• I . AGROMETROLOGIYA FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI 1.1. Meteorologiya fani, tarixi va uning xalq xo’jaligida qo’llanilishi.
  • Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi




    Download 0.96 Mb.
    bet6/29
    Sana01.07.2021
    Hajmi0.96 Mb.
    #15314
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Bajarilgan malakaviy bitiruv ishi to’rtta paragrafni o’z ichiga olgan, ikkita bobdan va qilingan xulosalardan iborat. Ishda o’rganilishi e’tiborga olingan fizikaviy hodisalar jarayonlar va hisoblangan natijalarning tushunarli ravishda ifodalash uchun chizma va jadvallar berildi. Ishga qo’yilgan maqsadga erishish uchun to’plagan adabiyotlar, manbalarning nomlari va elektron manzillari keltiriladi.

    I . AGROMETROLOGIYA FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

    1.1. Meteorologiya fani, tarixi va uning xalq xo’jaligida qo’llanilishi.

    Planetamiz yerning atrofini havo qobig’i atmosfera o’rab turadi. Shuning uchun biz yer yuzasini g’oyat katta havo okeanining tubi desak, xato qilmaymiz chunki havo okeanida doimo xilma-xil fizikaviy hodisalar bo’lib turadi, masalan, kuchli bo’ronlar, qo’rqinchli momaqaldiroq gumbirlashi, chaqmoq chaqishi, yong’inlar, tuman tushishi, shamol esishi va boshqalar. Bu hodisalar atmosferada har hil fizikaviy jarayonlarning ro’y berishidan kelib chiqadi. Atmosferada har kuni yuz beradigan barcha o’zgarishlar meteorologik hodisalar deyiladi va meteorologiya fani tomonidan o’rganiladi. Shunday qilib, meteorologiya atmosferaning tuzilishini, hossalarini va unda ro’y beradigan fizikaviy jarayonlarni o’rganuvchi fandir.

    Meteorologik hodisalar juda ham murakkab jarayondir. Bu hodisalar o’zaro chambarchas bog’langan ayrim meteorologik elementlardan iborat. Birorta meteorologik elementning o’zgarishi, qolgan elementlarning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun atmosfera holati, ya’ni ob-havo sharoitlari hamma vaqt o’zgarib turadi. Bir kunning ob-havosi ikkinchi kun ob-havosiga o’xshash bo’lgan hollar juda kam uchraydi. Atmosfera havosi har doim harakatda bo’ladi. Havo massalari yuqori bosimli oblast( antisiklon) dan past bosimli oblast (siklon) ga t omon ko’chib yuradi. Natijada shimoldan keluvchi havo massalari past temperaturali, janubdan kelayotganlari esa yuqori temperaturali, okean va dengizlardan keluvchi havo massalari nam, quruqlik yuzasidan keluvchilari esa quruq va issiq bo’ladi. Har xil fizik xususiyatga ega bo’lgan havo massalari bir-biri bilan o’rin almashtirib turganligi uchun muayyan rayonda kuzatiluvchi ob-havo nam o’zgaruvchan bo’ladi. Bahor va kuz fasllarida ob-havo tez o’zgaruvchan bo’ladi. Ob-havoni muntazam o’rganib, uni o’zgarishlarini oldindan aytib berish meteorologiya fanining asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi.

    Atmosferada ro’y beradigan hodisalarning kuzatish natijalari haqidagi birinchi ma’lumotlarni Grek faylasufi Aristotel «Meteorologiya» kitobida ko’rsatib o’tgan. X-XI asrlarda yashagan O’rta Osiyolik olimlar Abu Rayhon al- Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar ham ob-havoni kuzatib borganlar. XVI asrning boshlarida termometr va barometrning kashf qilinishi meteorologiyaning alohida fan sifatida rivojlanishiga sabab bo’ldi. 1730 yilda Peterburg ( hozirgi Leningrad )da dunyoda birinchi bo’lib meteorologik stantsiya o’z ishini boshladi. Ulug’ rus olimi M.V. Lomonosov meteorologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U meteorologik hodisalarning taraqqiyotida vertikal havo oqimlarining rolini ochib berdi va bir qancha meteorologik asboblarni ixtiro qildi. 1849 yilda Peterburgda bosh fizika observatoriya tashkil etildi.

    XIX asrning 60- yillarida O’rta Osiyoda Kazalinsk va Perovsk ( hozirgi Qizilo’rda) shaharlarida meteorologik kuzatishlar olib borish boshlandi Toshkentda birinchi meteorologik stantsiya 1867 yilda ishga tushirilgan. 1921 yilda xalq komissarlari sovetining qarori bilan Toshkentda Turkiston (1925 yildan boshlab O’rta Osiyo) meteorologiya instituti tashkil etildi. 1936 yil 14 noyabrda Gidrometeorologiya xizmatining bosh boshqarmasi tuzildi. O’zbekistonda 1926 yilda 25 ta gidrometeorologik stansiya bo’lgan bo’lsa, 1985 yilga kelib ularning soni 130 dan oshdi. O’zbekistonlik bir necha olimlar ham (T.A.Sarimsoqov, V.A.Jorjio, V.A.Bugaev) meteorologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.

    Ob-havoni oldindan aytib berishning xalq xo’jaligida ahamiyati juda muhimdir. Ayniqsa qishloq xo’jalik ekinlarini tabiiy ofatlardan saqlab olishda, dengiz va havo transportlarining muntazam qatnab turishida, yig’im-terim ishlarini muvaffaqiyatli o’tkazishda meteorologiya fani va uning bergan ma’lumotlari juda katta ahamiyatga egadir.





    Download 0.96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 0.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi

    Download 0.96 Mb.