Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Boltaboevich, B. B. (2020). Formation of the skills of portraying the future
teacher of fine arts in pencil drawing. ACADEMICIA: An International
Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1122-1127.
2. Baymetov, B. B., &Muratov, K. K. (2020). Self Sketches as a Tool in the
Professional Training of a Future Artist-Teacher. SolidStateTechnology, 224-231.
3. Байметов, Б. Б. (2016). История развития изобразительного искусства
Узбекистана. Наука, образование и культура, (1 (4)).
4. Baymetov, B. B., &Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students’
Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of
Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.
5. Boltabayevich, B. B., &Shodievna, B. O. (2020). Individual Approach To The
Formation Of Artistic And Creative Talents Of Students In Art Schools. The
American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 637-642.
6. Jabborova Shahzoda Husenqizi (2022) Vizual faoliyat jarayonini boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari ta’lim jarayonida qo‘llash. IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
15(02) 24-27. 7. Aslanova Nargiza Hakimovna (2021) Tasviriy San’at Fani
690
To‘garaklarida STEAM Talim Tizimi. Journal of Innovations in Social Sciences
01(06) 2021 99-106.
O‘QUVCHILARINING VOKAL-XOR MALAKALARINI TARKIB
TOPTIRISH USULLARI
Raximov R.N.
BuxDUPI o‘qituvchisi
Boshlang‘ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari umumiy ta’lim
maktablarida o‘quvchilarga badiiy ta’lim va axloqiy estetik tarbiya berish
tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Dasturda o‘quvchilarga tizimli ravishda vokal-xor malakalarini singdirib
borish masalasi ham qo‘yilgan. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ovoz
apparatini juda nozik, ovoz diapozonlari cheklangan bo‘ladi. Uzoq vaqt
surunkasiga qo‘shiq kuylash bolalar ovoz apparatining shikastlanishiga olib kelishi
mumkin. Ayrim o‘qituvchilar amaliyotda dars tuzilmasini buzib, musiqa savodi va
musiqa tinglash faoliyatlari o‘rnida ham jamoaviy qo‘shiq kuylatish hollariga yo‘l
qo‘yishadi bu esa o‘quvchilarning ovoz diapozonlariga putur yetkazishi mumkin.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli ovozga ega
bo‘ladilar. Birinchi sinfdan boshlab mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning vokal va xor
malakalari takomillashtirilib boriladi. O‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri
tutish, nafasni rejaga sola bilish, kuylaganda unli va undoshlarni, melodik,
garmonik intervallarni to‘g‘ri talaffuz qilish, dinamik tuslarga rioya qilgan holda
mayin ovozli uyg‘un, yoqimli kuylash ustida muntazam ravishda isholib boriladi.
Dasturda vokal xor malakalari (gavdani to‘g‘ri tutish, nafasni rejaga solish,
tovush xosil qilish, diksiya, soz, ansambl va dinamika) ustida ishlash harbir sinf
uchun alohida belgilangan. Bolalar ovozini parvarish qilish, vokal va xor
malakalarini oshirishda, qushiq o‘rgatishda oldin maxsus vokal mashqlaridan
foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avval o‘quvchilarni ishchi diapozonining prima
(o‘rta) tovushlaridan boshlab, pastga tomon yo‘naluvchi tetraxordlardan
691
foydalaniladi. Nafas esa me’yorida shovqinsiz, yelkani ko‘tarmay o‘z vaqtida olish
va mayinataka kuylashga aloxida e’tibor beriladi. Shuningdek, ularni ovoz
diapozoni haddan tashqari past yoki yuqori pardalarda kuylatish yaramaydi.
Qattiq gapirish, baqirish taom va ichimliklarni juda issiq yoki sovuq holda
iste’mol qilish ovoz pardalarini xastalantirishi haqida ogohlantirib borish lozim.
Ovoziga xastalik alomatlari aniqlangan o‘quvchilar muolaja davrida kuylashdan
ozod etiladi. Bular o‘z vaqtida muolaja uchun otolaringologlar yoki foniatr
shifokorlarga yuborilishi lozim. O‘quvchilar ovozini asrash ustida muntazam ish
olib borish ovoz apparatining sog‘lom rivojlanishini ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi..
Musiqa darslari jarayonida 1-sinfda vokal – xor malakalarini shakllantirishda
Re 1 (Do diez 1) – Do 2 tovushlari oralig‘ida (diapozonida) bo‘lgan bir ovozlik
qo‘shiqlarni ayttirish tavsiya etiladi.
Jamoaviy kuylashdagi holat –o‘tirib kuylashda qo‘llar tizza ustiga qo‘yiladi.
Turib kuylaganda esa qo‘llar ikki yonga erkin tushiriladi.. Har ikkala holatda ham
yelkalar orqaroq olinib, gavda va bosh zo‘riqtirmasdan to‘g‘ri tutiladi. Nafasni
rejaga solish, hamma bilan birga ko‘krak va yelkalarni ko‘tarmasdan, shovqinsiz
nafas olish, musiqaviy jumlalarning cho‘zimini oldindan his qilgan holda, asarning
sur’atiga qarab uzun yoki qisqa nafas ola bilish, olingan nafasni tejamli, bir
me’yorda sarflab, jumlaning oxirigacha yetkazish talab etiladi.
Yana bir muhim fiziologik jarayon- ovoz hosil qilish:- artikullyatsiya
organlarini erkin harakatlantirish, lablar va tillarni faol tutish, unli tovushlarni
talaffuz qilganda og‘iz va lablarni ochilish holatlarini bilish, unlilarni yumaloq
qilib kuylay olish. Tovush temblarining bir xilliliga erishish. Tovushni bir
maromda, aniq balandlikda ushlay olish va unisonda (birovozlikda) kuylayolish.
