I.BOB. Elektron pochta serveri va ular haqida ma’lumot.
1.1. Elektron pochta serveri bilan ishlovchi dasturlar
Elektron pochta va uning imkoniyatlari
Internetning qulaylik sohalaridan biri elektron pochtadir. Elektron pochta kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar ayirboshlash maqsadida kompyuter tarmog’iga barlashtirishdir. U Internetning eng keng tarqalgan xizmat ko’rsatish turidir. Hozirgi kunda elektron pochtada o’z adresi bo’lgan mijozlar soni taxminan 100 million kishidan oshib ketdi va foydalanuvchilar soni soat, kun sayin oshib bormoqda. Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta orqali jo’natishdan ko’ra ham arzon, ham tez amalga oshiriladi (elektron pochta orqali ko’p hollarda xabar bir necha minutlarda kerakli manzilga yetib boradi).
Elektron pochta bu kompyuter orqali muloqotning eng universal vositasidir. U axborotni istalgan kompyuterdan istalgan boshqa kompyuterga (agar ular elektron pochta tarmog’iga ulangan bo’lsa) yuborishi mumkin. Chunki hozirgi tizimda ishlaydigan turli xil shaxsiy kompyuterlarning (ShK) ko’pchiligi uni qo’llaydi. Bunda uzoqdagi kompyuter xost kompyuter deb ataladi. Elektron pochta - bu xabarlarni uzatuvchi tarmoqdir. Unda kompyuterlarning turli konfiguratsiyasidagi va moslashuvdagi turlari birgalikda ishlash uchun birlasha oladi. Yuqorida keltirilganlardan tashqari tarmoqqa Elektron pochta a’zolariga beriluvchi boshqa qator imkoniyatlarga ham egadir.
Oddiy pochtadek Elektron pochtada ham aloqa bo’limlari bo’lib, ular provayderlar deb ataladi. Elektron pochta yordamida dunyodagi barcha Elektron pochtaga ega bo’lgan shaxslar, tashkilotlar, muassasalar, idoralar va boshqalar bilan aloqa o’rnatish imkoniyatlari mavjud. Eng muhimi, bu aloqa tez va arzon. Bu usul bilan dunyo qit’alari bilan bir zumda bog’lanib sizga va sizning suhbatdoshlaringizga tegishli ma’lumotlarni hamda sizni qiziqtirgan savollarga javobni bir necha sekundda olishingiz mumkin.
Elektron pochta orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafik, video, tovushlardan tashkil topgan ma’lumotlarni ham jo’natish va qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi.
Elektron pochta orqali olingan fayllarni disketlarga yozib olish, vinchestr disklarda saqlash va u bilan boshqa fayllar ustida bajariladigan amallarni: tahrirlash, nusxa olish va boshqalarni bemalol amalga oshirish mumkin.
Elektron pochtaning ajoyib xususiyatlaridan biri - u masofa tanlamaydi va uzoq, yaqin masofalar ham har doim yaqin masofadek tuyulaveradi.
Elektron pochtani yetkazash tezligi. Elektron pochta jo’natilgandan so’ng bir zumda (1 - 5 minut ichida yoki bir soat, ba’zan undan ham ko’proq vaqt orasida) uni oluvchiga yetib boradi. Bundan ko’rinadiki, u hatto ekspres pochta, hatto HDL pochta deb ataluvchi pochtalardan ham tez manzilga yetib boradi.
Elektron pochta tez muhokama vositasi: Biror loyihani uzoqdagi o’z hamkorlaringiz bilan yoki bir guruh shaxslar bilan muhokama qilmoqchi bo’lsangiz, uni tez muhokama qilish imkoniyati mavjud. Bu esa xizmatning yangi bir turidir. Hozir shu tarzda turli grantlarga talabnoma yuborish va ular bilan loyihaning ikir - chikirlarini muhokama qilish orqali amalga oshiriladi.
Qog’ozsiz ishlashga o’tish. Turli idoralarga kuniga kelib tushadigan xatlar ro’yxati va unga javob berish uchun qanchadan qancha qog’oz talab qilinadi. Buning o’rniga kelgan xatlar nusxasi va uning javoblari disketlarda saqlansa, xatlarni ma’lum vaqtdan so’ng oson qidirib topishdan tashqari, qancha - qancha iqtisod borligini sezish qiyin emas.
