II.BOB. Elektron pochta serveri bilan ishlaydigan mijoz dasturini yaratish




Download 4,65 Mb.
bet5/8
Sana15.03.2017
Hajmi4,65 Mb.
#108
1   2   3   4   5   6   7   8
II.BOB. Elektron pochta serveri bilan ishlaydigan mijoz dasturini yaratish.

2.1. SMTP va POP3 protokollari

SMTP- Simple mail Transfer Protocol(xat almashish protokoli). SMTP xizmati e-Mailni bir tarmoq tizimidan boshqasiga jo'natishni ta'minlab beradi. Odatda host-qabul qiluvchi kirish xabarlarini POP3 va IMAP protokollari yordamida o'quvchi uchun navbatda saqlab turadi. SMTP xabarlarni bexato, ishonchli yetkazib berish uchun TCP transport protokolidan foydalanadi.

SMTP — ushbu protokol asosida sеrvеr boshqa tizimlardan xatlarni qabul qiladi va ularni foydalanuvchining pochta qutisida saqlaydi. Pochta sеrvеriga intеraktiv kirish huquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar o’z kompyutеrlaridan bеvosita xatlarni o’qiy oladilar. Boshqa tizimdagi foydalanuvchilar esa o’z xatlarini POP3 va IMAP protokollari orqali o‘qib olishlari mumkin.


POP - eng kеng tarqalgan protokol bo‘lib, sеrvеrdagi xatlarni, boshqa sеrvеrlardan qabul qilingan bo’lsa-da, bеvosita foydalanuvchi tomonidan o‘qib olinishiga imkoniyat yaratadi. Foydalanuvchilar barcha xatlarni yoki hozirgacha o’qilmagan xatlarni ko’rishi mumkin. Hozirgi kunda POP ning 3-vеrsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib va autеntifikatsiyalash usullari bi­lan boyitilgan.

Birlamchi xabarlar xizmati SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochtani uzatishning soddaroq protokoli ) ga asoslangan. Birlamchi xabarlar xizmatini eng ko’p tarqalgan protokoli POP (Post Office Protocol- pochta bo’limi protokoli)dir.

SMTP protokolini bosh maqsadi elektron pochta xabarlarini puxta va samarali yetkazib berishdir.

SMTP ga muhit bo’lib ayrim lokal tarmoq yoki Internet tarmog’i xizmat qilishi mumkin.

POP3- (Post Office Protocol) protokoli serverdan kelayotgan kirish xabarlarini qabul qilish uchun pochta klientda ishlatiladi. Odatda, SMTP protokoli bilan birga ishlatiladi. Eski versiyalari POP va POP2.

POP protokoli foydalanuvchining pochta qutisidagi (pochta serveridan) xabarlarni ularning ish joylariga tanlash uchun mo’ljallangan. Shunday qilib, foydalanuvchilar Internet orqali SMTP protokoli bo’yicha korrespondensiya jo’natilsa, POP protokoli bo’yicha foydalanuvchilar pochta serveridagi o’zlarini, pochta qutisidagi korrespondensiyani oladilar. POP ni ikki versiyasi keng tarqalgan: POP2 va POP3. Bir xil funksiyalarni bajarsada ular bir-biriga moslashmaydi va ularda har xil buyruqlar tizimi ishlatiladi. Hozirgi vaqtda POP3 protokoli tez-tez ishlatiladi. Xabar jo’natuvchini provayderi birlamchi pochta serveriga (SMTP - server) uzatiladi. Кeyinchalik u oluvchini provayderi (POP - server) kiruvchi server provayderiga oraliq pochta serverlari zanjiri bo’yicha harakatlanadi. Oluvchi provayderni POP serveri bilan aloqa o’rnatish bilan xabar uni lokal kompyuteriga uzatiladi. Shunday qilib, abonentlar o’zaro ta’siri natijasida pochta almashish sxemasiga monand «mijoz-server» sxemasi bo’yicha ishlaydi. Bunda sxemani bir necha pog’onaga bo’lish mumkin..

Elektron pochta bilan ishlashdan avval foydalanuvchi SMTP yoki POP xizmatini taqdim etuvchi pochta serverlaridan birida ro’yxatdan o’tishi lozim. Qayd etish yozuvini olish registrasiya deyiladi.Qayd etish yozuvi elektron pochta xizmatini aniq ta’minotchisining sozlanish to’plamiga aytiladi. Odatda uni provayder, ya’ni internet xizmatini taqdim etuvchi tashkilot beradi. Кeyin o’zingizni kompyuteringizda pochta dasturi ishini qayd etish yozuvi bilan sozlash zarur. Sozlashda foydalanuvchilarni nomi, elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi bilan qayd etilgan ma’lumotlar kiritiladi.
Xabarni jo’natganda:

- nom («Ot» maydonida kiritiladi)

- elektron pochta adresi,

- SMTP yoki POP3 server nomlari.

- pochta serveridan foydalanuvchilar nomi (login)

- parol (pochta serveriga murojaat uchun).


Elektron pochta adresi quyidagicha:

Madina1992@mail.ru

Mannon@rambler.ru

Pochta egasini nomi server nomi yoziladi



Download 4,65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 4,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB. Elektron pochta serveri bilan ishlaydigan mijoz dasturini yaratish

Download 4,65 Mb.