• Faoliyatdagi kreativlik
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 144.37 Kb.
    bet13/29
    Sana24.07.2021
    Hajmi144.37 Kb.
    #16056
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
    Potentsial kreativlik - N.M.Gnatkoning fikricha, muayyan tashqi sharoitlarda faol kreativlikka aylanishga nazariy tayyor shaklda namoyon bo’ladigan individning potensial joylashishini anglatuvchi kreativ faoliyatdir. Potensial kreativlik ijodning zaruriy sub`ektiv shartidir [20].

    Faoliyatdagi kreativlik - faoliyatning biror turida ijodiy faollik ko’rsatuvchining bevosita tayyorgarligini ta`minlaydigan faoliyatning u yoki bu turi tavsifli potentsial kreativ individning individual tavsiflari aloqalarini yuzaga keltiradi. Faol kreativlik ijodning eng muhim sub`ektiv shartidir [20].

    Ko’pchilik konsepsiyalarda iqtidorlilik va uning rivojlantiruvchi asoslari shaxs kreativligi tushunchasi bilan ifodalanuvchi ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatlari orqali tavsiflanadi kreativlik fikrlashda muloqatda, faoliyatning alohida turlarida namoyon bo’lishi mumkin. U umumiy holatda shaxs yoki uning alohida qobiliyatlarini tavsiflashi mumkin.

    “Kreativlik” tushunchasining turli ta`riflari mavjud.

    Ko’pchilik holatlarda “kreativlik” deyilganda texnik malakalarni egallash, yaxshilash va takomillashtirish, muammolarni o’zgacha nuqtai nazardan o’rganish, yangi nostandart yechimlarni topish qobiliyati tushuniladi. Insoning ijodiy imkoniyatlari to’g’ridan-to’g’ri bevosita uning bilim olish qobiliyatlari bilan bog’langan emas, va hamma vaqt ham u intelekt testlarda namoyon bo’lavermaydi. Aksincha ijodkorlik egallangan bilimlarning miqdori va turli tumanligi bilan emas, balki qatiy tarkib topgan tushunchalarni inkor eta oluvchi yangi g’oyalarni seza olish qobiliyati bilan izohlanadi. Ijodiy g’oyalar odatda relaksasiya paytida oldindan jiddiy izlanishlar natijasida tayyorlangan, jamlangan holda emas balki tarqoq diqqat paytida yuzaga keladi. Bunday “ilhom” kelishiga namuna sifatida D.I.Mendelev tomonidan elementlar davriy tizimini o’n besh yillik tinimsiz izlanishdan so’ng, uyqu paytida tushida topishini keltirish mumkin [20].

    Ta`lim oluvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, yorqin, nostandart fikr yurituvchi yosh avlodni tarbiyalash muammosi bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida shaxs kreativligini tadqiq qilishga oid tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Bu boradagi tadqiqotlar natijalari sifatida zamonaviy pedagoglar e`tiborini o’ziga jalb qilayotgan empirik natijalar, shuningdek, ilmiy farazlar konsepsiyalarni qayd etish mumkin. Ko’pchilik konsepsiyalarda iqtidorlik va uning rivojlantiruvchi asoslari shaxs kreativligi tushunchasi bilan ifodalanuvchi ijodiy imkoniyatlari va shaxs kreativligi tushunchasi bilan ifodalanuvchi ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatlari orqali tavsiflanadi. Kreativlik fikrlashda, muloqotda, faoliyatning alohida turlarida namoyon bo’lishi mumkin. U umumiy holatda shaxs yoki uning alohida qobiliyatlarini tavsiflash mumkin.

    Kreativlikni jarayon sifatida o’rganish – keng tadqiq qilinuvchi yo’nalish hisoblanadi. “Kreativlik” tushunchasini o’rganish bilan bir qatorda xorijiy olimlar kreativ shaxs tavsifiga alohida e`tibor qaratadilar. Ko’pchilik holatlarda birinchi o’rinda moslashuvchanlik, kommunikativlik, mustaqillik kabi ko’nikmalar qayd etiladi [20].

    Masalan, X.E.Trik kreativlikni eng umumiy ma`noda jarayonning o’tmishdagi, joriy vaqtdagi va istiqboldagi tavsifini ifodalaydi, uning natijasida inson (yoki insonlar guruxi) ilgari mavjud bo’lmaydigan narsani yaratadilar. Bundan kelib chiqqan holda u ijodkorlikni tadqiq qilishda kreativlikni quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatadi:

    1) mahsulot sifatida;

    2) jarayon sifatida;

    3) qobiliyat sifatida;

    4) shaxsning umumiy xarakter xislati sifatida.

    Mehnat darslarida ta’lim tamoyillaridan foydalanib o’quvchilarni ijodkorlik faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari quyidagilar:



    1. O’qitish va o’qish ta`limi jarayonini yangi pedagogik texnologiyaga binoan tashkil etish. Unda, dunyo qonuniyatlarini ijtimoiy tarixiy taraqqiyotining ongli sur`atda tushuntirish orqali o’quvchilarni yakka holdagi rivojlanish omillarga tayanish. Ta`lim jarayonidagi ikki jihat; tashqi tasvirlar va ichki imkoniyatlarni. Ta`lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchlarni hisobga olgan holda o’quvchilarni bilish faoliyatlarini tashkil etish bosqichlariga tayanish lozim.

