Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Pugachenkova G.A., Rempel L.I. «Ocherki iskusstva Sredniy Azii». Moskva.
Iskusstva 1982.
2. Mirzaraximov M. Problemi kompozitsii v jivopisi Uzbekistana. Tashkent,
Shark. 2006
3. Umarov A. «Portretnaya jivopis Uzbekistana». Tashkent «fan» 1968 g.
4. O‘zbekiston tasviriy san’ati. G‘.G‘ulom nomidagi «Adabiyot va san’at». Nashr
Tashkent 1979.
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA SAN’ATSHUNOSLIKGA OID
MAVZULARNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
ASOSIDA O‘QITILISHI
680
Ibragimova Nigora
BuxDUPI magistranti
nigoraibragimova270@gmail.com
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarining maqsadi
o‘quvchilarning badiiy –estetik tarbiyasi bilan bogliq bo‘lib,u yoshlarni komil
inson qilib shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at darslari
o‘quvchilarningrasm ishlash malakalarini kengaytiradi, ijodiy qobiliyatlari,
kuzatuvchanligini, ko‘z xotirasini rivojlantiradi. Shuningdek bu o‘quv predmeti
o‘quvchilarda milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishda, ayniqsa axloqiy,
vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega.
Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bu o‘quvchilarni estetik xususan,
badiiy tarbiyalash ekan, u hayotdagi, tabiatdagi, san’atdagi, kishilarning
munosabalaridagi go‘zalliklarni to‘liq idrok etishni shakllantirishdir. Zotan
go‘zallik kishilarning aqliga, qalbiga, irodasiga ta’sir etib, ma’naviy dunyosini
boyitadi. Hayotga estetik munosabatda bo‘lish ilhomning asosi bo‘lib, mehnatni
quvonch va ma’naviy manbaga aylantirishga yordam beradi. Jamiyatimizning har
bir kishisi qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar, go‘zallik va
nafosatni ko‘ra olishi, tushuna bilishi kerak. O‘quvchilarni estetik jihatdan
tarbiyalash maqsadida o‘qituvchi ularga tabiatdagi go‘zalliklarni, shakl va
ranglarning turli-tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarda quvonch, hayajon baxsh
etguvchi tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan tasvirlab bo‘lmas rang birikmalari uzoq
vaqtlargacha ularning xotirasida saqlanib qoladi. Rasm chizish jarayonida bolalar
narsalarning shakli, o‘lchovlari, fazodagi holati, rangi kabilarni diqqat bilan
o‘rganadilar. Ma’lumki hozirgi kunda ta’limni innavatsion pedagogik
texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning
muhim xususiyatlaridan biri bu ta’lim oluvchilarni o‘qitish emas ularni mustaqil
bilim va malakalarni egallashlariga yo‘llashdir. Bunda o‘qituvchining asosiy
vazifasi o‘quvchilarni mustaqil ishlariga rahbarlik qilishdan iborat bo‘ladi.
681
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning maqsadi qisqa vaqt davomida
o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularga keng va chuqur bilim
berish hamda tegishli malakalarni egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdan
iboratdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga
joriy etish zaruriyati esa quyidagi muhim omillar bilan belgilanadi:
-O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan so‘ng yangi ta’lim mazmunini
ishlab chiqilganligi, uning mazmuni kengayganligi va chuqurlashganligi;
-O‘quvchilarning bilishlari va egallashlari lozim bo‘lgan ta’lim mazmuniga
kiradigan fan, texnika va madaniyaning yangi yutuqlarga erishayotganligi;
-O‘quvchilarning kasbiy tayorgarligiga talablarni oshib borayotganligi.
Maktablarda zamonaviy pedagogik texnologoyalardan foydalanishning mohiyati
va mazmunini yetarlicha tushunib yetishmayotganliklari.
