• Adabiyotlar ro‘yxati
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet252/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

     
     
     
    (1.1-rasm) 
    (1.2-
    rasm) 
    Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, 
    tasviriy san’at fanini ko‘rgazmasiz o‘qitish mumkin emas. Xullas, tasviriy 
    san’atning qaysi bir turidan qat’i nazar, o‘quvchilar ham nazariy, ham amaliy 


    725 
    bili
    m-
    mala
    kalar 
    oladi
    lar 
    va 
    hatto ularni kelajak faoliyatlarida qo‘llash, ulardan foydalanish bo‘yicha ham 
    amaliy tushunchalar va yo‘l-yo‘riqlar oladilar. Lekin buning uchun ham tasviriy 
    san’at nazariyasini, amaliyotini va uni o‘qitish metodikasini juda yaxshi biladigan 
    ijodkor va yuqori malakali tasviriy san’at o‘qituvchisi ish yuritishi lozim. 
    Adabiyotlar ro‘yxati: 
    1. Abdullayev N.U. “San’at tarixi”. 1-tom. Toshkent. O‘qituvchi, 1986 yil. 
    2. V. KuzinPsixologiya (tasviriy san’atni o‘qitish psixologiyasi). M„ 1982. 
    3. В. Oripov. Predmetlararo bog‘lanish. Т., 1985. 
    4. S.S.Bulatov, P.P. Shabaratov, N.A. Mansurov. “Naqqoshlik”, “Fan va 
    texnologiya” – 2010. (Metodik qo‘llanma). 
     
     
     
     
     
    O‘QUVCHILARINING VOKAL-XOR MALAKALARINI TARKIB 
    TOPTIRISH USULLARI 
    Raximov R.N.
    BuxDUPI ”San’atshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi 


    726 
    Boshlang‘ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari umumiy ta’lim 
    maktablarida o‘quvchilarga badiiy ta’lim va axloqiy estetik tarbiya berish 
    tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 
    Dasturda o‘quvchilarga tizimli ravishda vokal-xor malakalarini singdirib 
    borish masalasi ham qo‘yilgan. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ovoz 
    apparatini juda nozik, ovoz diapozonlari cheklangan bo‘ladi. Uzoq vaqt 
    surunkasiga qo‘shiq kuylash bolalar ovoz apparatining shikastlanishiga olib kelishi 
    mumkin. Ayrim o‘qituvchilar amaliyotda dars tuzilmasini buzib, musiqa savodi va 
    musiqa tinglash faoliyatlari o‘rnida ham jamoaviy qo‘shiq kuylatish hollariga yo‘l 
    qo‘yishadi bu esa o‘quvchilarning ovoz diapozonlariga putur yetkazishi mumkin. 
    Kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli ovozga ega 
    bo‘ladilar. Birinchi sinfdan boshlab mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning vokal va xor 
    malakalari takomillashtirilib boriladi. O‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri 
    tutish, nafasni rejaga sola bilish, kuylaganda unli va undoshlarni, melodik, 
    garmonik intervallarni to‘g‘ri talaffuz qilish, dinamik tuslarga rioya qilgan holda 
    mayin ovozli uyg‘un, yoqimli kuylash ustida muntazam ravishda isholib boriladi. 
    Dasturda vokal xor malakalari (gavdani to‘g‘ri tutish, nafasni rejaga solish, 
    tovush xosil qilish, diksiya, soz, ansambl va dinamika) ustida ishlash harbir sinf 
    uchun alohida belgilangan. Bolalar ovozini parvarish qilish, vokal va xor 
    malakalarini oshirishda, qushiq o‘rgatishda oldin maxsus vokal mashqlaridan 
    foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avval o‘quvchilarni ishchi diapozonining prima 
    (o‘rta) tovushlaridan boshlab, pastga tomon yo‘naluvchi tetraxordlardan 
    foydalaniladi. Nafas esa me’yorida shovqinsiz, yelkani ko‘tarmay o‘z vaqtida olish 
    va mayinataka kuylashga aloxida e’tibor beriladi. Shuningdek, ularni ovoz 
    diapozoni haddan tashqari past yoki yuqori pardalarda kuylatish yaramaydi. 
    Qattiq gapirish, baqirish taom va ichimliklarni juda issiq yoki sovuq holda 
    iste’mol qilish ovoz pardalarini xastalantirishi haqida ogohlantirib borish lozim. 
    Ovoziga xastalik alomatlari aniqlangan o‘quvchilar muolaja davrida kuylashdan 


    727 
    ozod etiladi. Bular o‘z vaqtida muolaja uchun otolaringologlar yoki foniatr 
    shifokorlarga yuborilishi lozim. O‘quvchilar ovozini asrash ustida muntazam ish 
    olib borish ovoz apparatining sog‘lom rivojlanishini ta’minlashda muhim rol 
    o‘ynaydi.. 
    Musiqa darslari jarayonida 1-sinfda vokal – xor malakalarini shakllantirishda 
    Re 1 (Do diez 1) – Do 2 tovushlari oralig‘ida (diapozonida) bo‘lgan bir ovozlik 
    qo‘shiqlarni ayttirish tavsiya etiladi. 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish