Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Bulatov, C. S., & Jabbarov, R. R. (2010). Philosophical and psychological
analysis of works of fine arts (monograph).
702
2.
Khamidovich, T. N., Nozimovich, T. N., Ibrohimovna, Y. N., Ravshanovich,
J. R., & Kholmuratovich, M. K. (2019). Development of students' creative abilities
through teaching “landscape painting”. Journal of Critical Reviews. ISSN, 2394-
5125.
3.
.Nozimovich, T. N., Ibrahimovna, Y. N., & Ravshanovich, J. R. (2020).
Development Of Student's Creative Abilities In The Fine Arts In The Higher
Education System. The American Journal of Social Science and Education
Innovations, 2(07), 232-238.
4.
www.uzlidep.uz
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA KOMPYUTER GARAFIKASIDAN
FOYDALANISH. GRAFIK DASTURLAR VA ULARNING
QULAYLIKLARI
Shukurov Ulug‘bek Jo‘rayevich
Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti
“Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati” I bosqich magistranti
Bugungi kunga kelib, barcha rivojlangan mamlakatlarda fan va texnika,
ishlab chiqarish vositalari hamda texnologik jarayonlar deyarli to‘liq
kompyuterlashtirilgan.
Shuningdek,
dunyoning
barcha
ishlab
chiqarish
korxonalarida hamda ta’lim tizimida, yangi texnika va texnologiyalami yaratishda
loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan
grafik dasturlar asosida kompyuterdan foydalanib kelinadi.
Axborot texnologiyalari hamda yangi dasturlar bugungi kunda davr talabi
hisoblanadi. Rivojlanib borayotgan “Raqamli tehnologiya” har jabhani jadallik
bilan egallab olmoqda. Bugungi kunda biz talim jarayonida ham, bu qulayliklardan
keng foydalanmoqdamiz deb bemalol aytish mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchilar
uchun ta’lim jarayonini soddalashtirish, qabul qilishga oson , yangicha
tehnologiyalar atrofimizni qurshab olgan. Tasviriy san’at darslariga mos,
703
umuman tasvirlashga oid grafik dasturlar yaratilgan bo‘lib, ular bugungi kunda
o‘qituvchilar dars jarayonida bir qancha qulayliklar yaratmoqda. Shuni ham
takidlash joiz-ki bunday grafik dasturlar ko‘plab yosh rassom va ijodkorlarning
qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Yangi tehnologiya o‘quvchilar ijodiy faoliyatida ham
o‘z tasirini ko‘rsatmoqda.
Turli xil illyustratsiyalar (rasmlar, grafiklar, roliklar, animatsiyalar,
bannerlar va boshqalar) yaratishda va tayyor grafik formatdagi ma’ lumotlarni
o‘zgartirishda kompyuter grafikasidan keng foydalaniladi. Kompyuter grafikasi va
uning tarkibiy qismi bo‘lgan grafik va turli tasvirlar axborot texnologiyasida
muhim o‘rinni egallaydi. Kompyuter grafikasi fani asosan elektron rasm va
tasvirlar bilan ishlashni o‘rgatadi. Hozirgi kunda grafik dasturlar soni juda ko‘p
bo‘lib ular ishlash prinsipiga ko‘ra har xil grafikada ishlashi mumkin .
Kompyuter grafikasi – kompyuterdagi grafika yoki kompyuter yordamida
yaratilgan grafikadir. Kompyuter grafikasi rasm chizish va modellashtirish vositasi
sifatida ishlatiladi. Agar kompyuter grafikasi monitordagi rasm deb tushunilsa, u
holda kompyuter grafikasi kompyuter bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan deyish
mumkin. Ba’zan, kompyuter grafikasini ro‘yobga kelishini kompyuter o‘yinlari
paydo bo‘lgan vaqt - yil bilan bog‘laydilar. Boshqacha qilib aytganda, kompyuter
grafikasi – bu yangi axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotgan
yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, u avtomatik loyihalash tizimining mazmunini
tashkil etadi.
Grafik dasturlarda axborot bilan ishlash insonning ko‘rish, eshitish va
sezish organlariga qaratilgan bo‘ladi, ya’ni, axborot berish uchun tasvir va
tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad, axborotni tasvir va tovushga
aylantirishdan iborat. Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik dasturlari
mavjud bo‘lsada, ular bir birlaridan o‘zaro qo‘llanilish sohalariga qarab farqlanadi.
Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni
tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyatlari ham ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan.
704
Shuning uchun, grafik dasturni tanlashda, avvalom bor, uning imkoniyatlarini
inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa
bir dasturlarni yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi.
Hozirda maktablarda informatika , axborot tehnologiyalari darslari olib
boriladi va bu darslar davomida o‘quvchilarga “Paint”, “PowerPoint”, “Adobe
Photoshop” grafik dasturlari o‘rgatib boriladi. Lekin yildan yilga buning o‘zi
kamlik qilmoqda. Vaqt o‘tgan sari grafik dasturlarning yangi avlodlari paydo
bo‘lmoqda. Bularga misol sifatida “Inkscape”, ”Sketch”, ”Adobe Illustrator”,
”Affinity Designer”, “Gravit Designer”, “Photocape” kabi grafik dasturlarni
keltirish mumkin. Bunday grafik dasturlar tasviriy dizaynga qodir bo‘lib, vizual
tarzda ajoyib grafika va tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida
yosh va zamonaviy rassomlarga ijodning yangicha usullarini kashf qilishga
imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari saytlami dizayni mukamallashtiriladi.
Saytlarni bezash uchun turli xil illyustratsiyalar (rasmlar, grafiklar, roliklar,
animatsiyalar, bannerlar va boshqalar) yaratishda va tayyor grafik formatdagi
ma’lumotlami o‘zgartirishda kompyuter grafikasidan keng foydalaniladi.
Bu dasturlar nafaqat o‘quvchilar yoshlar uchun qulay balki, o‘qituvchilar
uchun ham yangicha g‘oyalar taqdim etadi. Dars jarayonida turli kashfiyotlarni
amalga oshirish mumkin,o‘z g‘oyalarini yangi ko‘rinishda taqdim etish uchun va
eng asosiysi yangi bilimlarni o‘zlashtirish darajasini o‘stirish uchun xizmat
qilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning qiziqishiga sabab bo‘ladi. Grafik dasturlarda
axborot bilan ishlash insonning ko‘rish, eshitish va sezish organlariga qaratilgan
bo‘ladi, ya’ni, axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Aynan
shu holat dars jarayonida juda qo‘l keladi. Axborotlarni qabul qilish jarayonini
yaxshilaydi.
Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo‘lsada,
ular bir birlaridan o‘zaro qo‘llanilish sohalariga qarab farqlanadi. Har bir soha
mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar.
705
Dasturlarning imkoniyatlari ham ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan. Shuning uchun,
grafik dasturni tanlashda, avvalom bor, uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim.
Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki
fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi.
Badiiy-ijod , rassomchilik bilan shug‘ullanuvhilar uchun ham grafik
dasturlar bo‘lib, ularda surat chizish jarayoni va kelib chiqadigan natija insonni lol
qoldiradi.Ularning qulayligi egallanadigan joy va mablag‘ning tejalishidir. Siz o‘z
kompyuteringizda yoki smartfoningizda hoxlagan suratingizni chizish imkoniga
ega bo‘lasiz. O‘zingiz istagan vaqt va joyda. Aynan ana shunday jihati sababli ham
grafik dasturlar an’anaviy rassomlik san’atining o‘rnini asta-sekin egallamoqda.
Lekin mening nazarimda bu badiiy rassomchilikning bir yo‘nalishi yoki turi bo‘lar
ammo, zinhor uning o‘rnini egallay olmaydi.
Grafik dasturlar zamonaviy hayot talabidir. Biz grafik dasturlardan har
kungi hayotimizda , suratlarimizni tahrirlash, ularni o‘zgartirish , qirqish va
o‘zgartirish uchun foydalanamiz. Grafik dasturlar nafaqat odatiy hayotimiz balki
talim jarayonida , o‘qish faoliyatimizda ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Inson
hayotini yengillashtiruvchi, estetik zavq beruvchi bunday yangiliklar doimo bizni
o‘ziga jalb qiladi.
|