Elektron pochta serveri yordamida ishlovchi mijoz dasturini yaratish




Download 4,65 Mb.
bet3/8
Sana15.03.2017
Hajmi4,65 Mb.
#108
1   2   3   4   5   6   7   8
1.1.1-chizma.Microsoft Outlook dasturining ishchi oynasi va tuzilmasi

 Bo'limlar nomi va vazifasi:

    1.Dastur sarlavhasi - dastur va hujjat nomini aks ettiradi;

2.Bosh menyu-barcha buyruq, dastur imkoniyatlari va sozlashlarni o'ziga olgan;

3.Uskunalar paneli-keng qo'llaniladigan va tez-tez murojaat etiladigan uskunalarni o'ziga olgan;

4.Navigasiya tugmalari-oldingi yoki keyingi hujjatga o'tish tugmalari;

5.Adres (manzil) -Veb-sahifa, "Moy kompyuter", "Moy dokumenti" kabi internet manzillarni kiritish satri;

6.Adresnay- kniga (kontakti);     

7.Soobshenie -Statistika qismi, yaratilgan, yuborilgan va qabul qilingan elektron pochta hujjatlari sonini ko'rsatadi;

8. Zadachi-masalalar ro'yxati;

9.Moy yarliki-boshqa vazifalar bo'limiga o'tish, masalan kelgan, yuborilgan, o'chirilgan kabi hujjatlarni shu yerda batafsil ko'rish mumkin;

10.Ish maydoni-hujjatlar mazmunini qisqacha yoki to'liq tasvirlar maydoni.

 Windows operatsion sistemasi tarkibidagi Outlook Express dasturiga kirish uchun Pusk (Boshla) menyusiga, undan Programmi (Dasturlar) ga kirib, mazkur dasturni tanlaymiz va natijada quyidagi oyna hosil bo'ladi:

1.1.2-chizma.Microsoft Outlook Express dasturining ish oynasi va tuzilmasi

Yangi elektron pochta hujjatini yaratish uchun Bosh menyuning Fayl bo'limidan Sozdat (Yaratish) farmoishini yoki uskunalar panelidagi Sozdat soobshenie (Xat yaratish) tugmasini bosish kerak.

1.1.3-chizma. Yangi elektron pochta hujjatini yaratish

Hosil bo'lgan oynada xatni kiritib Komu: (Kimga) satriga xatni kimga yuborayotgan bo'lsak, uning elektron pochta manzilini, agar kerak bo'lsa ikkinchi manzilini ham ko'rsatib, Otpravit (Jo'natish) tugmasini bosamiz. Agar zarur bo'lsa xat bilan birgalikda boshqa matn bo'lmagan ixtiyoriy faylni (arxiv, dastur, rasm, audio, video va hokazoni) yuborish mumkin. Buning uchun Vlojit (Joylash) tugmasini bosib, ularni ko'rsatish kerak.

The Bat! — Windows OS da elektron pochta bilan ishlash uchun yaratilgan shartli-bepul programma. RITLabs Maldoviya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

THE BAT pochta kliyentini ishlatishda:

-Dasturni sozlash talab etiladi;

-Xatlarni serverda ko’rish va o’chirish, serverga va foydalanuvchi kompyuteriga yuklash, o’qish hamda Internetga kirmasdan ham xatlarga javob yozish mumkin.

-Antivirus sistema yaxshi tashkillashtirilgan.

The Bat! programmasi Rossiya va sobiq SSSR davlatlari foydalanuvchilari orasida mashhur. SMTP, POP3, IMAP protokollarida ishlay oladi. Programmaning ikki versiyasi mavjud: Home va Professional. Professional versiyasida orfografiyani tekshirish, xabarlarni S-MIME va OpenPGP standartlari yordamida shifrlash, lokal ma`lumotlar bazasini shifrlash va biometrik autentifikasiya qilish imkoniga ega. The Bat! ko`p miqdorli kiril kodirovkalarida ishlay oladi, shuningdek windows-1251, koi8-r, iso-8859-5 va boshqalarda. Shuningdek The Bat!da xabarlarni rezervda saqlash (umumiy rezerv faylida yoki har bir alohida accountda), adreslar kundaligi va foydalanuvchi talabi bo`yicha moslash yoki avtomatik ravishda moslash imkoniga ega.

The Bat pochta mijozini sozlash yo`riqnomasi

1.The Bat o`rnatilgan va ochiq dasturida yangi pochtani yarating. Buning uchun dastrudagi asosiy menyuda «Ящик» bo`limidagi «Новый ящик» bandini tanlang. So`ng, dialog oynasida pochta nomini kiriting.

1.1.4-chizma. The Bat pochta mijozini sozlash yo`riqnomasi

2. Pochta ochilgandan keyin uning sozlamalarini kiritish kerak. Ushbu amal kontekst menyusidagi pochta nomiga sichqonchaning o`ng tugmasini bosish orqali bajariladi.

3. Pochtani jo`natish sozlamalarida SMTP serveri maydoniga web.umail.uz deb kiriting.

4. «Соединение – обычное», «Порт 25» – ushbu ko`rsatkichlarni o`zgartirmang!

5. Pochtani qabul qilish uchun pochta serveri grafasida – web.umail.uz ni yozing.

6. «Пользовател» maydoniga pochta manziligizni kiriting (pochta manzilingizning @ belgichigacha bo`lgan qismi yozilishi kerak)

7. Pochtani yaratishda foydalanilgan parolni kiriting (ID.UZ dagi parol bilan adashtirmang)

8. «Протокол POP3» – o`zgartirmang.

9. «Соединение – обычное» va Порт 110 – o`zgartirmang.

10. Server «Timeout» va «Тип доставки» maydonlarini o`zgartirmang yoki zarar bo`lganda keyin o`zgartirishingiz mumkin.

1.1.5-chizma.Server «Timeout» va «Тип доставки» maydonlari

11. Agar hamma amallar to`g`ri bajarilgan bo`lsa, pochtadagi barcha xatlar The Bat ga o`tadi. Pochtangiz ish uchun tayyor. Pochtada xatlarni qabul qilish, yuborish va o`qish mumkin.



1.1.6-chizma. Pochtada xatlarni qabul qilish, yuborish va o`qish




Download 4,65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 4,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron pochta serveri yordamida ishlovchi mijoz dasturini yaratish

Download 4,65 Mb.