Ular ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va bunda tashxisli ta’limga
aoslanish, mazkur jarayonni doimo boyitish va yangilab turish, shuningdek
masalada turli-tumanlikka erishish, ta’lim jarayonini to‘xtovsiz tahlil qilib turish
hamda uning mavjud pedagogik jarayonlar bilan solishtirish, ta’lim oluvchilarning
faoliyatlarini doimiy nazorat qilish va baholash hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik
texnologiyani muhim xususiyatlaridan biri bu ta’lim oluvchilarni o‘qitish emas,
ularni mustaqil bilim va malakalarni egallashlariga yo‘naltirishdir. Bunda
o‘quvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarni mustaqil ishlariga rahbarlik qilishdan
iborat bo‘ladi. Pedagogik texnologiyaning samaradorligi esa ko‘proq o‘quv
metodik majmualar bilan ta’minlanganliga ham bog‘liq bo‘ladi. Mazkur
texnologiyani asosiy shartlaridan yana biri bu o‘quvchilarni pedagogik texnologiya
nazariyasi va uni amaliyotga qo‘llash mexanizmlarini puxta o‘zlashtirib olishlari
hisoblanadi. O‘rni kelganda shunday qayd qilish lozimki, hozirda oliy pedagogik
ta’lim tizimida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni zamonaviy texnologiyalar bilan
qurollantirishga yetarli e’tibor berilmayapdi. Bu esa o‘z o‘rnida mazkur
muammoni maktablarda muammoligicha qolishiga asosiy sabablardan biri bo‘lib
682
qolmoqda. Pedagogik texnologiyaning samaradorligi ko‘p jihatdan badiiy ta’lim
jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlab ularning faolligini
oshirishga
bog‘liqdir.
Mashg‘ulotlarda
o‘quvchilarning
ehtiyojlari
va
manfaatdorliklarini hisobga olish muhimdir. Buning uchun birnchi galda u tasviriy
san’at asoslarini egallash, uning har bir shaxs uchun qanchalik muhim ekanligi, u
kishilarning hayotida qanchalik kerak bolishi haqida to‘liq tushuncha hosil qilishi
lozim. Ayniqsa, tasviriy san’atni kishilarga hayotni bilishga yordam berishi, tarixni
bilishga ko‘maklashishi, tabiatni, borliqdan zavq olishga, dam olish va xordiq
chiqarishga yordamlashishi, ko‘rish xotirasi,kuzatuvchanlikni o‘stirishi, tasavvur,
tafakkur va ijodkorlikni rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatishi haqida keng
hamda asosli ma’lumotlar berilishi maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida
zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanish degani bu har bir darsda mavjud
texnologiyani qullash shart degani emas. U dars mavzusi, uning mazmuni darsdagi
sharoitlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tadbiq qilinishi mumkin.
Xususan, tasviriy san’atni o‘qitishda ko‘p yillar davomida o‘qituvchilar
tajribasidan o‘tgan hamda yuqori natijalar berib kelayotgan texnologiyalar ham
borki, ularni bir chetga surib qo‘yib, uning o‘rniga zamonavy deb atalayotgan va
o‘qituvchi tajribasidan sinovdan o‘tmagan texnologiyani darsga tiqishtirish katta
xatodir. San’atshunoslik asoslari mashg‘ulotlariga 5-6-7-sinflarda katta o‘rin
ajratilgan bo‘lib, u o‘quvchilarda badiiy madaniyatni shakllantirishni maqsad qilib
qo‘yadi. San’atshunoslik asoslari mashg‘ulotlari tasviriy, amaliy, me’morchilik
san’atlari nazariyasi va tarixi, mashhur rassom, amaliy san’at ustalari,
me’morlarning hayoti va ijodini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. San’atshunoslik
asoslari mashg‘ulotlarining 5-6-7-sinflardagi xususiyatlaridan biri shundaki, bunda
nazariy mashg‘ulotlar amaliy ishlar bilan mustahkam aloqada olib boriladi.
Xususan, tarixiy janr yuzasidan suhbat o‘tkazilgandan so‘ng tarixiy mavzularda
rasm ishlaydilar. Shuningdek, bolalar amaliy ishlarda tasviriy san’atning tur va
janrlari, tasviriy san’atning nazariy asoslariga doir olgan bilimlaridan
683
foydalanadilar. Natijada, nazariy bilim va malakalar mustahkamlanadi.
