Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni. Barkamol avlod -
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 1998y.
686
2. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Barkamol
avlodYzbekiston taraqqiyotining poydevori.T., 1998y.
3. R.Ilashova.Amerika maktablarida.-“Boshlang‘ich ta’lim”jurnali.2019-yil.
4.http//elib.buxdu.uz
AMALIY SAN’AT ASARLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNI
ESTETIK JIHATDAN TARBIYALASH
Shukurov Avaz Ro‘ziboyevich
Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti
“San’atshunoslik” kafedrasi dotsenti
Jabborova Shahzoda Husenqizi
Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti
“Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati” I bosqich magistranti
Umumiy ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslari estetik tarbiyaning
asosiy vositalaridan hisoblanib, o‘quvchilarni ma’naviy barkamol etib
tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar ilmiy
bilim asoslarini egallaydilar, borliqni o‘zlashtiradilar, bu esa ularni g‘oyaviy, aqliy,
axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalashda samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Tasviriy san’at darslari tarkidida bo‘lgan Amaliy san’at turlari va ularni
o‘rganish mavzulari, o‘quvchilarga o‘zbek milliy amaliy san’at turlarini
tanishtirish, amaliy san’at asarlarini yaratish jarayonini o‘rgatish va shu bilan bir
qatorda o‘quvchilarning badiiy-estetik ongini rivojlantirish maqsadida olib
boriladi.
Amaliy san’at turlari va ularni o‘rganish darslari o‘quvchilarda ma’naviy
dunyoqarashni, g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. U
fikrlash qobiliyatini, ko‘rish xotirasini, ijodiy tasavvurni, badiiy didni, estetik
hissiyotni o‘stiradi. O‘zbek milliy amaliy san’atining har bir turi (naqqoshlik,
zardo‘zlik,kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zlik, loydan turli
haykalchalar yasash va boshqalar) o‘quvchilar ijodiy qobiliyatining o‘sishiga,
687
dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, ya’ni shaxsni har tomonlama
kamol toptirishda o‘z hissasini qo‘shadi.
Amaliy san’at uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan bo‘lib, elementar
bezaklardan ibtidoiy odamlar turli xil asboblar, kulolchilik, kiyim-kechaklar
zamonaviy interyerda, shaharda ko‘plab mahsulotlarning murakkab majmuasiga
aylandi. Amaliy san’at asta –sekin atrof muhitning, ob’yektlarning keng doirasini
o‘z orbitasiga qamrab oladi va bugungi kunda u deyarli universal bo‘lib qoldi.
Amaliy san’atda yangi janrlar paydo bo‘la boshladi, shuningdek yangi yo‘nalishlar
yaratildi. Ular materiallarni dekorativ qayta ishlash tehnologiyalarining
rivojlanishi tufayli paydo bo‘ldi.
Amaliy san’at taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyati, uning hayot muhitini
badiiy boyitishga xizmat qiladigan estetik vazifasidir. Atrofimizdagi olam,
yashash muhitimiz aynan amaliy san’at turlari orqali go‘zallashdi, o‘zgacha
ko‘rinish, o‘zgacha xarakter kasb eta boshladi. Eng asosiysi bizning badiiy estetik
qarashlarimiz, estetik didimizni belgilab beruvchi, uni rivojlantiruvchi, inson
shaxsiyatini ko‘rsatuvchi vosita sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Estetik tarbiya – bu o‘quvchilarning hayotdagi, tabiatdagi, san’atdagi,
jamiyatdagi go‘zalliklarini to‘liq idrok etish qobilyatini tarbiyalashdir. Go‘zallik
kishilarning aqliga, qalbiga, irodasiga ta’sir etib, ma’naviy dunyoqarashini
boyitadi.
Estetikaning sonlarning ijodiy faoliyatlaridagi roli benihoya kattadir.
Hayotga estetik munosabatda bo‘lish ilhomning asosi hisoblanib, mehnatni
quvonch va ma’naviy zavq manbaiga aylantirishga yordam beradi. Estetik tarbiya
jarayonida kishilarning qarashlari, his-tuyg‘ulari, didi shakllanadi. Bu shakllanish
esa g‘oyaviy-siyosiy tarbiya bilan, ijodiy tafakkurning rivojlanishi bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda maktablarimizning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda borliqni
faqat ijodiy o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyatni shakllantirishnigina
688
emas, balki ularda go‘zallik qonunlari asosida borliqni qaytadan qurish hissini
tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizdagi har bir inson qaysi sohada ish olib
borayotganligidan qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni ko‘ra bilishi va tushuna
bilishi kerak. O‘quvchilarning estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida o‘qituvchi
ularga tabiatdagi go‘zallikni, shakllarning turli-tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarga
quvonch, hayajon baxsh etgan tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan tasvirlab bo‘lmas rang
birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. Bu jarayonda amaliy
san’at namunalarining alohida o‘rni bor. Yorqin ranglar, o‘zgacha go‘zallik va eng
asosiysi milliy qadriyatlar uyg‘unligi, o‘quvchilarda faxrlanish, vatarparvarlik va
milliy g‘ururni shakllantiradi. Amaliy san’at asarlari bir qancha talablarga javob
beradi: ular estetik sifatga ega; badiiy ta’sir uchun mo‘ljallangan; kundalik hayot
va interyerni bezash uchun xizmat qiladi. Bunday asarlar kiyim kechak, libos va
bezak matolar, gilamlar, mebellar, badiiy oynalar, chinni, fayans, zargarlik
buyumlari va boshqa badiiy mahsulotlar hisoblanadi.
Amaliy san’atda janrlarning rivojlanishi ijtimoiy rivojlanish, jamiyat
hayotiga sezilarli tasir ko‘rsatdi. Jamiyatning ko‘proq qatlamlarini tobora o‘ziga
jalb qila boshladi. Ayniqsa dekorativ san’at ishlab chiqarish va ta’lim
jarayonlariga mustahkam kirib bordi, devor gazetalari, e’lonlar taxtasi,
taklifnomalar ,plakatlar, ko‘rgazmali o‘quv qurollari va boshqalar ko‘rinishidagi
zaruriy elementga aylandi.
Inson badiiy–estetik didi rivojlanishida dekorativ san’atning o‘rni beqiyosdir.
Avvalo go‘zallikni xisqilish, uni idrok etish tushunchasi, inson shaxsiyatida aynan
atrof muhit tasirida shakllanadi. Amaliy san’at bizni o‘rab turgan muhitni estetik
zavq beruvchi, o‘zgacha ko‘rinishga keltirishga qodir. Amaliy san’at buyumlari
insonlarning ma’naviy kamolotida, mehnat va estetik tarbiyasida, xalq
xo‘jaligidagi mehnatga tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Amaliy san’at va
amaliy san’at buyumlari madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, badiiy didning
shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadi.
689
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, Amaliy san’at va amaliy san’at
buyumlari orqalio‘quvchilarda estetik idrok, taqdimot, estetik his-tuyg‘u
rivojlanadi. Hissiy tajribalar to‘planadi, nutq boyitiladi. O‘quvchilar fikrlash
jarayoni rivojlantiriladi, taqqoslash tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish
jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat tomonidan oldimizga qo‘yilgan
yetakchi maqsad – har bir yosh avlodning shaxsini har tomonlama kamol toptirish
uchun mehnat, axloqiy va estetik tarbiyaning yaqin birligiga erishish ekan, bunday
muhim vazifaning yechimi sifatida, amaliy san’at buyumlari va xalq amaliy bezak
san’ati materiallari bo‘yicha talim jarayonida yangi o‘quv-ijodiy vazifalar tizimini
amalga oshirishni keltirish mumkin, va bu o‘z maqsadimiz tomon yetaklaydigan
samarali yo‘l bo‘lib xizmat qiladi.
|