi suv tomchilari va muz kristallchalarining hajmi haqida fikr yuritish mumkin.

    2.3.5- jadval. Bulutlarning turlari va shartli belgilari


    Download 0,96 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




    Download 0,96 Mb.