San’atshunoslik asoslarini o‘qitisda didaktikaning ilmiylik, muntazamlik, va
ketma-ketlik, ta’lim va tarbiyaning birligiprinsiplariga rioya qilishni talab etiladi.
Ayniqsa, bunday mashg‘ulotlarni ko‘rgazmaliksiz o‘tkazish mumkin emas.
San’atshunoslik mashg‘ulotlarida san’at asarlarining reproduksiyalari, foto
nusxalaridan, slaydlardan, vidiofilmlardan fodalanish dars samaradorligini beradi.
Shu bilan birga viloyat markazlaridagi o‘lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan
san’at asarlari, shahar va qishloqlardagi yodgorlik haykallar va me’morchilik
obidalari, tasviriy san’atdan joylarda tashkil etilayotgan ko‘rgazmalardagi san’at
asarlarining asl nusxalari bilan tanishtirib boorish muhimdir. San’atshunoslik
mashg‘ulotlarini ma’ruza shaklida emas, ko‘proq savol- javob, munozara, o‘yin
tarzida tashkil etilishi o‘quvchilarni faollashtiradi, materialni puxta o‘zlashtirishga
yordam beradi. San’at asarlarini o‘rganish va tahlil qilish maktabda tasviriy
san’atni o‘qitishning bosh vazifalaridan biri hisoblanadi. Tasviriy san’at asarlarida
mavzu, syujet, g‘oya, badiiy uslub, obrazlar, personajlar bo‘lib, asardagi voqeaning
davri, voqeasi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
San’at asarini tahlil etishda:
1. Asarni yaratish tarixi (mavzu tоpish va material yig‘ish).
2. Asarni syujeti (syujetni tоpish va uni ifоda etish).
3. Asarni g‘оyasi (asardagi g‘оyaviy mazmunni belgilash, yaratish).
4. Asarni badiiy uslubi (uni qanday uslubda, metоdda ishlanishi).
5. Asar taqdiri (asar hоzirgacha qanday, qaerda saqlanmоqda) asоsida
o‘rganiladi. Rangtasvir asarlari o‘zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko‘ra
mоnumental, dastgоh, dekorativ va miniatura asarlariga bo‘linadi.
San’at asarini bunday tahlil qilishda avvalambor o‘qituvchii rasm ishlay
olishi, asarni to‘g‘ri talqin etishi va uni boshqalarga tushuntira olishi zarur. Biror
san’at asarini tahlil qilganda, o‘qituvchi bolalarga quyidagi savollarni har xil
innavatsion pedagogik texnologiyalar asosida berishi mumkin. Asar muallifi kim?
684
Asarda kim yoki qanday voqea tasvirlangan? Asarda yilning qaysi fasli
tasvirlangan? Asar nomi nima? Asarda kunning qaysi vaqti tasvirlangan? Rassom
o‘z asari bilan qanday g‘oyani ifodalagan? Rassom qaysi yo‘nalishda ijod qilgan?
