Mehnat ta`limida o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish




Download 144.37 Kb.
bet19/29
Sana24.07.2021
Hajmi144.37 Kb.
#16056
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
2.1. Mehnat ta`limida o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Jamiyatni ijtimoiy va milliy ehtiyojlar asosida isloh qilish, yuksak insonparvarlik g’oyalariga bog’liq ekanligini hayot ko’rsatib turibdi. Bugungi milliy ehtiyoj kasb o’rganish muassalari oldiga shu nuqtai nazardan katta talablar qo’ydi. Ta`lim jarayoniga hayotiy talablar asosida mukammallik, aniqlik, izchillik baxsh etish orqali, uning samaradorligini oshirish yo’llarini izlash pedagogika sohasining bugungi vazifalaridan hisoblanadi [16].

Ma`lumki, har qanday kasbda faoliyat samaradorligi va muvaffaqiyatli kasb sohiblarining tayyorgarligi, mahorati, o’z omilkorligini takomillashtirish ustida nechoglik qunt va izchillik bilan ishlashiga bog’liq. O’qituvchilik kasbida esa o’z bilimdonligi, zukkoligi, kasb mahoratini takomillashtirish ustida umr bo’yi muntazam ishlamay turib, el ardoqlagan, obro’-e`tiborli pedagog bo’lish mumkin emas. Chunki o’qituvchi jamiyatning yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir. Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov hozirgi paytda o’qituvchilar oldiga davlat va jamiyat qo’ygan talablarni quyidagicha - «Tarbiyachi ustoz bo’lish uchun boshqalarning aql-idrokini o’stirish, Ma`rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun eng avvalo, tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob berish, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lish kerak» - deb ta’kidlaganlar [8].

O’qituvchilarga yangi axborot va pedagogik texnologiyalar asosida yangi shakl va mazmundagi kasbiy malaka berish ishi shunchalar keng qamrovli, ko’p qirrali, katta ko’lamlarga ega bo’lgan jarayondir.

Oliy ta`lim uzluksiz ta`limning pog’onasi sifatida o’z oldiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilib oladi, bu o’quv maskanlari talablari chuqur umumilmiy bilimlarga va faoliyatining tanlab olingan sohasida zarur kasbiy ko’nikmalarga ega bo’ladilar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadirlar tayyorlash ham ushbu ta`lim pog’onasi doirasiga kiradi. Oliy o’quv yurti mutaxassislarining asosiy ta`limi sifatida ham namoyon bo’ladi, chunki uni bitirib chiquvchi o’zining kasbiy o’sishida ham, umumta`lim yo’nalishida ham to’xtab qolmaydi. Bilish va voqelikni qayta o’zgartirishning qudratli vositalarini olgan holda ixtisoslashgan fanlar asoslarining mustahkam (fundamental) bilimlaridan foydalanibgina qolmasdan, ayni shu asoslarni qayta ko’rib chiqish, ishlab chiqarishni yaxshilab yaratish, ijtimoiy amaliyotni rivojlantirish, tom ma`noda moddiy va ma`naviy madaniyatni o’z ijodiy mahsulotlari bilan boyitish imkoniyatiga ega bo’ladi.

O’zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma`naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoty, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so’nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta`lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p karra takrorlanadi. Pedagogik texnologiyalarning o’zi nima va u an`anaviy ta`lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi?

Hozirgi kunda pedagogika va o’qitish metodikasiga oid adabiyotlarda, ta`lim muammolariga oid ma`ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy pedagogik texnologiya» iboralari keng qo’llanilmoqda. «Pedagogik texnolognya - bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’z oldiga ta`lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslarni va ularniig o’zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usulibdir». Bu ta`rifdagi asosiy tushuncha «tizimli uslub» ekanligi ravshan, qolgan barcha so’zlar pedagogik texnologiyaning tizimi sifatidagi tarkibiy qismlarini ifodalaydi. Aynan tizimli yondoshuv pedagogik texnologiyaning o’qitishga boshqa yondoshuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta`lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta`lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro aloqa va bir-biri bilan bog’liqlikda loyihalash ko’pincha an`naviy o’quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir. Masalan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta`lim oluvchining bo’lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy boshqaruv va qarorlarni qabul qilish bilan bog’liq bo’ladi [8], [13], [14], [16].

Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologayaga oid ta`riflarni (V.Bespalko, V.Guseev, V.Slastenin, B. Lexachev, I.Volkov, M.Choshanov, M.Klarin, I.Lerner, CH.Yudin va boshqalar) ham keltiriladi, ammo I Ularning birontasi YUNESKO ta`rifi darajasiga ko’tarila olmagan. Yuqorida nomlari keltirilgan olimlar orasida pedagogik texnologiya to’g’risidagi axborotni MDH mamlakatlari, jumladan, O’zbekistonda tarqalishida V.Bespalko va M.V.Klarinlarning ta`siri kuchliroq, M.V.Kalarin pedagogikadagi texnologik yondashuvnish tarkibiy tuzilishi va mazmuni to’g’risidagi bir muncha to’laroq ma`lumotlarni e`lon qilingan [16], [17].

Pedagogik faoliyatda ba`zida «pedagogik texnologiya» tushunchasi bilan foydali bo’lsada avval o’zlashtirilgan na texnologik qurilmagai o’qitish uslublar ataladi. Aslida olganda, pedagogik texpologiya - bu o’qitishga o’ziga xos bo’lgan yangicha (innovastiya) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogik sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta`lim jarayoshshing muayyai standartlashuvi hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya uslublari (o’zining boshlang’ich ma`nosida) dastlab o’qitishning harakatini namunaviy vaziyatidagi (belgilangan qoida bo’yicha) o’zlashtirish ta`lab etiladigan mahsuldor (reproduktiv) darajasi uchun ishlab chiqilgan. Reproduktiv ta`lim har qanday ta`limning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi, u insoniyat jamg’argan tajribani aniq o’quv fani doirasida o’zlashtirish bilan bog’liq. Ta`lim oluvchilarda bilim va ko’nikmalarning ma`lum poydevori hosil qilinganidan keyingina, ta`limning natijali produktiv va ijodiy yondoshish uslublariga o’tish mumkin, bular uchun R.Gane, L.Briggs, A.Romishevski va V.Guseev pedagogik texnologiya muqobillarini ishlab chiqqanlar.

Shunday bo’lsada, taniqli olimlar B.Blum, D.Karatvol, N.Gronlund, J. Kerrol, J.Blok, L.Anderson va boshqalar harakati bilan rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydigan, takrorlanadigan pedagogik tuzilmani o’z ichiga olgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgandi.

Sanoatda «yuksak tenologiyalar» iborasi bor. Ular odatda, juda murakkab bo’ladi, katta sarmoyalar sarflanishini talab qiladi. Fanning so’ngi yutuqlariga asoslanadi. Xodimlardan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Shunday bo’lsada, ular mahsulotning yuqori sifati va raqabotbardoshligini, pirovad natijada salmoqli foydani ta`minlaydi. Pedagogik texnologiyani o’qitishdagi «yuksak» uslubiyati qatoriga kiritish mumkin, ammo uning joriy qilinishi katta sarflarni talab qilmaydi. Ta`lim sifatining kaliti pirovard oqibatda alohida o’quv yurti va aniq o’qituvchi deydigan bo’lsak, pedagogik texnologayani o’zlashtrish, asosan, pedagoglarni o’qitishni talab qiladi. Pedagogikada talablarning ta`lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir necha o’qitish usullari ishlab chiqilgan: muammoli o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rollar bajarish, mavzuviy o’qitish va hokazo [16].

