Kreativ faollikni rivojlantirish pedagogik muammo sifatida




Download 144.37 Kb.
bet12/29
Sana24.07.2021
Hajmi144.37 Kb.
#16056
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
1.2. Kreativ faollikni rivojlantirish pedagogik muammo sifatida
Ilmiy-texnik va pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligi tushunchalariga ko’plab tariflar keltirilgan. Jumladan, I.I.Kichkin ixtirochilikni ilmiy g’oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur`atlarini belgilovchi asosiy ko’rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta`minlovchi omil deb hisoblaydi. M.A.Vachevskiy "ixtiro qilish"ni "qo’yilgan masalani yechish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi, odatdagi mantiqiy fikrlash yo’li bilan yetishib bo’lmaydigan yangi samarali texnik yechimni taklif qilish" deb ta`riflaydi [20]. Ixtirochilik ijodkorligi fan va amaliyotda ma`lum bo’lmagan yangi g’oyalarni ta’lim oluvchi tomonidan tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladigan jarayonni, ya`ni turli yangi texnik, ijodiy yechimlarni o’rganish, ishlab chiqish, sinab ko’rish va taqqoslash kabi tadqiqotchilik tavsifidagi vazifalarni amalga oshirishni ifodalaydi. Biroq, ixtirochilikdan farqli ravishda ixtirochilik ijodkorligida erishilgan natija yuqori talablar darajasida bo’lmasligi, misol uchun u patent bilan tasdiqlanmasligi mumkin, ammo bu jarayon ishtirokchisining bilim saviyasini oshiruvchi va mustahkamlovchi, faol va mustaqil fikrlash xislatlari, ma`naviy-ma`rifiy saviyasi sezilarli o’sishiga va kelajakda haqiqiy ixtirochi bo’lib yetishishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ixtirochilik ijodkorligi - bu nafaqat xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ijobiy samarali texnik yechim, balki ob`ektiv borliqni bilish yo’li hamdir.

Mohir pedagog Fitrat aqliy tarbiyaning o’qish-o’rganish orqali amalga oshishini ta’kidlaydi va bunda tabiatan inom etilgan - fikriy va ilm vositasida hosil bo’luvchi - kasbiy (komil) aqlni ajratib ko’rsatadi. U ta`limda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim deb biladi: 1. Ta`lim va tarbiyaning birligi. 2. Beriladigan bilimlarning ilmiyligi. 3. Bilimning tizimli va izchilligi. 4. Beriladigan bilimlarning bola yoshi va bilim darajasiga mosligi. 5. Bolaning bilimlarni ongli o’zlashtirishiga erishish. 6. Bilimning bolaga moddiy va ma`naviy foyda keltirishi.

1920-1950 yillarda o’quv-tadqiqot faoliyatini tashkil qilishning mazmuni, turli vosita va metodlari ishlab chiqilib, ular maqsadga muvofiq ravishda saralanib bordi [20]. Dastlab keng ko’lamda joriy etib boshlangan tadqiqotchilik metodlaridan keyinchalik an’anaviy metod va shakllarga qaytilib, ijodiy faoliyatni takomillashtirishda empirik tadqiqotlarga asosiy e`tibor qaratildi.

Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo’ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko’nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi [20].

J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko’rsatadi:


  • fikrning ravonligi;

  • fikrni maqsadga muvofiq yo’llay olishi;

  • o’ziga xoslik (originallik);

  • qiziquvchanlik;

  • farazlar yaratish qobiliyati;

  • xayol qila olish, fantastik (fantaziya) [20].

M.N.Gnatko kreativlikni kishining ijodiy imkoniyati, sosial – ijodiy faollikni namoyon qila olish qobiliyati bilan shartlangan kishi individlarining qandaydir maxsus xislati deb qaraydi.

Ijod tushunchasini belgilashda u jarayon – natija tavsifidan, kreativlikni belgilashda esa sub’ekt – shartlilik tavsifidan foydalanadi.

Ijod mezonlari, uning psixologik mexanizmlari, ijodiy tafakkurning rivojlanish texnikasi V.A.Kan-Kalik, Y.A.Ponomarev, S.Y.Stepanov, T.V.Frolov va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan [20].

D.B.Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili birliklari belgilab berilgan. Bunday birlik sifatida muallif intellektual faollikni ko’rsatadi hamda uning uchta bosqichini ajratadi:

 Shaxsning bu bosqichiga, unga tashqaridan berilgan vazifalarni tashabbussiz qabul qilish xarakterlidir;

 intellektual faollikning evristik bosqichi. Bu bosqichda o’z faoliyati


tarkibi va tuzilmasini tahlil qilish davom etadi, yangilik ochish oqilona hal qilishga imkoniyat beradigan ayrim vazifalar qiyoslanaai;

 intellektual faollikning kreativ bosqichi. Bu bosqichda qo’lga kiritilgan empirik qonunlar kelgusi tadqiqotlar uchun maqsad bo’lib qoladi [20].

Rag’batlantiruvchi, samarali va evristik bosqichga qoloq (ekstensiv) aqliy faoliyat, kreativ bosqichga intellektual faoliyat xosdir.

N.M.Gnatko kreativlik mexanizmlarini quyidagi bo’limlarga bo’lib o’rganishni taklif etadi:

- potensial kreativlik;

- faoliyatdagi kreativlik.





Download 144.37 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Download 144.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kreativ faollikni rivojlantirish pedagogik muammo sifatida

Download 144.37 Kb.