Asar qaysi janrda ishlangan? Bunday mashg‘ulotlarda bolalar suratlardagi
obrazlarni tushunib yetadigan, asarning mazmunini o‘qiy oladigan, ularnining
ifodaliligini, badiiy vositalarini anglab etadigan, haqiqiy san’at asarlarini oddiy
rasmdan farqini ajrata oladigan bo‘ladilar.San’atshunoslik asoslari mashg‘ulotlari
samaradorligini oshirishda dars mavzusiga doir san’at asarlari tanlanadi. Bunda bir
qator talablarga rioya qilish muhim. Ular asarlarning yuksak badiiy saviyada
ishlanganligi,
mazmunini
o‘quvchilarga
yaqin
bo‘lishligi,
shunindek
reproduksiyasi a’lo sifatda bajarilgan bo‘lishi kerak. Tasviriy san’at asarlarini
o‘rganish va tahlil qilishda dars mavzusiga oid reproduksiyalar ko‘paytirilgan
nusxada asarlar haqida aniq ma’lumotlar bilan birgalikda o‘quvchillarga
tarqatiladi. Bunda o‘quvchilar reproduksiyalarni ko‘zdan kechirib, tahlil shartlari
bo‘icha o‘z fikrlarini bayon etadilar. San’atshunoslik mashg‘ulotlari interfaol
usulda olib borilishi o‘quvchilar faolligini oshiradi, dunyo qarashi kengayib,
ma’naviyati yuksaladi. Tasviriy san’at darslarining san’atshunoslik mash’ulotlarida
milliy o‘zbek san’atini, uning badiiy an’analarini ayrim mashhur o‘zbek tasviriy,
amaliy, me’morchilik san’atlari ustalarining hayoti va ijodini, O‘zbekistondagi
yirik san’at muzeylarni bilishi tasviriy san’at fani vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bundan maqsad milliy san’at vositasida o‘quvchilarga badiiy ta’lim berish bilan
bir qatorda ularda shaxsni estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasini amalga
oshirishdan iboratdir. Ayniqsa yoshlarimiz qadimgi Misr, Yunoniston, Hindiston
me’morchiligi, Iroq, Turkiya miniatyura rangtasvir asarlari, Yevropada uyg‘onish
davri rangtasviri, G‘arb mamlakatlarining tasviriy san’ati namunalarini
o‘rganmasdan turib, badiiy madaniyatli shaxs bo‘lolmaydi. San’atshunoslik
mashg‘ulotlari mavzulari turlicha bo‘lganligi sababli zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida darsni olib boorish samarali bo‘ladi.
685
Masalan, san’atshunoslik mashg‘ulotlari mavzulari quyidagicha bo‘ladi:
1.Tasviriy, amaliy yoki me’morchilik san’atlarining turlari va janrlari. 2.San’atning
u yoki bu turida oqim va yo‘nalishlardir. 3. U yoki bu rassom, amaliy san’at ustasi
yoki me’morning hayoti va ijodi. 4. U yoki bu davr san’ati. 5. Tasviriy, amaliy,
me’morchilik san’atlarining nazariy asoslari (kompozitsiya, yorug‘-soya,
rangshunoslik, perspektiva) Sanatshunoslik mashg‘ulotlarining muvaffaqiyati kop
jihatdan ularni turli zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni qo‘llash
orqali o‘tkazilishiga ham bog‘liqdir. Xususan, bunday mashg‘ulotlardan bolalarga
san’at asari haqida insho yozish, san’at turlari yoki janrlariga oid reproduksiyalar
yig‘ish, taniqli rassom haqida materiallar to‘platish, krosvordlar yechish, albomlar
tayyorlash mumkin. San’atshunoslik mashg‘ulotlarida axborot texnologiyalaridan
foydalanish, dars jarayonida qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Bunda Power Point
dasturda yaratilgan dars taqdimotlarida slaydlar yirik holda namoyish etilishi, ular
orasida vidoifilm, musiqali namoishlar, dizayn, animatsiyalar tasviriy san’at
asarlarini ya’na ham chuqurroq o‘zlashtirishga, darsning mazmunli va qiziqarli
o‘tishini ta’minlaydi. Albatta tasviriy san’at o‘qituvchisi Power Point dasturida
ishlashni puxta o‘zlashtirishi va oquvchilar yoshiga mos, tarbiyaviy ahamiyatga
ega bo‘lgan san’at asarlari reproduksiyalarini tanlay olishi zarur. Taviriy san’at
o‘qituvchisi tasviriy san’at tarixi haqida keng ma’lumotga ega bo‘lishi, tasviriy
sanat ta’limiga oid yangi adabiyodlar bilan tanishib borishi, AKT savodxonligi
bo‘lishi zarur. Tasviriy san’at darslarida san’atshunoslik mashg‘ulotlari zamonaviy
pedagagogik texnologiyalar asosida , interfaol usullarda, axborot texnologiyalar
asosida olib borilishi, yosh avlodni yuksak ma’naviyatli barkamol shaxslar bolib
yetishishida poydevor vaifasini o‘taydi.
|