Elektron pochta dasturlari
Internet xizmatida mavjud Elektron pochtaning dasturlari ko’p va rang - barang bo’lib, ularning ko’pchiligi UNIX OS boshqaruvida ishlaydi. Shuning uchun UNIX ning ba’zi bir buyruqlari bilan tanishish foydali bo’ladi.
Uning fayl tizimi MS DOS buyruqlariga o’xshash. Lekin u ko’p vaqtlardan beri ishlatilayotgani uchun, hamda uning boshqaruvida universal, super kompyuterlar ishlagani uchun ko’p dasturlar aynan UNIX da boshqariladi. Hozirda Elektron pochtadan foydalanishni yanada qulayroq holga keltirish uchun ko’p dasturlar yaratildi. Bular MS Exchange, MS Mail, Internet mail, Visual Mail va boshqa dasturlardir. Ularning soni tez ko’payib borayotganini hamda undan foydalanish qulaylashib borayotganini sezish qiyin emas.
Elektron pochtaning afzallik
Elektron pochtaning asosiy afzalliklaridan biri uning tezligidir. Telefon ham tez ishlaydi. Lekin hayot tajribasi shuni ko’rsatdiki, juda ko’p hollarda u orqali bog’lanish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Buning sababi abonentning telefon qilingan vaqtda o’z joyida bo’lmaganligidadir. Elektron pochta ham tezlik nuqtai nazaridan telefondek ishlasada, u bir vaqtning o’zida o’zaro gaplashuvchilarning har ikkalasi ham joyida bo’lishini taqozo qilmaydi. Bundan tashqari, Elektron pochta yuborilgan ma’lumot nusxasini yuborilgan joyda kompyuter xotirasida qoldiradi. Chunki bir vaqtning o’zida yuborilgan ma’lumotlar bir necha adreslarga jo’natilishi mumkin. Elektron pochta orqali turli xil ma’lumotlarni, kompyuter dasturlarini, jadvallarni, grafiklarni jo’natish va qabul qilish mumkin. Elektron pochtani jo’natish quyidagicha amalga oshadi. Jo’natilayotgan ma’lumot, dasturlar fayllar sifatida tashkil qilinadi va bu fayl kompyuter dasturlari yordamida va modem qabul qilayotgan elektron pochta bo’limiga yoki to’g’ridan – to’g’ri qabul qiluvchi adresga kommunikatsion dasturlar deb ataluvchi dasturlar yordamida jo’natiladi. Qabul qiluvchi kompyuter to’g’ridan – to’g’ri modem yuborilayotgan faylni qabul qilishga tayyor (ya’ni tushundim) degandan so’ng uni qabul qila boshlaydi. Bundan avval qabul qiluvchi kompyuter sizning kompyuteringizni tanib, uzatilayotgan faylni va parolni tekshirib ko’radi. Agar uzatilayotgan kompyuter nomi, paroli va ma’lumotlar formati to’g’ri kelsa, unda modem jo’natilayotgan fayllarni qabul qila boshlaydi. Agar tekshirish natijasida parol, kompyuter nomi, adresi yoki yuborilayotgan fayl formati mos tushmasa, qabul qiluvchi kompyuter bular to’g’risida ma’lumot jo’natadi. Elektron pochta orqali aloqa bog’lash uchun yuborilayotgan joyda kompyuter elektron pochta tizimida ro’yxatga olingan bo'lishi shart.
Elektron pochta bo’lishi uchun avvalo uning xizmatidagi foydalanuvchi albatta kompyuterga, modemga va dastur ta’minotiga ega bo’lishi kerak.
Elektron pochta manzillari
Elektron pochta abonentiga yetib borishi uchun u xalqaro andozalar talabi asosida va Elektron pochtaning andoza adresi shaklida jo’natilishi lozim. Har bir foydalanuvchiga manzil u biriktirilgan provayderlar tomonidan belgilanadi. Masalan:
aliev @bdu.silk.org
Bunda aliev abonentning nomi bo’lib, u Alievning familiya harflaridan olingan, @ (eyt - deb o’qiladi) belgisi esa abonent nomini domendan (aloqa koordinatalaridan) ajratish uchun xizmat qiladi.
@ belgidan o’ng tomonda joylashganlar domen deb ataladi va u abonentning qayerda joylashganini aniqlaydi. Yuqoridagi adresda bdu.silk.org domenni bildiradi. Bunda bdu.silk.org quyidagilarni anglatadi: bdu - tashkilot nomi (Buxoro davlat universiteti), silk kompyuter tarmog’i nomi, org (organisation - tashkilot so’zidan olingan) esa tashkilotlilik belgisidir.