Ma`lumot berish tizimida tayyor bilimlarni «o’qituvchi o’quvchilarga», bu bilimlarga ularning ehtiyoji va faollik darajasi bog’liq bo’lmagan holda, bevosita berish mumkin bo’lgan imkoniyatdan kelib chiqishadi. Shunga ko’ra o’qituvchining asosiy vazifasi zaruriy axborotni ma`lum qilish va uni xotirada mustahkamlash ustida ishlashdir. Bunday o’quv jarayonida o’quv pedmeti soatlar miqdori, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar oralig’ida soatlar taqsimoti dars o’tish joyi qat`iy belgilab olinadi,

Zamonaviy pedagogikaga, ta`lim modellariga shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ishlab chiqarish-texnologiya jarayoniga, ko’zlangan maqsadlarga erishish kafolatini beradigan holda yondashish imkoniyatini yaratadi [17].

Ta`lim texnologiyasi o’qitish jarayoni samaradorligini oshirish muayyan sharoitlarda loyihalashtirilgan natijalarga erishishini kafolatlash maqsadida g’oyasi tashkil etiladi. Faoliyatga bunday yondashishning mohiyati-ta`lim jarayonini tizimlashtirishda-uni detallar bo’yicha aniq unsurlarga bo’lib tashlab maksimal darajada shakllantirishdan iborat.

Tadqiqotlar jarayoni shuni ko’rsatadiki, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta`lim ana`anaviy ta`lim asoslari, ta`lim usullari va vositalari, uni tashkil qilish shakllari va natijalari bilan sezilarli darajada farq qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish o’quv jarayonini takomillashtirishga jiddiy ko’maklashishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.

Mehnat ta`limi jarayonida o’quvchilari ijodkorlik faoliyatini tashkil etish va shakllantirish metodikasini yoritishda ta`lim-tarbiya jarayonida yangi pegagogik texnalogiyalarni qo’llab, zamanoviy ta`lim usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqligini nazarda tutish kerak.

Pedagogik texnologiya – xorijiy pedagogikaning yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi ta`lim jarayonining samarasini oshirish va o’qitish natijalarini kafolatlashdan iborat bo’lgan.

Pedagogik texnologiya - inglizcha “an education technology” so’zining noaniq tarjimasidan kelib chiqqan. U aslida “Ta`limiy texnologiya” deb tarjima qilinishi kerak [16], [17].

Ta`limga texnologiyani olib kirish butun asr mobaynida davom etmoqda. Taxminan 50-yillarning oxirigacha pedagogik texnologiya an`anaviy ta`lim uchun texnik muhit hosil qilish, avtomatlashtirilgan vositalar majmuasini qurish bilan bog’liq bo’lgan.

Bugungi kunda ta`lim texnologiyasi pedagogik fanlar sohasi sifatida qaralmoqda. Texnologiyaning taraqqiyotida inson psixologiyasi katta o’rin tutadi. Tarixan ta`limiy texnologiya taktik jihatdan faoliyat ko’rsatgan va rivojlangan.

Ta`limiy texnalogiya - deb, quyidagilarni o’z ichiga o’z ichiga olgan majmuaga tushuniladi.


  • Rejalashtirilayotgan natijalar to’g’risida tasavvur mavjud bo’lishi;

  • o’rganuvchilar joriy holatini aniqlashga yordam beruvchi diagnostik vosita;

  • o’qitish modellari to’plami;

  • aniq sharoitlar uchun optimal modelni tanlash mezoni.

Pedagogik uslublar qo’llanilayotgan vositalarga bog’liq emas. Eng yangi uslub sifatida birorta o’qitishdan foydalanmasdan o’tiladigan uslublar hisoblanadi. Masalan: oddiy savol-javob uslubi ishning sifatini sezilarli oshirish mumkin.

O’quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda pedagogik texnologiyadan foydalanish bu mehnat ta`limi darslari mazmuniga ko’ra har bir darslarni tashkil etishda pedagogik texnologiya asosida biror bir metod va usullaridan foydalanish yoki qo’llash tizimlilikka va izchillikka rioya etilishi lozim ya`ni unda jarayonning mantig’i, uning barcha qismlari o’zaro bog’liqligi va yaxlitligi saqlanishi va ko’rinib turishi lozim.

Tizimlilik – pedagogik texnologiya tizimiga xos bo’lgan barcha belgilarga ega bo’lishi kerak:



  • jarayonning mantig’i;

  • uning barcha qismlarining o’zaro bog’liqligi;

  • yaxlitligi.

