Buxoro davlat universiteti




Download 0,96 Mb.
bet9/29
Sana01.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#15314
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Atmosferaning tarkibi.

Atmosfera yer sharini o’rab turgan havo qobig’idir. Uning massasi 5,27x1015t bo’lib, yer shari og’irligining milliondan bir kismini tashkil etadi. Atmosferaning asosiy qismi yer yuzasiga tutashgan qatlamda joylashgan bo’lib, balandlik ortishi bilan atmosferaning bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosfera butun massasining 50% dan ortiq qismi yer yuzasidan 5 km balandlikkacha, qolgan qismi esa 35 - 40 km balandlikkacha bo’lgan qatlamda to’plangan. Yer yuzasida atmosferaning zichligi 10~3g/sm3 bo’lsa, 700 km balandda esa 10~16 g /sm3 ga teng. Atmosferaning tarkibi 78,09% azot, 20,95% kislorod, 0,93% argon, 0,03% karbonat angidriddan iborat.

Atmosferaning qolgan qismini vodorod, geliy, neon va boshqa gazlar tashkil etadi. Atmosfera tarkibida gazlardan tashqari suv bug’lari, muz kristali, chang va boshqa zarralar ham bordir. Suv bug’larining miqdori 0,1-4,0% miqdorida o’zgarib turadi. Tropik kenglikdagi atmosfera tarkibida suv bug’larinnng miqdori ko’proq, o’rtacha va qutb kengliklarida esa kamroq bo’ladi.

Atmosfera bir necha qatlamlardan tuzilgan, uning yer yuzasiga tutashib turgan quyi qismi troposfera deyiladi. Troposfera zich qatlam bo’lib atmosfera umumiy massasining qariyb 80% ini tashkil etadi. Uning qalinligi ekvatorda 16 km, o’rta kengliklarda 10-11 km, qutblarda esa 8 km ga teng. Troposferada yuqoriga ko’tarilgan sari havoning temperaturasi har 100 m da 0,6° ga pasayib boradi. Yerning landshaft qobig’i uchun troposferaning ahamiyati juda katta. Bu qatlamda havoning gorizontal va vertikal harakatlari bo’lib turadi. Buning natijasida havoda namlik darajasi o’zgarib, yog’ingarchilik bo’ladi.

Troposferadan yuqorida stratosfera qatlami joylashgan. Troposfera bilan stratosfera qatlami orasida o’tish qatlami tropapauza bor. Stratosferada havoning gorizontal harakati kuchli bo’lib, 25 km balandlikkacha g’arbdan sharqqa, undan yuqorida esa sharqdan g’arbga yo’nalgan bo’ladi. Stratosferaning 22-55 km qalinlikdagi qatlamida ozon gazi bo’lib, quyoshdan keluvchi ultrabinafsha nurlar va yashin zaryadining kislorod molekulalariga ta’siri natijasida vujudga keladi. Ozon miqdori oz bo’lishiga qaramasdan, quyoshdan keluvchi ultrabinafsha nurlarning bir qismini yutib, tirik organizmlarni uning zararli ta’siridan saqlab turadi.

Stratosferadan yuqorida 80-600 km qalinlikda ionosfera qatlami joylashgan, bu qatlam ionlar bilan zaryadlangan shuning uchun radio to’lqinlari istalgan masofaga tarqaladi.

Shunday qilib, atmosferaning yer landshaft qobig’i va undagi hayot uchun ahamiyati kattadir. U tirik organizmlar uchun nafas olishda kislorod manbai bo’lish bilan birga, ularni quyoshning qisqa to’lqinli nurlarining zararli ta’siridan muhofaza qilib turadi. Shuning uchun o’rta maktablarda atmosferaning fizikaviy holatini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun atmosfera hodisalari va mateorologik elementlarni maktabda kuzatib, o’rganib borishga o’quvchilarni o’rgatish va ularda ko’nikma hosil qilish zarur.


Download 0,96 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Download 0,96 Mb.