Domenning tashkil etuvchilari (bdu, silk, org) bir - biridan nuqta bilan ajratiladi.
Domenning eng o’ngida joylashgan org qisqartma domenning yuqori bosqichi deb ataladi. Uning o’rnida mamlakat kodi ham turishi mumkin.
Masalan, uz (Uzbekiston), ru (Rossiya), uk (Buyuk Britaniya). Bu holda domen grafik prinsip asosida tashkil qilinganini bildiradi. Bu kodlar xalqaro andozalar (ISO) tomonidan aniqlanadi.
Elektron pochta o’rnatish va unda ishlash
Elektron pochtani o’rnatish uchun quyidagilar mavjud bo’lishi lozim:
-
IBM PC muvofiqlik kompyuter;
-
Ichki yoki tashqi modem;
-
Dastur ta’minoti;
-
Elektron pochta xizmati ko’rsatuvchi aloqa bo’limi (provayderda) da ro’yxatdan o’tish.
Elektron pochta bilan ishlash uchun quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
-
Tizimga kirish.
-
Ekranda kelgan ma’lumotlar ro’yxatini chiqarish.
-
Ma’lumotni ko’rish buyrug’ini kompyuterga kiritish.
-
Ma’lumotni o’qib bo’lgandan so’ng uni saqlash, printerga chiqarish, disklarga yozib qo’yish, o’chirib tashlash yoki boshqalarga jo’natish va javob tayyorlash mumkin.
-
2 - punktga qaytib kelib, ma’lumotlar, qolgan xatlar bilan ishlash.
Elektron pochta ni birdan bir andozasi mavjud emas. Elektron pochta tizimi har xil tashkil qilingan bo’lib, turli konsepsiyalarga tayanadi. Hozirda Elektron pochta ning 100 dan ortiq variantlari mavjud. Lekin ularning umumiy tomonlari ham bor.
Elektron pochta tizimlari ham texnik va ham dastur ta’minotidan iborat. Dastur ta’minoti mijoz dastur ta’minoti (MPT) va server dastur ta’minoti (SPT) dan iborat.
MPT – Elektron pochtada ishlash uchun foydalanuvchi ishlatadigan dasturlardir.
SPT - mijozlarning ma’lumotlarini jamlash, o’qish va qayta javob olishni ta’minlovchi dasturlardir. O’z navbatida SPT uch qismdan tashkil topadi: message stor (ma’lumotlarni saqlash), transport agent (transport xizmati) hamda directory agent (kataloglar xizmati) dasturlaridan iboratdir.
SPTlarni tanlashda ularni kengaytirish mumkinligi, ish unumdorligi, ishonchliligi, andozalarga javob berishi, xatolarga nisbatan sezgirligiga (turg’unligiga) e’tibor berish lozim.
Mijoz dasturlari kompyuter bilan to’g’ridan – to’g’ri Elektron pochta tizimida ishlashni ta’minlovchi dasturlar bo’lib, u keng tarqalgan, foydalanuvchilar uchun qulay va ma’lum bo’lishi lozim.
Elektron pochtada fayllarni yuborish
Odatda katta hajmdagi fayllar boshlang’ich holatida uzatilmaydi. Ular maxsus arxivator dasturlar yordamida siqiladi. Bu esa axborot jo’natishda ketgan vaqtni tejaydi.
DOC tizimlarida, odatda, PKWare firmasining PKZIP va PKARC dasturlaridan foydalaniladi. Bu dasturlar jo’natilishi kerak bo’lgan bir necha fayllarni birlashtirishda ham qo’llaniladi. Odatda, bu juda qulay bo’lib, birgina foydalanuvchiga jo’natilayotgan bir necha katta bo’lmagan fayllarni jo’natishda qulaydir. PKZIP va PKARC dasturlari fayllarni boshlangich o’lchamlaridan ham kichik o’lchamli qilib, ularni bir arxiv fayliga siqib joylashtirishadi. Foydalanuvchi siqilgan arxiv fayllarini olganda, ularni qayta ochish va ajratish uchun xuddi shu dasturlardan foydalanishi zarurdir.
Odatda Macintosh kompyuteridan foydalanuvchilar fayllarni siqishda Stuffit dasturlaridan foydalanadilar. Ushbu dasturlar yordamida siqilgan fayllarni kengaytmalari SIT bilan belgilanadi.