Mehnat ta`limi jarayonida o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini
tashkil etish darslarda o’quvchilarini jamoasini boshqara olish ularni qiziqish xoxish o’zlashtirishiga qarab darslarni tashkil etish.

Boshqaruvchanlikda – qiziqishlar nazarda tutiladi:

- maqsadlar qo’yish;


  • rejalashtirish;

  • o’qitish jarayonini loyihalash;

  • qadam baqadam tashxis qo’yish;

  • natijaga tuzatish kiritish maqsadida vosita va metodlarni o’zgartirish [20].

Dars so’ngida har bir o’tilgan dars, darsda qo’llanilgan texnologiyaning to’g’ri qo’llanilganligi, o’zlashtirish darajasi o’quvchilarning olgan bilimlari, oldingi darsga nisbatan o’zgarishlari albatta samarali bo’lishi va o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishmog’i o’z samarasini ko’rishi kerak.

Samaradorlik – zamonaviy pedagogik texnalogiyalar aniq sharoitlarda mavjud bo’ldi va ma`lum o’qitish standartlariga erishishni kafolatlaydi, natija bo’yicha samarador xarajatlar bo’yicha optimal bo’ladi.



O’quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda pedagogik texnologiya bir darsda emas albatta boshqa darslarda ham qayta qo’llanishi yoki takrorlanishi mukin bu darsning turiga o’qituvchining yangi pedagogik texnalogiyadan foydalanishiga bog’liq.

O’quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda pedagogik texnologiya quydagilardan tashkil topsa dars samarali va mazmunli bo’ladi. O’quv jarayonida keng tarqalgan metodlardan biri – shartli ravishda o’quv axborotlarining bayonini muammoli metod hisoblanadi. Materialni muammoli bayon qilish metodidan bu metod faqat materialni bayon qilish boshidagina yaratilishi bilan farqlanadi. Keyinchalik material axborot usulida bayon qilinadi. Bu metod ta’lim oluvchilarning ijodiy izlanish faoliyati, ayniqsa , ijodiy metodida ko’ringan ko’nikmalarni hosil qilishga imkoniyat bermaydi, lekin ta’lim oluvchilarni mashg’ulot so’ngida olgan barcha materialni faol idrok qilishga, unga yuqori qiziqish uyg’otishga bevosita turtki beradi [20].

Muammoli o’qitish, o’qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantiqi o’zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi.

Muammoli vaziyatlar kiritilib, an’anaviy, bayon etish o’quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, o’quvchini uni yechishga yo’naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo’lishi individual holat bo’lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi. Muammoli o’qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o’quv masalalarni nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Ta’lim oluvchilarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.

O’quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o’qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o’quvchilar oldiga muammoli masalalar qo’yadi, ularni yechimining yo’llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o’zi yo’lga boshlaydi.

Shuni qat’iyatlik bilan ta’kidlash lozimki, bu erda yangi bilimlar ma’lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An’anaviy pedagogik usuldagi – bilimlardan muammoga qarab – o’quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko’nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o’zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O’zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bog’liq bo’lgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi.

Agar inson muntazam tayyor bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga o’rgatilgan bo’lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so’ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a’lo darajada namoyon bo’ladi va rivojlanadi.

Muammoli o’qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha bo’ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo – murakkab nazariy yoki amaliy masala bo’lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo’ladi, «gap nimada?» degan savol tug’iladi.

O’quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o’qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo’luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.

Muammoli o’qitishning asosiy belgisi, bu ilmiy, o’quv yoki barcha faoliyat turlarida paydo bo’ladigan zaruriy ob’ektiv qarama-qarshiliklar aksi hisoblanadi. Bu esa barcha sohalarning harakatlantiruvchi va rivojlantiruvchi manbaidir. Shu sababli muammoli o’qitishni rivojlantiruvchi deb atash mumkin, zero uning maqsadi – bilimlarni, farazlarni shakllantirish, ularni ishlab chiqish va yechishdan iboratdir. Muammoli o’qitishda fikrlash jarayoni faqat muammoli vaziyatni yechish maqsadida joriy etiladi, u nostandart masalalarni yechish uchun zarur bo’lgan fikrlashni shakllantiradi.

