Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

amaliy san’ati bir necha yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan naqqoshlik, 
kulolchilik, mis, ganch, tosh, suyak, yog‘och o‘ymakorligi, pichoqchilik, 
kashtachilik, zardo‘zlik, zargarlik, temirchilik, quroqchilik san’ati kabilardir. Xalq 
amaliy san’ati har bir xalqda mavjud bo‘lib, ular bir-birlaridan, amaliy san’atning 
janrlari,buyumlarning shakli, tuzilishi, rangi, bezagi, o‘lchovlari jihatidan farq 
qiladi.Bu xususiyat ko‘proq har bir millatning u yashayotgan muhit, tabiati, iqlim 
sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, amaliy san’at ustasi o‘z asarini 
yaratayotganda u go‘zallikni tevarak-atrofdan, tabiatdan ilhom olgan holda 
yaratadi Masalan, o‘zbek xalq ustalari o‘z ishlarida toychoq, qo‘zichoq, tovus 
tasvilarini,shimoliy o‘lkalarning ustalari bog‘u, kiyik tasvirlarini ishlaydilar. Asar 
materialiga o‘zbek ustalari ganch, loy, mis kabilarni, shimoliy xalqlar yog‘och va 
hayvon suyaklarini ko‘proq ishlatadilar. Amaliy san’atning eng ko‘p tarqalgan 
turlaridan biri bu- kashtachilik bo‘lib, u qadimiy an’analarga ega. O‘zbek 
kashtachiligida mayin ipak iplar tabiiy ranglarda bo‘yalib , bog‘lar,go‘zal gullar 
tasvirini jozibador qilib tikiladi. Ganchkorlik esa O‘zbekistonda amaliy 
san’atning eng sevimli qadimiy turlaridan biridir. Amaliy san’atning bu turida 
buxorolik 
va 
toshkentlik 
ustalar 
samarali 
mehnat 
qilmoqdalar.
Unda devorlar o‘yma gulli pannolar bilan bezatib, taxmonlar qirrasiga 
naqshlar solinadi.Madaniyat saroylari va ma’muriyat binolarining ichki va tashqi 
qismini bezatishda ganchkorlikdan foydalaniladi. O‘zbek ganchkorligining ajoyib 


715 
namunalarini mohir usta Usta Shirin Murodov tomonlaridan bezatilgan 
Buxorodagi Sitorai Mohi Xosadagi “Oq uy” da, Toshkentdagi Navoiy nomli katta 
Opera va balet teatrida ko‘rish mumkin.
Amaliy bezak san’atining yana bir nafis turlaridan biri naqqoshlik san’atidir. 
Mamlakatimizda amaliy san’atning bu turi qadimdan rivojlangan bo‘lib, unda 
o‘zbek ustalari faqat uyro‘zg‘or buyumlarini emas, balki uy-joy va jamoat 
binolarining devor va shiplarini ham bezaydilar. Xalq ustalari tajribasida 
naqshning quyidagi turlari ko‘proq qo‘llaniladi: 
-islimi-egri chiziqli o‘simlik elementlardan iborat naqsh;
-girih- to‘g‘ri chiziqli elementlardan geometrik shakl hosil qiluvchi naqsh;
-gulli girix (yoki murakkab) -bu ikki gurhdagi naqsh islimi va girih elementlaridan 
tashkil topadi.
Tabiiy loydan turli idishlar yasash va ularni chiroyli ranglarda bo‘yash 
kulolchilik san’ati hisoblanadi va u O‘zbekistonda juda qadim zamonda 
rivojlangan. Kulolchilik san’ati buyumlariga lagan, tovoq, choynak, piyola sopol 
va chinni idishlar, shuningdek, loydan ishlangan o‘yinchoqlar kiradi. 
Kulolchilik buyumlari bezak kompozitsiyalarida o‘simliksimon va 
geometrik elementlarning boyligi, xilma-hilligi bo‘yoqlar gammasining yorqinligi 
bilan ajralib turadi. Ularda feruza rang baxt keltiruvchi belgi sifatida ko‘p 
ishlatiladi.Kulolchilik O‘zbekiston me’morchiligida koshinkorlik tarzida ham keng 
qo‘llaniladi. Madrasa, masjid, karvonsaroy, hammomlarni peshtoqlarida, xona 
ichkarisidagi devor bezaklarida kulolchilik san’atining namunalari o‘z aksini 
topgan. Bezash san’ati sifatida O‘rta Osiyo xalqlari qadimdan o‘zlarining yana bir 
san’atlari bilan faxrlanadilar.Ushbu hunarmandchilik turi zardo‘zlik san’ati 
hisoblanib,Buxoro va Samarqand shaharlarida keng rivojlangan. Ustalar zar 
to‘qishning ikki turini qo‘llashadi. Birinchisi zaminni zar bilan tikib to‘ldirish va 
ikkinchisi naqshlarni zar bilan tikish. Chevarlar naqshli va syujetli 
kompozisiyalarda ko‘pincha o‘simliklarni tasvirlashadi: gullar, barglar, bodom 