O‘rtacha dinamikda mayin, yumshoq kuylash, mantiqiy urg‘ular bera olish
Xor malakalari-sinf sahnasiga chiqish qoidalarini va sinf xorida o‘rnini bilish.
Kuylayotganida qo‘shiq aytayotganlarning ovozini nazorat qilib borish va o‘z
692
ovozini ularga moslay olish. Tovushlarni kuylashda sozga, sur’at va dinamik
tuslarga rioya qilish, qo‘shiq so‘zlarini aniq va tushunarli qilib talaffuz etish. Butun
guruh bilan va yakka holda kuylay olish. Qo‘shiqlarni musiqa asbobi jo‘rligida va
jo‘rsiz kuylay olish, kuylaganda dirijorlik ishoralariga rioya qilish. Qo‘shiqning
usuliga chapak chalib, bir joyda qadam tashlab, tizzalariga kaft bilan urib jo‘r bo‘la
olish, turli yangi usul, harakatlarni o‘ylab topish va hokazo.
2 – sinfda- Do 1 - Re 2 diapozonimdagi bir ovozli qo‘shiqlarni kuylash
tavsiya etiladi
Qo‘shiq
aytishdagi
holat:
birinchi
sinfda
egallangan
malakalarni
takomillashtirish. Kuylaganda o‘zini erkin tutish, ovoz apparatlariga va
muskullarga zo‘riqish bo‘lmasligiga erishish Nafasni rejaga solish: chuqur nafas
olish malaklarini o‘stirish, Tez sur’atli asarlarni kuylaganda jumlalar oralig‘ida
nafasni tez va yetarli ola bilish. Uzunroq jumlalarni kuylaganda nafasni me’yoriga
olish va bir maromda sarflay bilish, jumla o‘rtasida nafas olmaslik kabilar
Ovoz hosil qilish: mayin va yoqimli kuylay olish. Og‘ir sur’atli qo‘shiqlarni
kuylaganda ortiqcha cho‘zib, asarning xarakterini bo‘shashtirib yubormaslik, Tez
sur’atli asarlarda shoshmaslik, ovoz mayinligini yo‘qotmasliga bilan birlashtirilgan
notalarni kuylay olish. Unlilarni to‘g‘ri talaffuz etish, undosh tovushlarni burro va
aniq talaffuz etish. Kuylaganda og‘izning yumaloq bo‘lishiga erishish. O‘zbek
tilida ochiq talaffuz qilinadigan unlilarni “ u “ tovushiga yaqinroq qilib yumshatib
aytish. Baqirib, qattiq va ochiq ovozda kuylashga yo‘l qo‘ymaslik.
Xor malakalari: unisonda (birovozlikda) – dinamik tuslarga to‘la rioya qilgan
holda, sof va tiniq intonatsiyada ta’sirchan qilib kuylash, yakka holda, kichik-
kichik guruh yoki butun sinf bilan birgalikda kuylay olish. Mazmuni va xarakteri
turlicha bo‘lgan qo‘shiqlarni musiqa asbobi jo‘rligida va akapella tarzida ijro eta
olish. Musiqada takt hissalarining urg‘uli va urg‘usiz ( kuchli yoki kuchsiz)
bo‘lishi haqida tushunchaga ega bo‘lish. 3 chorakli va 2 chorakli o‘lchovlarda
dirijorlik harakatlarini tushunish. O‘qituvchi asarda dirijorlik qilganda uning
693
qo‘liga qarab ko‘pchilik bilan birgalikda nafas olish, ijroni boshlash, dirijorlik
ishorasiga amal qilgan holda ijroni to‘xtatish.
3 – sinfda o‘quvchilar DO 1 – RE (MI) 2 diapozonidagi bir ovozli va ikki
ovozli elemenlari bo‘lgan qo‘shiqlarni kuylaydilar. Qo‘shiq kuylashdagi holat: 1
va 2-sinflarda olingan malakalarni takomillashtirish, kuylaganda gavda, bosh
yelkalar, qo‘llar, oyoqlarning, shuningdek, ovoz apparatlarining erkin holatda
bo‘lishini kuzatib borish.
Nafasni rejaga solish: to‘g‘ri nafas olish malakalari ustida ishlashni davom
ettirish, nafasni ko‘krak qafasiga olinishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik. Olingan
chuqur nafasni to‘xtata olish va undan kuylash uchun tayanch hosil qila bilish.
Ayniqsa yuqorigi va pastgi notalarni kuylaganda nafasdan tejamli foydalanish
Tovush hosil qilish: Mardlik, jasurlik haqidagi qo‘shiqlar kabi qat’iy ohangda
aytiladigan qo‘shiqlarni yengil, silliq, mayin va jarangdor ovozda kuylash,
tovushning qo‘pol, dag‘al va notekis bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Og‘ir sur’atli
asarlardagi uzun jumlalarni kuylaganda nafasni rejali taqsimlay olish. Tez sur’atli
asarlarda nafasni shovqinsiz tez va yetarlicha ola bilish. Liga bilan birlashtirgan
notalarni kuylash, stakatto qo‘yilgan notalalarni keskin, uzib- uzib kuylash. Unli va
undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish malakalarni o‘stirish. Yuqori pardalarda
ovozni yopa bilish va pastki pardalarda ehtiyotkorona bilan past ovozda,
zo‘riqmasdan kuylash.
Xor malakalari: Ikki ovozli elementlari bo‘lgan qo‘shiqlarni aytish. Bunda o‘z
|