|
Ishning hajmi va tuzilishi
|
bet | 5/24 | Sana | 22.07.2021 | Hajmi | 87,32 Kb. | | #15508 |
Ishning hajmi va tuzilishi:Ish kirish qismi ikki bob, xotima qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I-bob 4 ta, II-bob 5 ta bo’limga bo’lingan.
I-bob. Haqiqiy sonlar
1. 1. Natural sonlar. Butun sonlar
Son tushunchasi uzoq o’tmishdan ma’lum. Odamlar sanash bilan dastlab 1,2,3,…- natural sonlarni qo’llaganlar. So’ngra manfiy son, ratsional son va , nihoyat haqiqiy son tushunchasi kiritilgan va o’rganilgan. Albatta bu tushunchalar kitobxonga o’rta maktab matematika kursidan ma’lum. Shuning uchun ham quyida natural sonlar, butun sonlar,ratsional sonlar to’plamining eng muhim xossalari qisqagina bayon etilgan. Haqiqiy son tushunchasiga kelganda shuni aytish kerakki, uning kiritilishi matematik analiz uchun qanoatlanarli darajada emas. Shu sababga ko’ra quyida haqiqiy son tushunchasini Dedekind nazariyasi bo’yicha kiritamiz va haqiqiy sonlar to’plamining xossalarini batafsil o’rganamiz. Haqiqiy sonlar nazariyasi asosan ikki xil usul bilan quriladi: konstruktiv usul, aksiomatik usul.
|
| |