2.3 Shamolni kuzatish va o’lchash
Shamolni kuzatish muhim ahamiyatga ega. Chunki shamol ba’zi bir hollarda xalq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Shamol qumlarni bir yerdan ikkinchi yerga uchirib ketishi natijasida katta-katta maydonlarni, ekinzorlarni qum bosadi. Kuchli shamol esganda tuproqni yuza qismidagi unumdor qatlamni uchirib ketib shamol eroziyasini keltirib chiqaradi. Issiq shamol garmsel esganda esa o’simliklarni va qishloq xo’jalik ekinlarini qovjiratib, quritib qo’yadi. Qor qoplami hosil bo’ladigan territoriyalarda shamol qorni uchirib ketishi natijasida tuproqdagi namni kamayishiga olib keladi. Kuchli shamollar katta vayronagarchilikka ham sabab bo’ladi. Shuning uchun maktab meteorologik maydonchasida shamolning tezligi va yo’nalishini uzluksiz kuzatib borish lozim.
Bunda shamol esa boshlagan vaqti, tezligi va yo’nalishi, shamol keltirgan zararlar va shamol esish to’xtagan vaqt daftarga to’liq yozib boriladi. Shamol deb havo massalarining yuqori bosimli oblastdan past bosimli oblastga tomon yer bag’irlab qilgan gorizontal harakatiga aytiladi. Shamol asosan quyosh radiatsiyasining yer yuzasini hamma joyini bir xil isitmaganligidan kelib chiqadi. Natijada issiq joyda bosim pasayadi, salqin joyda esa bosim ortadi. Shuning natijasida salqin havo massasi issiq havo massasi tomon esadi va uning o’rnini egallaydi. Issiq havo esa balandga ko’tariladi. Suv yuzasi va quruqlik turlicha isiganligi uchun musson shamoli vujudga keladi. Musson yozda suvdan quruqlikka esib, juda ko’p miqdorda nam olib keladi. Shuning uchun Yer sharida musson esadigan rayonlarda yozda yog’ingarchilik juda ko’p bo’ladi. Qishda esa musson quruqlikdan suvga tomon esadi. Shu sababli bu rayonlarda qish quruq keladi. Dengiz, ko’l, suv omborlari va daryolarning qirg’oqlarida kunduz kuni suvdan quruqlikka va kechasi esa qurulikdan suvga esuvchi briz shamollari paydo bo’ladi. Bundan tashqari har ikkala yarimsharda ham tropiklardan ekvatorga tomon doimiy passat shamollari esib turadi. Ekvatorga kelib isigan passat shamoli yuqoriga ko’tarilib, qarama-qarshi tomonga esadi va bu shamollar antipassat deb ataladi.
Quruqlikda tor-vodiy shamollari mavjud bo’lib, kunduz kuni vodiydan toqqa, kechasi esa tog’dan vodiyga tomon esadi. Bulardan tashqari bir qancha mahalliy shamollar: garmsel, fyon, tayfun va boshqalar mavjuddir. Odatda shamol gorizontning qaysi tomonidan essa, uning yo’nalishi o’sha tomon bilan belgilanadi. Bunda rumblar qabul qilingan bo’lib, shimol, janub, g’arb va sharqda bo’linadi. Shamolning tezligi mqsek, ayrim hollarda kmqsoat bilan o’lchanadi. Shamolning yunalishini rumbda ko’rsatilib, 16 ta rumbga bo’linadi. Bu rumblar yig’indisini «shamol guli» deyiladi. Rumbni belgilash uchun dunyo tomonlarining-bosh harfi qabul qilingan. Masalan, shimol Sh yoki Nord, janub J yoki Sud, sharq-SHK, yoki Est-E, g’arb F yoki West-W. Bu oraliqdagi rumblar asosiy rumb bilan belgilanadi. Masalan, shimoli-sharqiy, janubi-g’arbiy va boshqalar. Agar rumb janub bilan janubi-sharq orasida bo’lsa, janubi-sharqiy shamollar deyiladi. Shamolning tezligini o’lchash uchun ishlatiladigan asboblar anemometr deyiladi. Shamol tezligini va yo’nalishini ko’rsatuvchi asboblar esa flyuger va anemorubometr deyiladi. Ayrim vaqtlarda shamol o’lchagich (vetromer) ham deyiladi. Meteorologik stantsiyalarda shamolning yo’nalishi va tezligini yer yuzidan 10 m balandda Vild flyugyeri bilan o’lchanadi.
2.3.1- jadval Bofort shkalasi
Ball
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
m/sek hisobida
|
0
|
1
|
3
|
5
|
7
|
9
|
12
|
15
|
19
|
23
|
27
|
31
|
33
|
Dala sharoitida va ekspeditsiyalarda shamolning tezligi Fuss anemometri bilan o’lchanadi. Bu anemometr bilan 20 m/sek gacha esgan shamolning tezligini qisqa vaqt oralig’ida (odatda 10 minut ichida) o’lchanadi. Juda kuchli shamollar Bofort shkalasi bo’yicha ball bilan ifodalanadi. Bofort shkalasi quruqlikda va dengizda shamol tezligining kattaligini ifodalash uchun qo’llaniladigan birlikdir. Bu shkala 12 ballni bo’lib, 0 ball shtilni, 12 ball esa 33 m/sek dan yuqori tezlikka ega bo’lgan shamolni bildiradi. Maktab meteorologik maydonchasida flyuger o’rnatilmagan bo’lsa, shamolning tezligini anemometr va yo’nalishini esa bayrog’chalar yordamida dunyo tomonlari (shimol, janub, g’arb, sharq) ga qarab belgilanadi.
Sinoptik kartalar
Meteorologik stantsiyalarda yig’ilgan ma’lumotlar gidrometeorologiya markazlarida qayta ishlab chiqiladi va sonlar yoki mahsus belgilar bilan o’rta va yirik masshtabli kartalarga tushiriladi. Bu kartalarda ob- havoning ma’lum bir vaqt uchun bo’lgan holati ko’rsatiladi. Shuning uchun bu kartalardagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida ob-havo to’g’risida to’liq ma’lumot olish mumnin. Bunday kartalarni sinoptik kartalar deyiladi. Sinoptik kartaga ob-havoning hamma tarkibiy qismlari temperatura, bosim, namlik, bulutlik, shamol, yog’inlar va boshqa ma’lumotlar ma’lum tartibda tushiriladi. Kartada meteorologik stantsiyaning joylashgan o’rni kichik doira shaklida ko’rsatiladi Rasmda ko’rsatilgan karta-sxemada doirachaning hammasi qora rangga bo’yalgan. Bu bulut osmonni to’liq qoplaganini, doirachadan janubi-sharq yo’nalishida chiqqan strelka esa shamolning yo’nalishini ko’rsatadi. Berilgan karta-shemada strelka bilan ikkita uzun va bitta kalta chiziqcha o’tkazilgan. Bunda2 ta uzun chiziqlar 2 balldan 4 ball, kichik chiziqcha esa 1 ball, jami shamol kuchining 5 ballga tengligini ko’rsatadi. Doiraning yuqori qismidagi belgi shu kuni yuqori qatlamli bulut bo’lganligini va osmonni 7/10 qismini qoplaganini hamda uning balandligi 400 m ekanini ko’rsatadi. Doiraning
|