Buxoro davlat universiteti




Download 144.37 Kb.
bet15/29
Sana24.07.2021
Hajmi144.37 Kb.
#16056
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
1-daraja-quyi daraja. Bunda o’quvchilar tomonidan topiladigan yangiliklar asosan sub’yektiv ko’rinishda bo’ladi. Ya’ni bunda o’quvchilar ilgaridan ma’lum bo’lgan yangiliklarni boshqatdan “kashf” etadilar. Natijada bu yangilik faqat shu o’quvchining o’zi uchungina yangilik bo’ladi. Biroq bu jarayon ham oson kechmaydi. Chunki mazkur jarayonda ham o’quvchi kuchli psixologik holatlarni – masala mohiyatini tushunish, anglash, tasavvur etish, masala yechimini qidirish, ayrim yechimlarni taqqoslash kabi jarayonlarni boshidan kechiradi. Shu sababli, garchi, natija ilgaridan ma’lum bo’lsa ham, aynan shu natijaga kelishning o’ziyoq o’quvchida kelgusida uni ob’yektiv ijodiy faoliyatga o’tishi uchun zamin vazifasi bo’lib xizmat qiladi [20].



Download 144.37 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Download 144.37 Kb.