ADABIYOTLAR:
1. Jerry V. Krause, Don Meyer, Jerry Meyer. Basketball skills &drills” third
edition. 2008.
2. Татарова С.Ю., Татаров В.Б. Cпециальные упражнения для совершенство-
вания технико-тактической подготовки баскетболистов. Mосква, -- 2015.
3. Dustov B. A., Toshov M. K., Sabirova N. R., Fazliddinov F. S. Psychological
Impact Of Football Games To The Formation Of Individuality Of The Student.
Journal of Critical Reviews ISSN- 2394-5125 Vol 7, Issue 6, 2020.
675
4. Sabirova N. R., Yusupov J. N. Possibilities Of Using The Tools Used In
Teaching Short-Distance Running Techniques. Web of Scientist: International
Scientific Research Journal. 2021/5/.
5. Исломов Э.Ю., Хамроев Б.Х., Сафаров Д.З. Управление воспитанием
юного спортсмена во время занятий физическими упражнениями и на
тренировке // Вопросы науки и образования, 2020. № 20 (104).
6. Джураева.М.З. Роль физкультуры в формировании здоровых привычек у
молодых людей. Academy. № 10. 14.10.2020 с 47-49.
7. Джураева.М.З. Психологическая сущность воспитания спортсменов”.
Psixologiya № 1.2021 стр 51-55.
8. Fazliddinov F. The Basis Of Physical Education Of Schoolboys-Physical
Education Knowledge. Web of Scientist: International Scientific Research Journal
2 (05), 41-48.
MILLIY SAN’AT VA MADANIYATIMIZ HAQIDA BA’ZI
MULOHAZALAR
Ibadullayeva Shaxnoza Ilxamovna,
Buxoro davlat universitetining pedagogika
instituti San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
Fayziyeva Xolida Zohid qizi,
Buxoro davlat universitetining pedagogika
instituti Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi ta’lim yo‘nalishi I kurs talabasi
Ma’lumki, O‘rta Osiyo IX—XII asrlarga kelib markazlashgan yirik
davlatlar tarkibiga kirgan. Davr taqazosi bilan aynan shunday yiriklashish
mamlakatning rivojlanishiga, ma’naviy turmush tarziga, ilm, fan, san’at va
madaniyatning rivojlanishiga zamin yaratdi, Markazlashgan mamlavatning
shakllanishi Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz, Mavr, O‘zgan kabi shaharlarda
676
o‘z aksini topdi. Xususan, me’morchilik o‘zgacha chiroyga ega bo‘lib,
bunyodkorlik o‘zida, turli uslublarini mujassam eta oldi. Bu esa saroylar, masjid,
madrasa, minora, maqbaralar, tim va karvonsaroylar bunyod qilinishida asosiy
poydevor bo‘ldi. Tarixiy davrning ijtimoiy sharoiti, yuksalib borishi natijasida
me’morchilik san’ati rivojlanib loy, paxsa, yog‘och — sinch qurilish materiali
o‘rnini pishiq g‘ishtlar egallay boshladi. Bu o‘z navbatida me’morchilikda qurilish
uslublarining o‘zgarib borishi hamda, mahobatli inshootlar tomi o‘rnini gumbazli
binolar egallashiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib ilgari qurilgan inshootlar shaklini
kub shakldagi inshootga bo‘shatib berdi va me’morchilikning yangi uslubini
namoyon etdi. Shunday me’morchilik shu tarzdagi uslub Ismoil Somoniy
maqbarasini qurilishida namoyon bo‘lganligini aytish mumkin. Bu yodgorliklar
O‘rta Osiyoda o‘ziga xos me’morchilikning rivojlanish tarixidan ma’lumot beradi.
Albatta bunday ulkan inshootlar mamlakatning ko‘pgina shaharlarida yuzaga
kela boshladi. Ular qurilishiga katta mablag‘ sarflanib, nafaqat shaharning
mudofaalangan ichkarisida emas, balki shaxarning so‘lim, ko‘rkam va go‘zal
bog‘lari atrofida ham bunyod etilgan. Binolar o‘zining maxobatliligi,
serxashamligi, nafis bezaklari bilan xar qanday odamning e’tiborini o‘ziga
jalb qila olgan.