UNIX tizimlarida fayllarni siqish uchun har xil dasturlardan foydalaniladi. Bir nechta fayllarni bitta arxiv faylga biriktirishda esa tar (tape archive – arxivni terish) va cpio (copy in and out – ichki va tashqi nusxalash) dasturlaridan foydalaniladi. Bu dasturlar har qanday turdagi fayllar bilan ishlaydi. Arxiv faylini yaratgandan keyin uni bu ikki dasturlardan biriga joylashtirish mumkin.
Internetda elektron pochta bilan ishlash
Elektron pochta (E - Mail) – Internetning eng ko’p tarqalgan xizmatlaridan biri. Elektron pochtani jo’natish va ularga javob berish qulayligi tufayli, u oddiy bir guruh olimlar orasida axborot almashishdan butun dunyo bo’yicha tarqalib ketdi.
Elektron pochtaning boshqa turdagi axborot almashinishidan ko’p afzallik tomonlari bor. Elektron pochta orqali jo’natilgan xat 5 - 10 minut ichida (muvaffaqiyatli holda) dunyoning xohlagan burchagiga yetib borishi mumkin. Bu uning oddiy pochtadan qancha tezligini ko’rsatadi. Oddiy telefondan afzallik tomoni esa uning nisbatan juda arzonligidir.
Foydalanuvchilar Elektron pochta adresi aniqlanishi
Biror bir odamga E-mail orqali xat jo’natish uchun uning adresini bilish zarur. Buning uchun bir necha yordamchi dasturlar bor. Bularga Finger, WHOIS, Netfind va boshqalar kiradi.
Internetning xohlagan abonentlari to’g’risida axborotni o’z ichiga olgan X.500 katalogi paydo bo’ladi. Hozirgi vaqtda Internet Network Information Center – Internetning tarmoq axborot markazi va AT&T kompaniyasi InterNIC markaziy katalogi yaratildi.
- Elektron pochta – bu internetning noyob imkoniyatlaridan biri bo`lib, u quyidagi xususiyatlarga ega :
- ma’lumotni yetkazish va almashish vositasi;
- muloqatning samarali vositasi;
- tez va samarali ravishda axborot almashishga imkon beruvchi texnik vositadir.
Elektron pochta (E-mail – Electron Mail) – bir kompyuterdan boshqasiga shaxsiy xabarlarni uzatishni qulay va puxta vositasidir. Elektron pochtani alohida xususiyati uni ikkita Amaliy dasturga asoslanganidir. Ulardan biri birlamchi xabarlarni jo’natish uchun, boshqasi esa keluvchi xabarlarni olish uchun ishlatiladi. Mos ravishda internet tomonidan elektron pochtani ishi ikkita server bilan ta’minlanadi: birlamchi xabarlar serveri va keluvchi xabarlar serveri.
Birlamchi xabarlar xizmati SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochtani uzatishning soddaroq protokoli ) ga asoslangan. Birlamchi xabarlar xizmatini eng ko’p tarqalgan protokoli POP (Post Office Protocol- pochta bo’limi protokoli)dir.
SMTP protokolini bosh maqsadi elektron pochta xabarlarini puxta va samarali yetkazib berishdir.
SMTP ga muhit bo’lib ayrim lokal tarmoq yoki Internet tarmog’i xizmat qilishi mumkin. POP protokoli foydalanuvchining pochta qutisidagi (pochta serveridan) xabarlarni ularning ish joylariga tanlash uchun mo’ljallangan. Shunday qilib, foydalanuvchilar Internet orqali SMTP protokoli bo’yicha korrespondensiya jo’natilsa, POP protokoli bo’yicha foydalanuvchilar pochta serveridagi o’zlarini, pochta qutisidagi korrespondensiyani oladilar. POP ni ikki versiyasi keng tarqalgan: POP2 va POP3. Bir xil funksiyalarni bajarsada ular bir-biriga moslashmaydi va ularda har xil buyruqlar tizimi ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda POP3 protokoli tez-tez ishlatiladi.
Elektron pochtani ishlash tamoyili.
Elektron pochta bilan ishlash uchun maxsus dasturlar – pochta mijozlari ishlatiladi. Windows uchun eng mashhur pochta mijozi:
-Microsoft Outlook (MS Office 2000 paketida taqdim etiladi).
-Microsoft Outlook Espress (MS Windows 98 operasion sistema tarkibiga standart ilova tarzida taqdim qilingan).
-Endora
-The Bat
Foydalanuvchi o’zini kompyuterida Internet Explouer yordamida xabarni yaratadi, elektron pochta oluvchisini adresi ko’rsatiladi, Internetga ulanadi va xabarni jo’natishga buyruq beradi.