716 
gullari, paxta shular jumlasidandir.Hozirgi davrda ham O‘zbekistonda metallga 
ishlov berish,ya’ni misgarlik san’ati keng rivoj topmoqda. Buxoro va Xiva 
shaharlarida amaliy san’ati maktablarida noyob asarlar turli jihozlar va turmush 
buyumlari ko‘plab tayyorlanmoqda.
Amaliy san’atining yog‘och o‘ymakorligi turi dunyo xalqlarining 
ko‘pchiligida qadimdan mavjud bo‘lib, o‘zining boy an’analariga ega yog‘och 
o‘ymakorligi eshik, deraza, qutichalar, ustunlar, panjalar va turli o‘yinchoqlarda 
o‘z aksini topgan. Yog‘och o‘ymakorligi Muzika asboblarini bezashda ham 
alohida o‘rinni egalaydi. San’atning bu turi o‘ta injiq ustadan katta mahorat talab 
etadi. Tоsh o‘ymаkоrligi ham хаlq аmаliy bezаk sаn’аtining nоyob turlаridаndir. 
Bu sаn’аt kishidаn iste’dоd vа intilishdаn tаshqаri mehnаtsevаrlik vа g‘оyatdа zo‘r 
sаbr-tоqаt tаlаb qilаdi. Bu sаn’аtni tоshtаrоshlik vа sаngtаrоshlik deb hаm
yuritiladi.Tоsh o‘ymаkоrligi tоshni o‘yib, yo‘nib, nаqsh yoki birоr tаsvir ishlаsh 
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak otа-bоbоlаrimizdan bizlarga meros bo‘lgan 
xalq amaliy bezak san’ati turlari shu darajada ko‘p va serqirra-ki,buning yorqin 
dalili sifatida ular qurgаn imoratlar, me’mоrchilik bezаklаri, ulаrning rаng-
bаrаngligi, geоmetrik vа o‘simliksimоn nаqshlаr, ulаrning kоmpоzitsiоn tаsviri 
zаvq оlishgа, tаrbiyalаnishgа, ulаr оrqаli o‘z оrzu umidlаrini, muhаbbаtlаrini 
хаlqqа izhоr etishgа chоrlаydi. Аsrlаr dаvоmidа оrttirilgаn mаdаniy bоyligimiz, 
хаlq аmаliy sаn’аtining аyrim turlаri, ulаrning o‘zigа хоs tоmоnlаr,hаqiqiy 
nоmlаri, ishlаsh teхnоlоgiyalаri vа ulаrni yarаtgаn ustаlаrning nоmlаri asta-sekin 
unitilib ketish аrаfаsidа. Shuning uchun хаlqimizning аsrlаr bo‘yi qilgаn mehnаti 
nаtijаsidа yarаtilgаn tаriхiy yodgоrliklаr vа bоshqа аmаliy sаn’аt namunalarini 
asrab avaylash biz va kelgusi avlod uchun unutilmas vazifadir. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish