Adabiyotlar:
1. Аль Кхатиб Ахмад, автореферат Начльное обучение юных
баскетболистов на основе скоростно-силовой подготовки., Волгоград, 2004,
— 209 с.
2. Бабушкин, В. З. Специальзация в спорт играх. Киев, 1991, — 164 с.
670
3. «Баскетбол». Поурочная учебная программа для детско-юношеских
спортивных школ и специализированных детско-юношеских школ
олимпийского резерва под редакцией Ю. Д. Железняка. Москва — 1984 г.
4. «Баскетбол. Азбука спорта». Костикова Л. В. — Москва — 2001 г.
Физкультура и спорт.
BASKETBOLCHILARNI TAYYORLASHDA QO‘LLANILADIGAN
SAMARALI USULLAR
Sabirova Nasiba Rasulovna
Buxoro davlat universiteti Pedagogika
instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi
va uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa,
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar
va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib
ishtirok etishini ta’minlash maqsadida professional sportchilarni tayyorlash,
jismoniy tarbiya va sport genofondini shakllantirish borasida izchil chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Zamonaviy basketbol ham o‘zining shiddatkorligi,
jozibadorligi, serqirraligi, harakatlarning keskinligi, chiroyli kombinatsiyalar va
inson ruhiyatiga intilish zavqini bag‘ishlaydigan sport turi sifatida yosh-u qarini
o‘ziga birdek ohanrabo singari tortadi.
Basketbol sport turini rivojlantirish jarayonida ishlab chiqilgan texnikalar,
usullar va ularning xilma-xilligi, o‘ziga xos o‘yin muammolarini eng
muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beradigan va g‘alabaga yetaklaydigan vositadir.
"Texnika" atamasi barcha sport turidagi kabi muammoni hal qilishga
qaratilgan harakatlar tizimini anglatadi. O‘yin jarayonida texnikani mahoratli
qo‘llash va ularni amalga oshirish usullarini shakllantirish o‘yinning asosiy
vazifalardan biridir. Tarix basketbol rivojlanishining turli bosqichlarida texnikalar
671
soni, ularni amalga oshirish usullari, baholash mezonlari o‘zgargani va
takomillashganidan guvohlik beradi. O‘yinnning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi,
uning texnikasi, taktikasini boyitish va o‘yinchilarning tayyorgarlik darajasining
oshishiga ta'sir ko‘rsatdi.
Sportchining har bir rivojlanish bosqichidagi texnikasi eng samarali,
amaliyotda sinab ko‘rilgan vosita bo‘lib, o‘yinchiga qoidalar doirasida qiyin
kurash vaziyatlarida muvaffaqiyatli harakat qilish imkonini beradi. Qiyin va
muammoli vaziyatlarda, o‘yin pozitsiyalarida eng yaxshi natijalarga erishish uchun
basketbolchi turli xil texnika va usullarni bilishi, vaziyatni analiz-sintez qilib
vaziyatga eng mos texnikani yoki texnikalar kombinatsiyasini tanlay olishi va
ularni tez va aniq bajarishi kerak.
Eng yuqori texnik mukammallik mezonlari:
a) o‘yinda berilgan vazifani hujum yoki himoyada ikki yoki uchta texnika
bilan birgalikda berilgan o‘yin funksiyalarini to‘liq bajarish;
b) ushbu usullarni amalga oshirishning aniqligi va samaradorligi;
d) chalg‘ituvchi harakatlar ta'sirida texnikani bajarishda barqarorlik -
sezilarli charchoq, psixologik stress, qiyin tashqi sharoitlar va boshqalar;
e) raqibning qarama-qarshiligining o‘ziga xos variantlariga qarab,
texnikaning bosqichlarini boshqarish qobiliyati;
f) texnikaning ishonchliligi, bu ko‘p yillik musobaqalar ishtiroki davomida,
yuqori aniqlik hamda o‘z ustida doimiy ravishda ishlash bilan belgilanadi.
Mahoratli o‘yinchilarning texnikasi boshqa sportchilardan texnikasining
yuqori darajadagi barqarorligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda sport
amaliyotida texnik o‘yinning barcha imkoniyatlari qo‘llanilmaydi. Sportchi
tanasining funksional va muvofiqlashtiruvchi imkoniyatlari hujum va himoyada
texnikasiga o‘zgarishlar qilish uchun yaxshi istiqbol yaratadi.
672
Guruhlarning har birida ularni amalga oshirishning texnikasi va usullari
mavjud. Texnikani bajarishning deyarli har bir usuli bir necha xil bo‘lib, ular
harakatlar tuzilishining individual tafsilotlarini ochib beradi.
Basketbolning oltita asosiy pozitsiyasi va harakatlari bu turish, boshlash,
qadamlar, burilishlar, to‘xtashlar va sakrashlardir. Chunki tezkorlik juda muhim,
bu asosiy pozitsiyalarning barchasi tez so‘zi bilan belgilanadi.
O‘yinchilarni tez harakatlarga tayyorlash uchun yaxshi asosiy basketbol
pozitsiyasi odatini rivojlantirishlari kerak. Tez harakatlanish rivojlantirish,
mushaklar kuchi va chidamliligining yetarli darajada tarbiayalashga bog‘liq
(oldinda qorin mushaklari, orqada pastki orqa mushaklar).
Hujum va himoyada tezkor pozitsiyani o‘rgatish qiyin vazifadir. Sabr-toqatli
bo‘lmagan yosh o‘yinchilar uchun uzoq vaqt bu pozitsiyani saqlab qolish uchun
ularda kuch va muskullarning chidamliligi rivojlangan bo‘lishi lozim. Tezkor
pozitsiyaning eng muhim qismi – bu egilgan tizza va bukilgan tirsak
pozitsiyasiyasidir. Barcha bo‘g‘inlar egilib, tayyor bo‘lishi kerak. O‘yinchilar
qanchalik past bo‘lsa, shunchalik balandroq sakray
oladilar, ular qanchalik savatga intilsalar, mudofaada
ham shuncha yaxshiroq o‘ynaydilar hamda to‘pni
yaxshiroq himoya qiladilar. "Past o‘ynang va past
bo‘l" barcha o‘yinchilar uchun juda muhim
tushunchadir. O‘yinchilarga birinchi navbatda tezkor
pozitsiyani – hamma narsaga tayyor bo‘lishni,
tezkorlikni his qilishni o‘rgatish lozim. Ushbu asosiy
pozitsiyani saqlab qolish
juda qiyin ish. Tez turishga doimiy o‘rgatish sportchilarni buni avtomatik ravishda
qabul qilishga o‘rgatadi.
|