Xabar jo’natuvchini provayderi birlamchi pochta serveriga (SMTP - server) uzatiladi. Кeyinchalik u oluvchini provayderi (POP - server) kiruvchi server provayderiga oraliq pochta serverlari zanjiri bo’yicha xarakatlanadi. Oluvchi provayderni POP serveri bilan aloqa o’rnatish, xabar uni lokal kompyuteriga uzatiladi. Shunday qilib, abonentlar o’zaro ta’siri natijasida pochta almashish sxemasiga monand «mijoz-server» sxemasi bo’yicha ishlaydi. Bunda sxemani bir necha pog’onaga bo’lish mumkin.
Elektron pochta server bilan ishlovchi dasturlarga:
Outlook Express;
The Bat;
Veb pochta va boshqalar kiradi.
Outlook Express — Microsoft kompaniyasi tomonidan elektron pochta va xabarlar guruhi bilan ishlash uchun yaratilgan dastur.
Outlook Express pochta kliyentini ishlatishda:
-Dasturni sozlash talab etiladi;
-Xatlar serverdan yuklanadi va foydalanuvchi kompyuterida saqlanadi;
-Xatni internetga kirmasdan ham yozish va qulay vaqtda jo’natish mumkin;
-Antivirus sistemasi yo’q.
Outlook Express Windows operatsion sistemasining Windows 95 OSR 2.5, Windows NT va Internet Explorer brauzerining 4.0 versiyasidan boshlab birga yetkazilib beriladi. Mac OS «klassik» versiyalari uchun ham Outlook Expressning variantlari mavjud (Mac OS X versiyasi uchun Microsoft — Microsoft Entourage ni yaratgan, u Macintosh uchun yaratilgan Microsoft Office tarkibiga kiradi).
Outlook Express nomi bu programma Microsoft tomonidan yaratilgan organayzer Microsoft Outlook ning «yengillashtirilgan» varianti deb taxmin qilish mumkin. Umuman olganda ushbu ikki programma bir biridan farq qiladi. Outlook Outlook Expressdan farqli xabarlar guruhi bilan ishlash funksiyasiga ega emas.
Windows Vista bilan yetkaziladigan Outlook Expressning yangi versiyasi Windows Mail deb nomlanadi.
2007 yil 30 mayda Microsoft Windows Live Mail yangi pochta klientining beta-versiyasini ishlab chiqdi, u Outlook Express shuningdek Windows Mail oʻrnini bosishi kerak. Windows Vista menejeri Nick White soʻzlariga koʻra Windows Live Mail butunlay yangi interfeysga ega, Windows Live stiliga mos qilib yaratilgan.Microsoft Outlook, Outlook Express dasturlarida ishlash asoslari
Microsoft Windows 98 2000, Me, XP operatsion sistemasi tarkibida elektron pochta hujjatlari bilan ishlashga mo'ljallangan Microsoft Outlook Express dasturi mavjud. Ushbu dasturning bir nechta versiyalari mavjud:
- Microsoft Outlook Express 4.0 - Windows 98SE tarkibiga kiradi;
- Microsoft Outlook Express 5.0 - Windows Me, 2000 tarkibiga kiradi;
- Microsoft Outlook Express 6.0 - Windows XP tarkibiga kiradi;
Bundan tashqari, u Microsoft Office 97, 2000, XP dasturlari majmuasi (paketi) tarkibiga kiritilgan bo'lib, bir nechta kerakli va foydali xususiyatlarga ega. Jumladan, MS Outlook dasturi MS Office tarkibidagi Word, Excel kabi dasturlar bilan integrasiyalashgan bo'lib, ulardagi ma'lumotlarni o'zi orqali yuborish va qabul qilish imkonini beradi.
Shuni ta'kidlash joizki, MS Outlook dasturi ma'lum Internet-provayderning elektron pochta qutisi bilan ishlashi mumkin, agar sizning elektron pochta qutingiz Internetdagi bepul servis serverlarida (masalan, www.mail.ru) joylashgan bo'lsa, siz ular bilan Internet Explorer kabi brauzer dasturi yordamida ishlashingiz mumkin bo'ladi.
Microsoft Outlook Express dasturi Microsoft Outlook dasturiga nisbatan bir qator imkoniyat va servislarni o'ziga olmagan, lekin yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarish imkoniga ega. Albatta, ularning ishchi oynalarining tashqi ko'rinishi ham har xil.
|