Muammoli o’qitish samaradorligining to’rtta bosh sharti mavjud:

- muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uyg’otishni ta’minlash;

- muammo yechimidagi har bir bosqichda paydo bo’ladigan ishlarni bajara olish mumkinligini ta’minlash (ma’lum va noma’lumlar nisbatining maqbulligi);

- muammo yechimida olinadigan axborotni o’quvchilar uchun muhimligi;

- pedagog va o’quvchi orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, ya’ni o’quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar e’tibor va rag’batsiz qolmasligi zarur [17].

Muammoli o’qitishning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilar-dan iborat:

- ta’lim oluvchilarning fikrlash doirasini va qobiliyatlarini o’stirish, ijodiy ko’nikmalarini rivojlantirish;

- muammoni mustaqil yechishda va faol izlanish davrida olingan bilim va ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirilishi, buning natijasida ushbu bilim va ko’nikmalar an’anaviy o’qitishdagidan ko’ra ancha mustahkam bo’ladi;

- nostanart muammolarni ko’ra oluvchi, qo’ya oluvchi va yecha oluvchi o’quvchining faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;

- kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish – har bir aniq faoliyatda o’zining xususiyatlariga ega [17].

Har qanday o’quv materiali ham muammoli bayon etishga mos kelavermaydi. O’quvchilarga fan tarixini o’rgatishda muammoli vaziyatlarni yaratish oson. Farazlar, yechimlar fandagi yangi ma’lumotlar takroriy bosqichidagi an’anaviy tasavvurlarning inqirozi, muammoga yangicha yondashuvlarni izlash va hokazolar muammoli bayon etish uchun mos keluvchi mavzular hisoblanadi. Kashfiyotlar tarixi orqali izlanish mantiqini egallash – muammoli fikrlashni shakllantirishning asosiy istiqbolli yo’llardan biridir. O’qitishning an’anaviy usulidan muammoliga o’tish muvaffaqiyati, quyidagi ikki omil bilan belgilanadigan «muammolik darajasi»ga bog’liq bo’ladi:

- muammoning murakkablik darajasi – mazkur muammo doirasida talaba uchun ma’lum va noma’lumlar nisbatiga ko’ra aniqlanadi;

- muammo echimida o’quvchilar ijodiy ishtirokining ham jamoaviy ham shaxsiy hissalari hisobga olinadi.



Muammoli vaziyatni tashkil qilishda quyidagi ehtimol ko’ringan didaktik maqsadlarni hisobga olish zarur: o’quv materialiga ta’lim oluvchilar diqqatini jalb qilish, ularning bilishga bo’lgan qiziqishini uyg’otish, ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini jonlantirish, ularni intellectual zo’riqish mashaqqatlarigaa olib kelish, ta’lim oluvchilar tomonidan egallangan hozirgi bilim, malaka va ko’nikmalar kelajakda yuzaga keladigan bilishga bo’lgan talablarini qondira olmasligini ko’rsata bilish, ta’lim oluvchilarga o’quv muammolarini tahlil qilishga, uning yechilishidagi eng rasional yo’llarini aniqlashga yordam berish kerak.

O’quv jarayonida muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:

1. Ta’lim oluvchilar qo’yilgan vazifaning yechilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob bera olmaydilar.

2. Ta’lim oluvchilar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.

3. Vazifaning nazariy jihatdan yechilishi mumkin bo’lgan yo’li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo’llash qiyinligi orasida ziddiyat yuz beradi.

4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va ta’lim oluvchilarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim yetishmasligi o’rtasida ziddiyat yuz beradi.

Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko’p uchraydigan usullari qayd qilinadi:

 hodisalar, o’rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo’yish;

 olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini toppish uchun muammoli vazifa qo’yish;

 ta’lim oluvchilar hodisalar va harakatlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;

 ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiqaradigan dalil va hodisalarni tahlil qilishga undash;

 ta’lim oluvchilarni dalil, hodisa, hatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, qiyos qilishga undash;

 ta’lim oluvchilarni go’yo tushunib bo’lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo’yilishiga sabab bo’lgan dalillar bilan tanishtirish [17].

Muammoli vaziyatni vujudga keltirishninh yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo’ymaydi. Har bir o’qituvchi o’zining amaliy faoliyatida o’quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi:

Birinchi sathda o’qituvchi o’zi muammoni qo’yadi, uni sakllantiradi va ta’lim oluvchilarni mustaqil ravishda uning yechilish yo’lini qidirishga yo’naltiradi.

Ikkinchi sathda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, ta’lim oluvchilar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar.

Uchinchi sath – oily sath bo’lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko’zda tutadi: muayyan muammoni ko’rsatib bermaydi, balki unga ta’lim oluvchilarni “ro’baro’” qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo’naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Ta’lim oluvchilar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar.

Ta’lim jarayonida o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda muammoli texnologiyalardan foydalanish samarali ekanligini ta’kidlash o’rinli hisoblanadi. Muammoli o’qitish texnologiyalarining mazmun – mohiyati va ulardan IX sinf mehnat darslarida foydalanish imkoniyatlariga to’xtalib o’tamiz.

“Bumerang” texnologiyasi

Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya o’quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko’p ma`lumotga ega bo’lish hamda dars mobaynida o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilarni baholay olishga qaratilgan.

Texnologiyaning maqsadi. O’quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni o’quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash. O’quv jarayoni mobaynida har bir o’quvchi tomonidan o’z baholarini egallashga imkoniyat yaratish. Ushbu texnologiyani qo’llagan o’qituvchilar o’z o’quv predmetlari mavzusi yoki erkin mavzu asosida quyidagi mazmundagi matnlardan foydalangan holda o’qitish va tarbiyalash jarayonini tashkil etishgan [7], [14].

“Bumerang” texnologiyasidan 9-sinf “Servis xizmati ” yo’nalishi “Ishlab chiqarish asoslari” bo’limi mavzularini o’qitishda foydalanishga misollar keltirmaiz.

Masalan;


1. Mavzu: «Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o’lchash va taqqoslash texnologiyasi»

1-guruhga – Mahsulot sifatini nazorat qilish?

2-guruhga – Mahsulot sifatini nazorat qilishning kompleks tizimi?

3-guruhga – O’lchash va taqqosllash texnologiyasi?

2. Mavzu: «Olinadigan daromad va uni taqsimlanishi»

Tarqatma materiallar:

1-guruhga – Daromad haqida tushuncha bering?

2-guruhga – Milliy daromad deganda nimani tushunasiz?

3-guruhga – Milliy boylik haqida ma’lumot bering?

4-guruhga – Milliy daromadlarning taqsimlanishini tushuntiring?

3. Mavzu: «Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari»

Tarqatma materiallar:

1 -guruhga – Ishlab chiqarishni rivojlantirish yo’llari

2-guruhga – Korxona faoliyatini rejalashtirish

3-guruhga – Tejamkorlik va ishbilarmonlik

4-guruhga – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

“Rezyume” texnologiyasining mazmun-mohiyati va uni o’tkazish tartibi bilan tanishib chiqsak.

Texnologiyaning tavsifi. Bu texnologiya murakkab, ko’p tarmoqli, mumkin qadar muammoli mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yo’la mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.

Texnologiyaning maqsadi: o’quvchilarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o’quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta`sir etishga, uni ma`qullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishda, mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish [7].

Resyume texnologiyasidan foydalanib mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

• o’qituvchi o’quvchilarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi;

• o’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotning maqsadi va o’tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog’ozning yuqori qismida yozuvi bo’lgan, ya`ni asosiy muammo, undan ajratilgan o’quv muammolari va ularni yechish yo’llari belgilangan, xulosa yozma bayon kilinadigan varaqlarini tarqatadi;

• har bir guruh a`zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, o’z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar;

• kichik guruh a`zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan taqdimot qiladi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o’qib eshittiriladi, lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi;

• o’qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so’rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so’ng taqdimot guruhi o’z xulosasi bilan tanishtiradi;

• o’qituvchi guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izoh berib, ularni baholaydi, so’ngra mashg’ulotni yakunlaydi.

“Rezyume” texnologiyasidan 9-sinf “Servis xizmati ” yo’nalishi “Ishlab chiqarish asoslari” bo’limi mavzularini o’qitishda foydalanishga misol keltirmaiz (2.1-jadval).

2.1-jadval



Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabatlari bilan uzviyligi

Zamonaviy ishlab chiqarish

Ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichlari

Zamonaviy ishlab chiqarish va bozor munosabatlari

Afzal.

Kamchil.

Afzal.

Kamchil.

Afzal.

Kamchil.









































































Xulosa

Guruhlarga bo’lingan o’quvchilar o’z fikrlarini bayon qilganlaridan keyin, o’qituvchi barcha fikrlarni umumlashtirib yakuniy xulosa yasaydi.

“Muammo” texnologiyasi

Texnologiyaning maqsadi: o’quvchilarga o’quv predmetining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to’g’ri topishlariga o’rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo’yicha malakalarni shakllantirish, muammoni yechishning ba`zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to’g’ri tanlashga o’rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi hatti-harakatlarni to’g’ri aniqlashga o’rgatish.

Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

O’qituvchi o’quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni mos o’rinlariga joylashtirgandan so’ng, mashg’ulotni o’tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya`ni u mashg’ulotni bosqichli bo’lishini va har bir bosqich o’quvchilardan maksimum diqqat-e`tibor talab qilishini, mashg’ulot davomida ular yakka, guruh, va jamoa bo’lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat o’quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo’lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg’otadi. Mashg’ulotni o’tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg’ulot boshlanadi:

• o’quvchilar tomonidan mashg’ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab qo’yish (agar kinofilm ko’rsatishning imkoniyati bo’lmasa, u holda o’qituvchi o’quv predmetining mavzusi buyicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o’quv materialidan foydalanishi mumkin);

har bir guruh, a`zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-3 formatdagi kog’ozga flomaster bilan yozib chiqadi;

• berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan o’qib eshittiriladi;

• o’qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog’ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi;

• tarqatilgan qog’ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh, a`zosi o’zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi;

• o’qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a`zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi.

• yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so’ng har bir o’quvchi bajargan tahliliy ishini barchaga o’qib eshittiradi;

• muammolar va ularning yechimi bo’yicha jamoaviy fikr almashiladi;

• himoyadan so’ng o’qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi. Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi.

Bunday texnologiya bilan o’tkazilgan mashg’ulot natijasida o’quvchilar qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularga zarur bo’lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o’z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar [7].

“Muammo” texnologiyasidan 9-sinf “Servis xizmati ” yo’nalishi “Ishlab chiqarish asoslari” bo’limi mavzularini o’qitishda foydalanishga misol keltirmaiz.

“Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishning salbiy ta’siri” mavzusini o’qitishda ushbu texnologiyadan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratsak (2.2-jadval).

2.2-jadval

Muammoning turi

Muammoni kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo’llari va sizning harakatlaringiz

Atmosfera havosining buzilishi

Sanoat chiqindilarining atmosferaga chiqarilishi

Atmosfera mussafoligini saqlashga oid tanlovlar va tadbirlar o’tkazish

Dars jarayonida o’quvhilar guruhi muammoni yechish yuzasidan turli xil fikrlarini bayon qiladilar, o’qituvchi ularni umumlashtirib, muammoni kelib chiqish sabablarini bartaraf etish va uning yo’llari to’g’risidagi fikrlar yuzasidan yakuniy xulosa chiqaradi. Bunday metodlardan foydalanishga oid ko’plab misollar keltirish mumkin.





Download 144.37 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Download 144.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat ta`limida o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Download 144.37 Kb.