Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. B.X.Madrimov “Musiqa o’qitish texnologiyalari va loyihalash”. (Darslik)
Toshkent-2020
2. Tuzuvchi O. Yusupova “Musiqa ijrochiligi va pedagogikasi masalalari”.
Maqolalar to’plami, 8-jild, OOO “Temir yo’lchi” –T., 2014.
. 3. Mannopov S. “O'zbek xalq musiqa madaniyati”. –Toshkent., “Yangi asr
avlodi”
nashriyoti, 2004 yil.
4. Xoliqov A.. Pedagogik mahorat. Darslik. Toshkent «Iqtisod-moliya» 2011.
5. Ruziyev D.Yu. Ansambl bilan ishlash uslubiyoti. Darslik. Buxoro,
“Durdona” nashriyoti, 2021.
AN’ANAVIY XONANDALIK TARAQQIYOTINING AYRIM
MASALALARI
Ro‘ziyev Davron Yuldashevich.
BuxDU “Musiqa ta’limi” kafedrasi professori,
pedagogika fanlari nomzodi
Sulaymonova Gulorom Nematovna
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
1000
“Musiqa ta’limi va san’at” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Xalq
madaniy merosi- bebaho xazina, u avloddan-avlodga o’tib sayqallanib
kelmoqda. Bugungi kunda yosh avlodni milliy mafkuramiz ruhida tarbiyalash, va
badiiy ijod orqali ularning manaviy dunyosini shakllantirish
muhim vazifalardan
biri hisoblanadi. O’zbek an’anaviy musiqasi va xonandalik madaniyati qadimdan
komil insonni tarbiyalash ishiga munosib hissa qo’shib keladi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017-yilning
17-noyabrida
imzolangan “
O’zbek milliy maqom san’atini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida“ gi qarori- xalqimizning ko’p sonli
san’at ahlini, milliy musiqa va ashulachilik san’ati
ixlosmandlarini bir qatorda
san’at sohasi pedagog va talabalarini quvontirdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Ushbu qaror qabul qilinishi, yurtimizdagi musiqiy ta’lim muassasalarida maqom
ijrochilik va an’anaviy xonandalik fanlaridan
dars beruvchi professor-
o’qituvchilarni oldiga qator vazifalarni qo’yadi.Xususan,talaba yoshlar va
o’quvchilarga eng avvalo,
ii
maqom san’ati tarixini o’rganish, maqom san’atini
xalqimiz va yoshlar orasida keng targ’ib qilish shuningdek ,an’anaviy xonandalik
sir-asroriyu
tarixini,ijrochilikning nozik qirralarini o’rganib, rivojlantirishga
undaydi.
118
O’zbek qo’shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak XIX-asrning ikkinchi
yarmi va XX-asr boshlarida o’lkamizda bu san’atning
butun bir avlodi yetishib
chiqqanligining guvohi bo’lamiz. Ota Jalol Nosirov,Ota G’iyos Abdulg’ani, Domla
Halim Ibodov, Matyoqub Xarratov, Levi Boboxonov,Sodirxon Hofiz, Mulla
To’ychi Toshmuhammedov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir.
119
Ustoz hofizlar o’z ijrochilik mahoratlarini oshirish
uchun aks-sado beruvchi
maxsus gumbazli binolarda mashg’ulot o’tkazganlar. Shu tariqa ovozlariga sayqal
berishgan. O’z davrida bunday yetuk, mukammal ijro sohiblarini ”hofiz” deb
atashgan. Buyuk allomalardan Darvish Ali Changiy o’z risolalarining birida ham,
118
An’anaviy xonandalik.M.Ergashev.Andijon 2020 y. 4-bet
119
An’anaviy xonandalik.M.Ergashev.Andijon 2020y. 5-bet.