Me’morchilik san’ati o‘zining jimjimador naqshlari orqali naqqoshlik va
tasviriy san’at yo‘nalishidagi muhim ko‘rinishlarni yuzaga chiqardi. Binolarda
yog‘och o‘ymakor ustunlar, devorlardagi buyoqli ganch o‘ymakorligi bilan
pardozlanish hususiyatlari kator obidalarning yanada mahobatli, salobatli bo‘lib
ko‘rinishida muhim axamiyat kasb etgani fikrimiz dalilidir. Odatda tasvirlar
odamlar va hayvonlar tasviriga ko‘ra, murakkab geometrik (girix) va
(o‘simliksimon) islimi naqshlardan iborat bo‘lgan. Bu davr madaniyatida nafaqat
me’morchilik, naqqoshlik san’ati bilan chegaralanib qolgan, balki xattotlik, kitob
ko‘chirish san’ati shaklida xam rivojlanib borganligini kuzatamiz.
677
O‘rta Osiyoning IX —XII asrlardagi madaniy turmush tarzining
rivojlanishida musiqa san’ati ham muhim rol o‘ynagan. Ularning o‘ta muximligi
to‘ylar, bayram, xalq sayllarida o‘z ijrosini topgan. Davr ustalari bir qator musiqa
asboblarini yaratishga muvaffaq bo‘lishgan: Tanbur, ud, rubob, qubuz, nay,
surnay; qo‘shnay, karnay kabilar xalqning sevimli qo‘shiqlarini, dardlarini ifoda
etishida qo‘l kelgan. Sevimli «Shashmaqom»ning asl poydevori ham shu davrda
yuzaga kelgan. Buyuk siymolar Mahmud Qoshg‘ariy, Ibn Sino, Al -Farobiylar
musiqa nazariyasini yaratishga muvofiq bo‘lgan, shoirlar esa she’riyatga alohida
e’tibor ajratib, o‘lkaning madaniy sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.
XIII —XV asrlarga kelib, Temur va Temuriylar O‘rta Osiyo madaniyatini
rivojlanishida yangi taraqqiyot yo‘lini ochib beradi. Bu davrga kelib ayniqsa,
me’morchilik, amaliy san’at, adabiyot, musiqa sohasida beqiyos darajadagi ulkan
o‘zgarishlar yuzaga keladi. Jumladan, musiqa sanati va madaniyatiga alohida
etibor qaratilgan. Zero, Amir Temur o‘zining har bir shonli g‘alabasida musiqa
san’atini beqiyos ta’sirini ko‘ra bilgan, uning inson sezgisiga his-tuyg‘usini
imkoniyatlardan o‘rinli foydalanib lashkariga katta zavq-shavq in’om etgan. Biz bu
jihatlarni quyidagi misralardan ham bilib olishimiz mumkin; “Amr kildimki,-deb
yozadi Amir Temur,-o‘n ikki katta amirlarning har biriga bitta bayroq va bir
nog‘ora bersinlar. Amir ul-umaroga bayroq va nog‘ora, tuman tug‘i va chortug‘
taqdim etsinlar. Ming boshiga esa bir tug‘ va karnay(nafir) bersinlar.Yuzboshi va
ming boshiga bittadan katta nog‘ora (tabol) bersinlar aymonlarning amirlariga
bo‘lsa, bittadan bayroq, nog‘ora, chortuq va burg‘u bersinlar”. Ushbu misralardan
shular ayonlashadiki, o‘sha davrda nog‘ora, karnay, katta nog‘ora singari
cholg‘ularning o‘ta jarangdor tovush va usullaridan harbiy yurishlarida o‘rinli
foydalanilgan, biror qishloq yoki shaharga hujum qilmokchi bo‘lgan Amir Temur
lashkari dastavval o‘sha yerga yashirincha karnaychi va nog‘orachilarni kiritib
bexosdan bu asboblarni ijro ettirgan. Natijada jarangdor va kuchli ovozli bu
asboblar sadosi aholini dovdiratib sarosimaga solgan va lashkar ruhini g‘alaba sari
678
intilishga ruhlantirgan. Amir Temur davriga kelib sozanda va xonandalik musiqa
ta’limi, hatto bastakorchilik musiqa ilmi keng rivojlana boshlagan. Ayniqsa, taniqli
san’atkor va ijodkorlar bir maqsad sari ijod eta boshlagan. “Xonandalar mavzesi,”
“Sozandalar mahallasi ”, “Bastakorlar ko‘chasi” kabilar joriy etilib maxsus
musiqiy-ijodiy maktablar shakllangan. E’tiborli tomonlari shundaki, murakkab
musiqiy ijro tizimiga kiruvchi maqom ijrochiligining cholg‘u- ashula, cholg‘u-
ansambl ijro yo‘llari harbiy marosim, saroy tadbirlari va oilaviy marosimlarda
qo‘llanilgan. Amir Temurning shaxsan o‘zi tayinlagan karnaychi va nog‘orachilar
turli ommaviy bayram tantanalarni qiziqarli o‘tishida hamda Ramazon oyida
bozorlarda kechqunlari o‘tkazib turilgan yani “bozori-shab” udumlarida beminnat
xizmat ko‘rsatgan.
Xullas, bu davrga kelib o‘zbek xalq musiqasi bilan bir qatorga harbiy-
rasmiy musiqa, mumtoz maqom san’ati, turkiy, arabzabon , forsiyzabon
xalqlarning folklor ijod san’ati rivojlanib borgan. Zaynulobiddin Xusaynning
“Qonuni ilmiy va amaliy musiqaviy”, “Najmiddin Kavkabiyning risolayi
musiqaviy”, “Risolaviy dar biyoboni duvozda maqom”, “Darveshali Changiyning
risolayi musiqa”, Jomiyning “Risolayi musiqa”, asarlari musiqa ilmining
rivojlanganlik darajasini nechog‘lik o‘sib borganidan dalolat beradi. Temur va
uning izdoshlari shuningdek, ulkan inshootlar, karvon saroylar, ko‘prik, xammom,
madrasa va maschitlar, bog‘lar barpo etishga e’tibor qaratganlar. Kitob san’ati va
hattotlik, sifatli qog‘oz ishlab chiqarish tez sur’atda rivojlangan. «Sharq Rafaeli»
nomi bilan mashhur bo‘lgan Kamoliddin Behzod mo‘jaz (miniatura) san’atiga asos
solgan buyuk siymolardan biridir. Behzod yaratgan har bir chizgida davr nafasi,
shaxs siymosi o‘z aksini topa oldi. Shunday qilib, milliy san’atimizning
me’morchilik, xunarmandchilik, uymakorlik, naqqoshlik, amaliy san’at, adabiyot,
musiqa bilan bir qatorda kulolchilik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik san’at turlari keyingi
asrlarda yanada rivojlanib el-yurt madaniyatini o‘sishga, xalqning turmush tarzini
yaxshilashga olib keldi. Lekin sobiq ittifoq davrida milliy xunarmandchilik va
679
amaliy san’at rivoji e’tibordan chetda qoldi. Natijada milliy xunarmandchilikning
60 dan ortiq turidan atigi 5 tasi saqlanib qoldi, xolos. Davlatimizning mustaqillik
davlat sifatida faoliyat ko‘rsatgan kundan e’tiboran bu ezgu ishlarga yana e’tibor
ko‘rsatila boshlandi. 1997-yil “Xalq hunarmandchiliklari va amaliy san’atini
yanada rivojlantirish davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Vazirlar mahkamasining farmonidan so‘ng, tez orada 30 dan ortiq
unitilgan hunar turlari tiklandi. Yangi sharqona hunar maktablari shakllandi.
“Hunarmandlar markazi” tashkil etilib, uning sirasiga kulolchilik, zardo‘zlik,
zargarlik, gilamdo‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi qaytadan tiklanib, yuqori
sifatli mahsulotlar bilan bozor rastalari to‘lib-toshdi, chet ellarga mahsulotni sotish
imkoniyatlari yaratildi. Qadimiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan me’moriy
obidalar yangidan ta’mirlanib, asl qiyofasini egalladi.
|