    2. Mehnat ta`limidagi uzluksiz kasb – hunar ta`limi tamoyillariga binoan o’qituvchi faoliyatida ta`lim tamoyillarining o’rnini belgilashda o’quvchi bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanma – ta`lim tamoyillarini asos qilib olish muhim ahamiyatga ega.

    3. Mehnat ta`limining tarbiyalovchilik xarakteridagi tamoyili tarbiyalovchi ta`limning asosiy qoidalari; dunyoqarashni shakllantirish, ahloqiy sifatlarni va irodani tarbiyalash, tarbiyalashni shakllantirish, qobiliyatni o’stirishga alohida e`tibor berish lozimdir.

    4. Mehnat ta`limining ilmiylik tamoyillari ilmiy hamda asoslangan bilim – o’quvchi onggini haqqoniy rivojlantirishda yetakchi o’rinni egallaydi. Unda o’quv materialidagi ilmiy – qonuniyatlarni aks ettirish, nazariy qoidalarni tushunish – fikrlash faoliyati xarakterini belgilaydi.

    5. Mehnat ta`limining ketma – ketlik tamoyili borliqning o’zi ma`lum ketma – ketlik bo’lishini hamma tomonlama taqazo etadi. Unda ta`lim jarayonida ham ketma – ketlik bo’lishi zarur. O’qitishdagi ketma-ketlik bo’lishi ma`lumdan - noma`lumga, yaqindan – uzoqqa, oson materialdan – qiyin materialni o’rganishga o’tishni taqazo etadi.

    6. Mehnat ta`limining tushunarli bo’lish tamoyili ta`limning o’quvchi yoshlar tushunchasiga mosligi, yangi bilimlarni o’quvchi ongidagi bilimlar bilan bog’lab, tushunarli qilib turmush tajribasiga asoslanish, umumiy saviyani yuqoriga ko’tarish, o’quv materiallarini o’quvchi rivojlanishiga mos bo’lishi bilan amalga oshirish alohida e`tiborga sazovor.

    7. Mehnat ta`limining ko’rsatmalilik tamoyili o’quvchilarga texnika-texnologiya tarixini hissiy bilish ko’rsatmalilik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Mehnat ta`limida o’qituvchining o’zi va amalga oshirgan dars jarayonidagi bilim, ko’nikma va malakalari asosiy ko’rsatma ekanligi, ta`limda yangi texnologiyalarni qo’llashga asos soladi.

    8. Mehnat ta`limida onglilik va faollik tamoyili zaminida yo’nalishlar bilimlarni umumlashtiradi, nazariyalarning aniq qo’llanishi fikr yuritishni ancha aniqlashtiradi.

    9. Mehnat ta`limida mustaqil bilimlar berish tamoyili zaminida, o’rganilgan bilim, ko’nikma va malakalar o’quvchi onggida uzoq vaqt saqlanishi keyinchalik amaliyotga tadbiq etilishi uchun mustahkamlanishi zarur. O’quv materialidagi asosiy tushuncha qoidalarni bo’rttirish, asosiy fikr bola bilimlari bilan bog’lanishi, zarur qarash va e`tiqodlarni shakllantirishga asos soladi.

    10. Mehnat ta`limining alohidalashtirish tamoyili o’quvchi shaxsiga yarasha alohida yondoshish, dars jarayonida va darsdan tashqari yondoshuvlar mazmunida ta`lim tamoyillarini qo’llashdagi o’zaro bog’liqliligi, ijobiy intilishlar hosil qilishadi. Unda muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, dasturiy ta`limni hosil qilishga zamin bo’ladi [9], [10], [11], [12].

    Mehnat ta`lim mazmuni tarixiy va milliy xususiyatlarga ega: Unda mehnat ta`limi aqliy rivojlantirish vazifasini o’z ichiga oladi shu bilan birga mehnat ta`limi mazmuni DTSlar asosida o’quv predmeti, dasturi va rejadan iborat. Darslikda keltirilgan ma’lumotlar mehnat ta`limi mazmunini ochib beruvchi asosiy vosita hisoblanadi.

    Mehnat ta`limida o’quv predmetiga oid ta`lim mazmunini ochib berish, darsga oid hujjatlarni tayyorlash muhim ahamiyatga egadir. Dars jarayonida tug’iladigan muammolar tahlili, hozirgi zamon mutaxassislariga qo’yiladigan talablar, mutaxassislarni tayyorlashda o’qitish uslubiyotlari izchilligini ta`minlashga zamin hisoblanadi. Unda ta`lim mohiyatidan kelib chiqqan holda tamoyillardan foydalanib, mehnat ta`limi uslubiyotlarini qiziqarli va sifatli qo’llash muammolarini yechishini aniqlashga asoslanadi. Mehnat ta`limi uslubiyotlarini yangilash tavsiyalari tahliliy holatda ishlab chiqiladi.




    Download 144.37 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




    Download 144.37 Kb.